O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti Ekologiya va geografiya kafedrasi



Yüklə 1,79 Mb.
səhifə47/104
tarix18.05.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#116552
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   104
Sanoat ekologiyasi

NO+Oz— NO2+O2
4. Uglevodorodlar (benzin bug’lari, pentan, geksan va boshqalar). Ular inson organizmiga kuchli ta’sir yetadi. Ularning nihoyatda kichik konsentrasiyalari bosh og’rigi, bosh aylanishi kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Agar havoda benzin bug’larining konsentrasiyasi 600 mg/m3 ni tashkil etsa va inson 8 soat vaqt davomida ushbu havodan nafas olsa, unda yo’tal paydo bo’lib, bosh og’rig’iga duchor bo’ladi
5. Vodorodli sulfid H2S. Uning havodagi RECHKsi 0,008 mg/m3 ni tashkil yetadi. Ammo uning atmosfera havosi tarkibida ortib borishi bosh aylanishiga, qo’sish, darmonsizlanish va hidni sezish qobiliyatining pasayishiga olib keladi.
6. Ftor birikmalari (ftorli vodorod va boshqalar). Ularning havo tarkibidagi RECHKsi 0,02 mg/m2 ni tashkil yetadi. Bu birikmalarning ta’sirida burundan qon keladi, tishlar va umuman, suyak yemirilishi mumkin, buqoq kasalligi paydo bo’ladi, oshqozon-ichak kasalliklari ko’payadi.
7. Qo’rg’oshin birikmalari. Ularning havo tarkibidagi RECHKsi 0,0003 mg/m3 ni tashkil yetadi. Atmosfera havosi tarkibidagi qo’rg’oshin birikmalari konsentrasiyasining ortishi asab kasalliklari, peshob haydash yo’llari, nafas olish yo’llariga katta salbiy ta’sir ko’rsatadi. Organizmda gemoglobin miqdorini kamaytiradi. Qo’rg’oshin birikmalari nafas olish yo’llari orqali organizmga kirib borib, unda qariyb 50% uning birikmalari to’planadi. Sanoati rivojlangan shaharlarda uning konsentrasiyasi 5-38 mg/m3 ni tashkil yetadi. Xususan maktab yoshidagi bolalar uchun ular nihoyatda xavflidir.
8. Atmosfera changlari. Atmosfera havosida turli kimyoviy tarkib va xossalarga ega .bo’lgan changlar mavjud. YOqilg’ilarning to’liq yonmaganligi tufayli qorakuya paydo bo’ladi: uning 90-95% ni uglerod zarrachalari tashkil yetadi. Anorganik changlarning atmoefera havosi tarkibidagi RECHKsi 0,05 kg/m3 ni tashkil yetadi. Lekin qorakuya og’ir uglevodorodlarda va benz(a)pirenda adsorbsiya bo’lish qobiltyatiga ega. Bu esa inson uchun nihoyatda xavflidir. Zaharli changlarning o’lchamlari 0,5-10 mkm atrofida bo’ladi. SHuning uchun ular nafas olish yo’llari orqali tez organizm tarkibiga singib, turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ulug’ bobokalonimiz Abu Ali Ibn Sino ming yillar bundan oldin “chang va g’ubor bo’lmaganda, inson ming yil yashar edi!” deb bejiz aytmagan.
Atmosfera havosining ifloslanishi o’simliklar va qishloq xo’jalik ekinlarini rivojlanishiga va mahsulot sifatiga katta salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Alyuminiy ishlab chiqarish zavodlaridan atmosfera havosiga me’yoridan ortiq chiqarilayotgan zaharli ftor birikmalari qishloq xo’jaligi mahsulotlariga va ularning sifatiga salbiy ta’sir qilayapti. Sanoati rivojlangan shaharlarda o’simliklarning rivojlanishi susayib, ba’zi daraxtlarning yashash muddati keskin kamayib bormoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, qayrag’och daraxti tabiiy sharoitda 350-400 yil umr ko’rsa, shahar hiyobonlarida 120-220 yil, serqatnov avtomagistral yo’llar atrofida esa, 40-50 yil umr ko’rar ekan.
