O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


MUSTAQIL O‘QISH VA O‘RGANISH UCHUN TARIXIY HUJJATLARDAN NAMUNALAR



Yüklə 261,49 Kb.
səhifə43/56
tarix01.05.2023
ölçüsü261,49 Kb.
#105486
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua (1)

MUSTAQIL O‘QISH VA O‘RGANISH UCHUN TARIXIY HUJJATLARDAN NAMUNALAR

Sug‘dcha nikoh guvohnomasi


Tarxun podsholigining o‘ninchi yilidir. Masvug‘ich oyining osmonruch kuni. Laqabi Nidon bo‘lgan Uttakin Navekat hukmdori Cher Vaxzanak o‘g‘lining homiyligidagi bir ayolni o‘ziga xotinlikka oldi. Xotinning nomi Dug‘dg‘uncha, laqabi esa Chata – Viyusning qizi. Cherning o‘zi himoyatidagi bu ayolni aqoidga muvofiq, shunday shartga binoan baxsh etdi. Uttakin bu Chatani sevikli xotin sifatida hurmat va ehtirom bilan oziq-ovqati, kiyim-kechagi, bezak-taqinchoqlari bilan ta’minlagan holda, e’zozlab, muhabbat bilan o‘z uyida podshohoyim xotin sifatida saqlasin – toki zodagon (nasabli) erkak zodagon (nasabli) ayolni xotin tutgani kabi. Shuningdek, Chata ham Uttakinni sevikli er sifatida hurmat va ehtirom bilan asrasin, u kishining baxt-saodati haqida qayg‘ursin, uning buyrug‘ini xotini o‘ziga qonun deb hisoblab, amal qilsin, toki zodagon ayol zodagon erkakni er turgani kabi.
Kelajakda agar Uttakin Chataning ruxsatisiz boshqa xotin olsa, yoki cho‘ri va yo boshqa shunga o‘xshash ayolni olsa, bordi-yu bu hol Chataga noma’qul bo‘lsa, u holda er bo‘lmish Uttakin Chataga 30 dirham dinoriy, yaxshi saqlangan toza kumush pul beradi. Shundan keyin bunday xotinni (Chatani) na xotin sifatida, na cho‘ri sifatida saqlamasin, uni qo‘yib yuborsin.
Agar kelajakda Uttakin Chatani xotin qilmayman degan qarorga kelsa, bu holda uni qo‘yib yuborsin. Lekin unga oziq-ovqat bersin, birga hayotlari vaqtida olgan narsalari bilan hamda tovon puli bilan boshqa shartlarsiz uni jo‘natib yuborsin. Shunda u Chataga boshqa hech narsa tovondor bo‘lib qolmaydi va to‘lamaydi. Va shundan keyin u o‘ziga yoqqan ayolga uylana oladi. Agar Chata Uttakinga bundan buyon xotin bo‘lmaslik qaroriga kelsa, unda xotinlikdan chiqib ketsin. Bu holda u Uttakinga kiyishga yaroqli kiyimlar qoldirsin. Uttakindan olgan bezak taqinchoqlarni va boshqa narsalarni tashlab ketsin. Chata o‘ziga tegishli va birgalikdagi hayoti davomida orttirilgan mulkini olib ketsin. Va u boshqa hech narsaga tovondor bo‘lmasin, to‘lamasin. Shundan keyin Chata o‘zi xohlagan erkakni er qilishi mumkin. Agar Uttakin ajrimdan so‘ng jinoyat qilsa, buning uchun o‘zi javobgar bo‘lsin va o‘zi tovondor bo‘lsin.
Agar Uttakin kimningdir qulligiga tushib qolsa, qarz bedaliga qul bo‘lsa, asirlikka tushsa, biror kimsaning homiyligi ostidagi mulkka aylansa, bu holda Chata o‘zidan bunyod bo‘lgan avlodi bilan birga hech qanday majburiyatsiz ozod qilinmog‘i lozim.
Agar Chata jinoyat sodir qilsa, bunga uning o‘zi javobgar bo‘lsin, o‘zi tovondor bo‘lsin. Agar u kimningdir quliga aylansa, qarz badaliga qul bo‘lsa, asirlikka tushsa, kimningdir himoyatiga topshirilgan mulk holatiga tushsa, bu holda Uttakin o‘zidan bunyod bo‘lgan avlodi bilan birga hech qanday majburiyatsiz ozod qilinmog‘i lozim. Shunday qilib, biri boshqasining jinoyati uchun javob bermaydi va tovon to‘lamaydi.
Bu nikoh bitimi – qonunlar uyida, uning boshlig‘i Vaxgo‘kon Varxuman o‘g‘li huzurida tuzildi. Bu yerda guvoh sifatida Skatch Shishich o‘g‘li, Chaxren Romich o‘g‘li, Shav Maxak o‘g‘li bor edi. Romtish Vgashfarn o‘g‘li tomonidan yozildi. Uttakin va Chatalarning nikoh bitimi. (Nikoh bitimi melodiy 710-yilning 25-martiga to‘g‘ri keladi).
Is’hoqov M. Unutilgan podsholikdan xatlar. - Toshkent: Fan, 1992, 37-39-betlar.

Yüklə 261,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin