Xulosa va takliflar kurs ishining kirish qismida yoritilgan maqsad va vazifalarga to„liq mos
kelishi hamda ish oldiga qo„yilgan vazifalar qanday echilganini ko„rsatishi lozim. Takliflar aniq
natijalarga, tajribalarga asoslangan holda ko„rsatib berilishi, zaruriy hisob-kitoblar va ma‟lumotlar
bilan mustahkamlanishi maqsadga muvofiq.
Adabiyotlar ro‘yxatini rasmiylashtirish. Adabiyotlar ro„yxati kurs ishining oxirgi qismida
keltiriladi va adabiyotlar qa‟iy tarzda quyidagi tartibda berilishi lozim.
1. O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.
2. O„zbekision Respublikasining Qonunlari.
3. Prezident farmonlari va xukumat qarorlari.
4. O„zbekiston Respublikasini Prezidenti SH. Mirziyoevning asarlari.
5. Ilmiy adabiyotlar, darsliklar, o„quv qo„llanmalar va boshqa adabiyotlar (alfavit tartibiga
ko„ra).
6. Ilmiy maqolalar.
7. Yo„riqnomalar, turli akt materiallari va boshqalar.
8. Statistik to„plam materiallar, korxona hujjatlari va materiallari.
Adabiyotlar ro„yxatida kurs ishi jarayonida foydalanilgan barcha ma‟lumotlarning manbalari
ko„rsatilishi lozim.
Zarur hollarda adabiyotlar keltirilgan iqtiboslarning manbasi albatta o„sha betda ko„rsatilishi,
shu jumladan jadval yoki sxema manbasi ham o„sha betda ko„rsatib borilishi lozim. Agar jadval
yoki chizma muallif tomonidan tayyorlangan bo„lsa, qaysi manbadan foydalanib tayyorlanganligi
ham ta‟kidlab o„tiladi.
Kurs ishini bajaruvchi talaba ish jarayonida ko„rib chiqqan lekin kurs ishi uchun
ishlatilmagan, maxsus materiallar yoki faqat xizmat bo„yicha foydalanish uchun chop etilgan
materiallar ro„yxatini ko„rsatmaydi.
Adabiyotlar ro„yxatida quyidagilar ko„rsatilishi shart:
muallifning ismi-sharifi, adabiyotning nomi, chop etilgan manzili, nashriyotdan chiqqan yili
va foydalanilgan saxifalari.
ro„znoma va oynomalardagi maqolalar ham adabiyotlar singari rasmiylashtirilib, unda
muallifning ismi-sharifi, ro„znoma yoki oynamaning nomi, raqami, sanasi va foydalanilgan betlari
ko„rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: