O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


SALTANAT SAROYIDA O‘TIRISH VA O‘RIN OLISH TUZUGI



Yüklə 261,49 Kb.
səhifə44/56
tarix01.05.2023
ölçüsü261,49 Kb.
#105486
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   56
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua (1)

SALTANAT SAROYIDA O‘TIRISH VA O‘RIN OLISH TUZUGI


Amr etdimki, o‘g‘illarim, nabiralarim va qavm-qarindoshlarim o‘z daraja va martabalariga yarasha xuddi oy qo‘rg‘onlagandek, saltanat taxtini o‘rab o‘ltirsinlar. Sayyidlar, qozilar, ulamo, fuzalo, shayxlar, ulug‘lar va ashrof (sharaf va e’tibor egalari) o‘ng tomondan o‘rin olsinlar. Amir ul-umaro, beklarbegi, amirlar, no‘yonlar, ulus, tumanlar va qo‘shinlarning sardorlari va amirlari, mingboshilar, yuzboshilar, o‘z martabalariga yarasha, chap qo‘l tomonda o‘ltirsinlar.
Devonbegi va vazirlarning o‘rnini taxt qarshisidan ko‘rsatdim. Turli mamlakatlar, el-uluslarning kalontarlari va kadxudolari esa vazirlar orqasida saf bo‘lib o‘tirishlarini buyurdim. Bahodir degan faxrli nomga ega mard yigitlar, qilich chopib tanilgan o‘g‘lonlar, saltanat taxtining orqasidan o‘ng qo‘l tomonda o‘ltirsinlar. Qorovulbegilar esa saltanat taxtining orqasidan, chap qo‘l tomonda o‘tirishlarini buyurdim. Hirovul amiri mening ro‘paramdan o‘rin olsin. Ichki (kichik lavozimdagi saroy xizmatchisi), xususiy yasovulim esa katta chodir eshigi oldida, taxtim poyasining to‘g‘risida tik tursin. Dodxohlar (arz-dod bilan kelganlarning arizasini qabul qilib olib, podshoga yetkazuvchi mansabdor) o‘ng va chap tomonda tik tursinlar.
Qolgan sipohiylar (soyiri sipoh – harbiy yurish paytida aholidan safarbar qilingan lashkar boshliqlari), xizmatchi va hashamlar (podsho, xon, amirlarga yaqin kishi; xizmatkor) har qaysilari o‘z martabalariga yarasha saf tortib, o‘z joylarini bilib tik tursinlar.
O‘rin olish qoidalarining bajarilishini nazorat qiluvchi to‘rt amirga, majlisga hozir bo‘lganlarni o‘z tartibi bilan taxtimning o‘ng va so‘l, oldi va orqasiga joylashtirishlarini buyurdim.
Yana hukm qildimki, qachon majlis qoidaga muvofiq tartibga keltirilgach, ming tovoq osh, ming dona non keltirib, umum yig‘ilganlarga shohona ziyofat berilsin. Ming tovoq oshni mumtoz va xos kishilar bazmiga olib kelib, shundan besh yuz tovog‘ini ulus amirlariga, sarkardalarga, oqsoqollarga, har qaysisining nomiga atab, tarqatsinlar.

Yüklə 261,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin