O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


Faqat bir ma'noda qo‘llanib, o‘zi ifodalayotgan tushunchaning tub mohiyatini ko‘rsatadi. By



Yüklə 261,49 Kb.
səhifə35/56
tarix01.05.2023
ölçüsü261,49 Kb.
#105486
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   56
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua (1)

3.Faqat bir ma'noda qo‘llanib, o‘zi ifodalayotgan tushunchaning tub mohiyatini ko‘rsatadi. By...

  1. . Atamalar

  1. Shakldoshlar

  1. Ko‘p ma’noli so‘zlar

4.Ma’lumotnomalar mazmuni va vazifasiga ko‘ra necha turli bo‘ladi?

  1. ikki turli.

  1. to‘rt turli;

  1. uch turli ;

  1. bir turli

5.Ma’lumotnomaning qaysi turida jadvallar ham aks etishi mumkin?

  1. xizmat ma’lumotnomalarida;

  1. shaxsiy ma’lumotnomalarda;

  1. muddatli ma’lumotnomalarda

  1. ma’lumotnomalarda jadvallar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

6.Ish haqini tasdiqlash haqidagi va pul bilan bog‘liq boshqa shaxsiy ma’lumotnomalarga tashkilot rahbari bilan birga yana kimlar imzo chekishlari kerak bo‘ladi?

  1. huquqshunos;

  1. tashkilotning barcha xodimlari;

  1. xodimlar bo‘limi boshlig‘i;

  1. bosh hisobchi

7. Shaxsiy ma’lumotnomalarda shaxs haqidagi barcha ma’lumotlar fe’lning qaysi nisbati va qaysi zamonida bo‘ladi?

  1. aniq nisbatdagi hozirgi-kelasi zamon fe’l shaklida

  1. majhul nisbatdagi hozirgi-kelasi zamon fe’l shaklida

  1. orttirma nisbatdagi o‘tgan zamon fe’l shaklida

  1. o‘zlik nisbatidagi kelasi zamon shaklida




Adabiyotlar:

  1. Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish . Amaliy qo‘llanma. – T.: O‘z MI, 2000.

  2. Karimov S.A., Mahmatmurodov Sh.M., Karimova O.N. Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish. – T.: O‘zbekiston, 2003.

  3. Begmatov E. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining leksik qatlamlari. – T.: Fan, 1985.

  4. Boltayev M. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi. – T.: O‘qituvchi, 2003.






MAVZU: SHARTNOMA, MAJLIS BAYONI, BILDIRISHNOMA VA ULARNING VAZIFASI, ZARURIY QISMLARI.


Dars maqsadi: Talabalarni shartnoma, majlis bayoni, bildirishnoma kabi hujjatlar, ularning vazifasi va ularda aks etishi kerak bo‘lgan zaruriy qismlar bilan tanishtirish.
Mavzuga oid tayanch so‘z va iboralar: Shartnoma, turar joy ijarasi, mehnat shartnomasi, mehnat bitimi, majlis bayoni, buyurtmachi, sud-tergov ishlari, ilovalar ro‘yxati, bildirishnoma.
Kerakli jihoz va materiallar: videoproyektor, mavzu yuzasidan taqdimotlar, shartnoma, majlis bayoni, bildirishnoma kabi hujjatlar namunasi, doska, imlo qoidalari, internet ma’lumotlari.
REJA:

  1. Shartnoma, uning vazifasi va unda aks etishi kerak bo‘lgan zaruriy qismlar.

  2. Majlis bayoni va uning zaruriy qismlari.

  3. Bildirishnoma, uning vazifasi va zaruriy qismlari.

Shartnoma
Bu hujjat ikki yoki undan ortiq fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqiy munosabatlari, majburiyatlari va boshqalarni belgilash, o‘zgartirish yoki to‘xtatishni nazarda tutadi. Shartnomalar davlatlararo, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, xususiy korxonalar va hatto fuqarolar o‘rtasida ham tuzilishi mumkin. Mahsulotlar yetishtirish, ularni xarid qilish, qayta ishlash, mulkiy javobgarlik, binolar qurish, turar joy ijarasi, uy-joy, dala hovli, transport vositalarining oldi-sotdisi, mol-mulkni hadya qilish, almashtirish, ijaraga olish, qarz berish va hokazolar haqida korxona bilan korxona, fuqarolar o‘rtasida shartnomalar tuzilishi mumkin. Shartnomalar o‘z mazmuni va mohiyatiga ko‘ra amaldagi qonunlarga to‘la mos bo‘lishi shart. Shartnomalar tomonlar imzolaganlaridan so‘ng yoki notarial idora tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi. Hozirgi paytda qo‘llanishda bo‘lgan shartnomalar mazmun va shakl jihatdan turli-tumandir. Shartnomalarning ayrim turlari avvaldan tayyor, bir xil mazmundagi andoza asosida tuzilsa, ayrimlari esa unda belgilanayotgan vazifa va majburiyatlarning turli-tumanligiga qarab har safar ish jarayonida yangicha mazmun va shakldagi matn asosida tayyorlanadi.
Turmushda ko‘p qo‘llanishda bo‘lishini hisobga olib talabalar o‘rganishlari uchun korxona va fuqaro o‘rtasida tuziladigan mehnat shartnomasi (bitimi)ning zaruriy qismlariga to‘xtalamiz. Ular quyidagilar:
- hujjat nomi - mehnat bitimi;
- hujjat tuzilgan sana va joyi;
- bitimni tuzayotgan korxona nomi, rahbarining lavozimi, familiyasi, ismi, fuqaroning ish joyi, lavozimi, familiyasi, ismi;
- matn (ijrochi va buyurtmachining majburiyatlari);
- ishning bajarilish muddati, to‘lanadigan haq, to‘lanish muddati va tartibi;
- ish sifatiga qo‘yiladigan talablar, uni qabul qilib olish tartibi;
- tomonlarning manzillari, ijrochi va buyurtmachi imzolari, familiyalari, ismlari va muhr;
- ilovalar ro‘yxati.

Yüklə 261,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin