2.1.Chumolilar(Formicidae)ning bioekologik xususiyatlari Chumolilar -Formicidae oilasi vakillari boshqa pardaqanotlilardan qor- ni ko‘krakbo‘limiga 2 bo‘g‘imli ingichka poyacha (bel) bilan qo‘shilganligi, boshi yirik, jaglari kuchli bo‘Iishi bilan ajralib turadi. Chumolilar jamoa bo‘lib yashaydi. Ulaming oilasi bir necha ming, hatto millionlab individlardan tarkib topgan. Individlar orasida bir necha ona chumolilar, о ‘nlab erkak chumolilar va bir necha minglab ishchilari bo‘ladi. Odatda chumolilaming qanotlari bo‘lmaydi. Lekin erkak va urg‘ochi chumolilar ko‘payish davrida qanot hosil qiladi. Urug‘lanish tamom bo‘lgach, qanotlari sinib tushadi. Ishchi chumolilar ko'payish qobiliyatini yo'qotgan urg‘ochilardan iborat. Ular uya qurish, oziq yig'ish, qurtlami boqish kabi ishlami bajaradi. Ishchilari orasida eng yiriklari (navkarlar) qo‘riqchilik vazifasini bajaradi Ishchi chumolilari jig‘ildonida chala hazm bo‘lgan oziq bilan qurtlar, navkarlar va ona chumolilami oziqlantiradi. Ishchi chumolilar ham o‘zaro oziq almashib turishadi. Shunday qilib, ayrim chumolilaming topgan ozig‘i bar- cha oila a’zolari o‘rtasida teng taqsimlanadi. Chumolilar tuproqda juda murakkab kamerali inlar quradi.[2]
Sariq о‘rmon chumolisi - Formica rufa yer osti labirintlari va yer usti gumbazidan iborat murakkab in quradi. Inning yer osti qismi 1 -3 m chuqurlikkacha davom etadigan ko‘p marta tarmoqlangan yo‘laklardan iborat. Bu yerda ular qishni o‘tkazadi. Gumbaz ostida esa chumoli qurtlari rivojlanadi. Bahor mavsumida urg ‘ochilari qo ‘ygan tuxumdan faqat qanotli erkak va urg‘ochi chumolilar chiqadi. Ular uyadan uchib chiqib, havoda kuyikishgandan so‘ng qanotlarini tashlashadi. Kuyikkan urg‘ochi chumolilar tuproqda kichikroq in qurib, yangi oilaga asos soladi. Ular qo'ygan tuxumdan endi faqat ishchi chumolilar yetishib chiqadi. Ko‘pchilik chumolilar foydali hasharotlar hisoblanadi. Keng bargli va nina bargli о ‘rmonlarda у ashaydigan sariq о ‘rmon chumolisi zararkunan- dahasharotlami qirib, daraxtlami himoya qiladi.[46]
Markaziy Osiyocho‘llarida tarqalgan chopqir faeton chumoli Cataglyphismayda zararkunanda hasharotlar, meva va donlar, shuningdek nektar bilan oziqlanadn. Cho‘l va sahrolarda uchraydigan qir chumoli Messor aralocaspius yovvoyi va madaniy o'simliklaming doni bilan oziqlanadi.
Xonadonlarda uchraydigan sariq fir ’avn chumolisi Formica pharaonis zararkunanda hisoblanadi. Bu chumoli turli xil shirinlik va yog‘lik mahsulotlami xush ko‘radi. Bog' qora chumolisi Lasius niger shiralari ajratgan shirin suyuqlikni yalaydi va ulami yirtqich hasharotlardan himoya qiladi. Chumolisimonlar oilasi.Chumolilar chumolisimonlarning maxsus bosh oilasi bo’lib, tuzilishida ba’zi bir belgilari. Shuningdek juda murakkab instinktlari bilan ajralib tuuradi. Chumolilar sirtdan qaraganda ruy-rost bilinadigan dastali qorni, uzun va tirsakli mo’ylovlari, juda baquvvat jag’lari bilan farq qiladi. Jag’lari og’izdagi boshqa qismlardan mustaqil xolda va og’iz yumuq vaqtida chumolining asosiy ish asbobi va qurolidir. Chumolilarning hammasi ham nayzali bo’lavermaydi. Bori ham kalta bo’ladi, ammo nayza bilan bog’langan zaxar bezi hamisha juda xam rivojlangandir. Chumolilar ta’sirlanganda chiqaradigan sekreti g’alati xidli bo’ladi. Buning sababi shundaki, sekretda chumoli kislotasi bor. Chumolilar xilma-xil tarzda uya quradi, ko’pincha yerga, yer yuzasiga, kavaklarga, eski to’nkalarga in soladi. Murakkabroq in keng kameralar bilan bog’langan yo’l va galereyalarning juda murakkab sistemasidan iborat. Ular turli balandlikda joylashgan bo’ladi. Chumolilarning lichinkalari oq, oyoqsiz bo’ladi. Pilla o’rab g’umbakka aylanadi. Chumolilarda polimorfizm yaqqol ko’rinadi. Ishchi chumolilar hamisha qanotsiz, erkak va urg’ochi chumolilar esa qanotli bo’ladi. Ammo urg’ochi chumolilar urug’langandan keyin qanotini sindirib tashlab ketadi. Ko’pincha ishchi chumolilardan tashqari, “soldatlari” ham bo’ladi, bular boshi va jag’larining ko’proq usganligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, urg’ochi chumoli bilan ishchi chumoli o’rtasida turadigan oraliq formalar ham uchraydi. Ishchi chumolilar juda murakkab va xilma-xil ishlarni bajaradi: in quradi, uni saranjom va orasta tutadi, lichinka va g’umbaklarni parvarish qiladi, ob-xavoga, kecha yoki kunduzga qarab chumolilar lichinka va g’umbaklarni kuniga bir necha marta inning bir qismidan ikkinchi qismiga olib o’tadi. Chumolilar chuchuk axlati uchun o’simlik bitlaridan va o’zi bilan ko’pincha birga yashaydigan boshqa xasharotlardan foydalanish bilan birga, ularda “quldorlik” deb ataladigan xodisa ko’riladi. Masalan, qonday qizil chumoli boshqa turli tog’kung’ir chumolining inlariga xujum qilib, shu chumolining g’umbaklarini tashib ketadi. G’umbaklardan chiqqan ishchi chumolilardan o’z ishchi koloniyasini to’ldirish uchun foydalanadi. Chumolining bizda ko’p uchraydigan turi bu o’rmonlardagi sariq moshak chumolidir. Bu chumolining inlari o’rmonda to’p-to’p bo’lib uchraydi. Sariq moshak chumoli zararli xasharotlarni kirib va tuproqni yumshatib juda ko’p foyda keltiradi. Bundan tashqari to’q qo’ng’ir chumoli va qonday qizil chumoli xali bizda ko’p uchraydi.
Mamlakatimizning o’rta qismidagi chumolilardan eng yirigi – daraxtni teshadigan qora chumoli xam ko’p uchraydi. U qari daraxtlarning tanalariga va o’rmon, parklardagi to’nkalarga uya quradi.
Bog’chumolisi - xamma yerga tarqalgan bo’lib, u poliz, bog’ yerlarga, ko’pincha uy devorlariga, daraxt tunkasiga in quradi.
Uy chumolisi – ko’pincha uy ombor, ayvonlarda ko’p uchraydi. Bog’ chumolisidan avvalo ranggi bilan farq qiladi. Uy chumolisi qizg’ish sariq tusli bo’lsa, bog’ chumolisi deyarli qoradir. Chumolining bu ikkala turi ham zararlidir.