O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti «tasdiqlayman»



Yüklə 486,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix08.05.2023
ölçüsü486,66 Kb.
#109564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
portal.guldu.uz-Makroiqtisodiyot-kurs ishi

 
5. Kurs ishining bajarilishi 
Talabalar 2-kursda «Makroiqtisodiyot» fanidan 5-6 savoldan iborat reja asosida kurs ishi 
yozib himoya qiladilar. Talabalar kurs ishi rejasini rahbar bilan birgalikda tuzishi talab etiladi. Reja 
mukammal va mufassal holda tuzilib, tadqiq etilishi ko„zda tutilgan barcha savollar va bandlarni 
qamrab olishi kerak. Bunda kurs ishi mavzusining yoritilishi talabadan analitik qobiliyatni 
shakllantirishi va sababiy bog„liqlikda tahlillar qila olishiga xizmat qilishi zarur. 
Ish rahbari kurs ishning rejasiga muvofiq talabaga kurs ishga tegishli materiallarni to„plash 
bo„yicha topshiriq, to„ldiriladigan jadvallar maketini beradi. Kurs ishining asosiy materiallari 
talabalar tomonidan to„plangan ma‟lumotlari va nazariy bilimlari tashkil etadi. 
Mavzuga oid amaliy materiallarni va statistik (hisobot) ma‟lumotlarini to„plashda ularning 
mavzuni yoritishga mos kelishiga va chuqur tahlil etish uchun etarlicha bo„lishiga erishish kerak. 
Korxonaning ishlab chiqarish salohiyati va iqtisodiy samaradorligi ko„rsatkichlarini to„liq 
o„rganmay va atroflicha tahlil etmasdan turib, muammoning echimi bo„yicha tegishli xulosa va 
takliflar tayyorlash mumkin emas.
Kurs ishini bajarishda zaruriy manbalar quyidagilar bo„lishi lozim: 
- kurs ishining barcha savollarini yoritishda foydalanilgan iqtisodiy va ijtimoiy adabiyotlar; 
- respublika Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar 
hujjatlari va maxsus adabiyotlar; 
- nizomlar, preyskurantlar va yo„riqnomalar; 
- tanlangan real korxonaning operativ va yillik reja ko„rsatkichlari, hisobot ma‟lumotlari; 
- e‟lon qilingan statistik ma‟lumotlar; 
- mavzu bo„yicha ilmiy-tadqiqot institutlarining materiallari; 
- gazeta, ilmiy jurnallar va boshqa matbuot nashrlari. 
Talaba kurs ishi muallifi bo„lib, yozilgan ishning to„g„riligiga va uning topshiriqqa 
muvofiqligiga, kurs ishida ko„chirmachilik holatining yo„qligiga javob beradi. 

Yüklə 486,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin