1.2.Tadqiqot uslublari Dala va laboratoriya tajriba ishlarida V.V.Yaxontov (1929), M.S.Gilyarov (1941), F.M.Uspenskiy (1959, 1961, 1967), V.F.Paliy (1986), R.O.Olimjonov (1974), S.N.Alimuxamedov (1981) va boshqalarning uslublaridan foydalaniladi.
Shiralarning mavsumiy rivojlanishi, ayrim turlar biologiyasi va ekologiyasini o‘rganishga oid kuzatish va amaliy tajribalar mevali bog’larda va aholi yashash hududlarida olib borildi. Kuzatishlar davomida shiralarning rivojlanishi, koloniyalarini o‘zgarishi, yashash tarzi, ozuqa o‘simliklariga zarar yetkazishi va turli ekologik sharoitlarga moslanish xususiyatlariga alohida e’tibor berildi.
Zararkunandalarining mavsumi rivojlanish, biologiyasi va ekologiyasini o’rganishga oid kuzatish va amaliy tajribalar mevali daraxtlarda olib borildi. Zararkunandalarning qishki tinim davrini o’rganish maqsadida kuzatish ishlari nafaqat vegetatsiya mavsumi, balki tinim davrida ham uzluksiz davom ettirildi. Tekshiruvlar laboratoriya sharoitida aniqlagich orqali aniqlanib o’rganildi. Tekshirilayotgan navlardagi tabiiy kushandalar, ularning samaradorligi va miqdori, tur tarkibilari bo’yicha kuzatuv daftariga qayd etib borildi. Shiralarning ozuqa o’simliklarini aniqlash, ularning rivojlanishinio’ziga xos xususiyatlarini o’rganish uchun Materiallar A.K.Mordvilko (1910), V. P. Nevskiy (1929 yil ) M. I. Narziqulov (1952 yil), G.X.Shaposhnikov (1952, 1964), V.A.Mamontova-Soluxa, I.A.Cherkasova (1967), M.H.Ahmedov, J.Qo‘shoqov, I.Zokirovlar (2007) taklif etgan uslublar asosida yig‘ildi va qayta ishlandi.
O‘simliklarning o‘zbekcha nomlari va botanik atamalar Q.3.Zokirov, M.M.Nabiev va boshqalar (1963), Q.3.Zokirov, X.A.Jamolxonov (1973) va A.Hamidov, M.Nabiev, T.Odilov (1987) hamda lotincha nomlari S.K.Cherepanov (1981) bo‘yicha berildi.
Tadqiqotlarimiz davomida Farg’ona viloyat asalarichilar uyushmasi bazasidagi tajriba uchastkasidan, uyushma qoshidagi asalarichilik xo’jaliklari arizorlaridan foydalanildi hamda malakali mutaxassislardan kerakli ko’rsatma va maslahatlar olindi.
Termitlarning biologiyasi, ekologik xususiyatlari, populyatsiyalarining tuzilishiga oid ma’lumotlar D.P.Jujikov, E.X.Zolotarev, M.S.Gilyarov, A.N.Luppova, K.Kakaliev, E.A.Orlova, E.I. Sherbina, A.N.Suxinin, A.SH.Hamraev, N.V.Belyaeva va boshqalar bo’yicha berildi.