O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti



Yüklə 261,49 Kb.
səhifə39/56
tarix01.05.2023
ölçüsü261,49 Kb.
#105486
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   56
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua (1)

Topshiriqlar
1. Mavzu va uning zaruriy qismlarini o‘qib-o‘rganing.
2. Mavzuning mazmunini og‘zaki hikoya qiling.
Mustaqil ish topshiriqlar:

  1. Mavzu va ilova qilingan majlis bayoni namunasidan foydalanib guruhingizda o‘tkazilgan yig‘ilish majlis bayoni matnini tuzing.

  2. Mavzu, uning zururiy qismlaridan foydalanib bir necha bildirishnoma namunalari tayyorlang.

  3. Shartnoma namunasini keltiring.

Bildirishnoma
Bildirishnoma xodimning ma’muriyatga, korxona, tashkilot, muassasa rahbariga biror-bir voqea-hodisa (ijobiy yoki salbiy), ishda yuz bergan uzilishlar, yo‘l qo‘yilgan biror bir kamchilik, nuqson, shuningdek, mehnat ta’tilidan, homiladorlik ta’tilidan, betoblikdan so‘ng vazifasini bajarish uchun ishga chiqqanligini ma’lum qilish to‘g‘risida taqdim etadigan yozma axboroti. Shuningdek, bildirishnomalar quyi bo‘g‘in mutasaddilari tomonidan o‘qish, ish, ilmiy, ijodiy va jamoat ishlaridagi faolligi uchun talaba, ishchi, xizmatchi xodimlarni moddiy yoki ma’naviy rag‘batlantirish haqida korxona rahbari nomiga yozilishi ham mumkin.
Bildirishnomalar yuqori idora, rahbarlik qiluvchi tashkilotlar, mansabdor shaxslarga ham yo‘llanishi mumkin.
Shunga ko‘ra, bildirishnomalar tashqi va ichki bildirishnomalar kabi turlarga bo‘linadi. Korxonadan tashqariga yo‘llanadigan bildirishnomalar tashqi bildirishnomalar sanalsa, korxona doirasida qo‘llanadigan bildirishnomalar uning ichki turiga mansub bo‘ladi. Ish qog‘ozlari yuritish jarayonida ko‘proq ichki bildirishnomalardan foydalaniladi. Ichki bildirishnomalar odatda qo‘lda yoziladi. Ehtiyoj va imkoniyat bo‘lganda yoki fakultet, bo‘lim rahbariyati nomidan boshqaruv rahbariyatiga yuborilayotganda kompyuterda yozilishi ham mumkin. Bunday bildirishnomalarda yaxshi xizmatlari uchun xodimlarning nomzodi moddiy, ma’naviy rag‘batlantirishga tavsiya etilsa, yo‘l qo‘yilgan nuqsonlar uchun uni yozishga sabab bo‘lgan voqea, holat, xatti-harakat bayon etilib, unga munosabat hamda takliflar aks ettiriladi.
Ichki bildirishnomalarining zaruriy qismlari:
- hujjat taqdim etilayotgan tashkilot, korxona, muassasa nomi, rahbarining lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi;
- hujjat yozayotgan kishining ish joyi, lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi;
- hujjat nomi – bildirishnoma;
- matn (unda ma’lum qilinayotgan voqea-hodisa, yo‘l qo‘yilgan kamchilik, nuqson, erishilgan yutuqlar, unga munosabat hamda takliflar aks etadi);
- ilovalar ro‘yxati (kasallik varaqasi, ma’lumotnoma, tushuntirish xati va boshqalar);
- bildirishnoma yozayotgan shaxsning, familiyasi, ismi, imzosi va yozilgan sana.
NAMUNA
Guliston davlat universiteti
rektori professor A.M.Eminovga
“O‘zbek tilshunosligi kafedrasi
o‘qituvchisi G.Dushayevadan


BILDIRISHNOMA
Meni homiladorlik hamda farzandim 3 yoshga to‘1gunicha qarash uchun olgan haq to‘lanmaydigan ta’tildan so‘ng, 2006-yil 28-avgustdan o‘z vazifamni bajarishga kirishgan deb hisoblashingizni so‘rayman.
2006-yil 28-avgust. imzo G.Dushayeva

Yüklə 261,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin