Tadqiqot ob’ekti va predmeti. Tadqiqot obekti sifatida jamoa bo’lib hayot kechiruvchi hashorotlarning vakillari: chumolilar, asalarilar, shiralar, termitlar tanlangan. Shunga muvofiq yuqorida keltirilgan hashorotlarning hayot sikli, biologiyasi, ekologik xususiyatlarini o’rganish ishning predmeti hisoblanadi.
Tadqiqot usullari. Ishda zoologik, entomologik, ekologik, fenologik kuzatuv usullaridan foydalanilgan. Bunda V.Yaxontov(1962), M.Ahmedov(2001) A.Isamuhammedov(2013) va boshqalar ko’rsatib o’tgan tajriba kuzatuv, ilmiy tadqiqot uslublari hamda qator olimlarning tavsiyalariga amal qilindi.
Ishning nazariy va amaliy ahamiyati. Mazkur tadqiqot natijalari jamoa bo’lib hayot kechiruvchi hashorotlarning faunasi, biologiyasi va ekologiyasiga oid ilmiy dalillar ko’lamini yanada kengayishiga ma’lum darajada hissa bo’lib qo’shilishi mumkin.
Chumolilar, arilar ,asalarilar, termitlar,shiralar biologiyasi va ekologiyasiga oid olingan birmuncha batafsil ma’lumotlar nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Shiralar va termitlar biologiyasi va ekologiyasiga oid olingan birmuncha batafsil malumotlar ularga qarshi kurashish choralarini samarali usullarini yo’lga qo’yishga nazariy asos bo’ladi.
Ishning aprobatsiyasi va maqolalarni chop etilishi.
Dissertatsiya mavzusi bo’yicha 2 ilmiy maqola chop etilgan.
Ishning tuzilishi va hajmi. Magistrlik dissertasiyasi kirish, 3 bob, xulosa, amaliy tavsiyalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (….nomda va …ta internet sayti) dan iborat. Ishda …ta rasm keltirilgan bo`lib, umumiy hajmi…. saxifani tashkil etadi.
I BOB TADQIQOT MATERIALLARI VA USLUBLARI
1.1.Tadqiqot materiallari
Mazkur ishga oid tadqiqotlar 2020-2022 yillar davomida Farg‘ona viloyatining turli xududlarida joylashgan asalarichilik fermer hamda dehqon xo‘jaliklari dala maydonlari, mevali bog’larda shuningdek aholi yashash hududlarida olib borildi va ulardan hashorotlar namunalari olindi.
Jamoa bo’lib hayot kechiruvchi hashorotlarning mavsumiy rivojlanishi, biologiyasi, ekologiyasini va zarar keltirishini o`rganishga oid kuzatish hamda amaliy tajribalar olib borildi.
Jamoa bo’lib hayot kechiruvchi hashorotlarning mavsumiy rivojlanishi, biologiyasi va ekologiyasini o`rganishga oid kuzatish va ayrim individlarini o’rganishga doir amaliy tajribalar o’tkazildi.
Jamoa bo’lib hayot kechiruvchi hashorotlarni kuzatish davomida ularning tuzulishi, rivojlanishi, yashash tarzi, etologiyasi va turli ekologik sharoitlarga moslanish xususiyatlariga alohida e`tibor berildi.
Dostları ilə paylaş: |