Atmosfera havosining ifloslanishi hayvonot olamiga ham salbiy ta’sir etib, ularning tez-tez zaharlanishiga, ba’zan umuman nobud bo’lishiga eabab bo’lmoqda. Atmosfera havosining turli zaharli gaz va changlar bilan ifloslanishi oqibatida asalarining qirilib ketish xavfi tug’ilmoqda. Ekolog olimlarning orasida “qaysi mintaqaning ob-havosi toza bo’lsa, laylaklar va asalari o’sha erda bo’ladi!” degan g’oyalar mavjud. Yirtqich qushlar zaharlangan o’ljalar bilan ovkatlanib, bepushtlik dardiga mubtalo bo’lganlari olimlar tomonidan kuzatilgan.
Atmosfera havosi o’z-o’zini tabiiy tozalash xususiyatiga ega. Yong’ingarchiliklar havo tarkibidagi iflos moddalarni yuvib turadi, shamol esa ifloslovchi moddalarni bir joydan ikkinchi joyga ko’chiradi. Tuproqqa va suv tarkibiga tushib qolgan iflos moddalar ma’lum vaqt o’tgandan so’ng reaksiyaga kirib, natijada neytrallashib qoladi .Bu jarayonlarning barchasi tabiiy holda kechadi. Agar atmosferada o’z-o’zini tozalash jarayoni bo’lmaganda edi, er sharida havo juda ifloslanib, hayot kechirish uchun katta xavf vujudga kelgan bo’lar edi.
Atmosfera havosi tarkibini sekin yoqqan yomg’ir (soatiga 2 mm) 28% ga, o’simliklar 70% ga, qor esa 80-90% ga tozalaydi.
Bir pushtali daraxtzorlar atmosfera havosini 10% ga, ikki pushtali daraxtzorlar esa, 65% ga tozalaydi. Bir gektar o’rmon daraxtlarining barglari atmosfera havosini 2 t ammiakdan va 80 t oltingugurt oksidi (SO2) dan tozalash qobiliyatiga ega. Atmosfera havosini tozalashda tol daraxtlari eng yaxshi tozalagich hisoblanadi. Bir gektar tolzorlar 3-4 gektar sanavbar (sosna) va archazorlarning tozalash qobilyatlarita teng tozalash qobiliyatiga ega.
YAshil o’simliklar iflos havoni filtirlaydi, barglari changni ushlab qoladi, havo haroratini pasaytiradi va eng muhimi karbonat angidridi (SO2) ni yutib, fotosintez jarayoni tufayli kislorod ishlab beradi. YAshil o’simliklar, shu jumladan, daraxtzorlar 80% changni va 60% sulfat angidridini ushlab qolish qobilyatiga ega.
Bo’yi 25 metrli 80-100 yoshli bitta buk daraxti soatiga 2 kg SO2 ni yutib, 2kg O2 ishlab beradi. Bir gektar qarag’ayzor 687 t SO2 ni yutib, 18 mln m2 havoni tozalash qobiliyatiga ega. 30 tup archa 10 kishini, 1 gektar archazor esa, 300 kishini sof kislorod bilan ta’minlaydi. Bir gektar archazor katta bir shahar aholisi nafas oladigan havoni tozalashga yetadigan fitonsid fermentini ishlab chiqaradi. Fitonsid fermenti yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi miqroblar va bakteriyalarni yo’qotish xususiyatiga ega. Agar o’rmon havosining 1 m2 da 100-300 ta miqroblar va bakteriyalar mavjud bo’lsa, sanoat korxonalari atrofidagi havo tarkibida ularning miqdori 6000-10000 tani tashkil etishi mumkin.
Archa o’zidan xushbo’y hid tarqatish bilan birga fitonsid fermentini ajratib chiqaradi va havo tarkibini turli miqroblardan yaxshi tozalaydi. SHuning uchun archazorlarning havosi sanoati rivojlangan shaharlarning havosiga qaraganda 200 marotaba tozaroqdir.
SHuni alohida ta’kidlash joizki, yashil o’simliklar atmosfera havosini tozalashdan tashqari, insonga psixofiziologik ta’sir etib, unga estetik zavq ham bag’ishlaydi.
Hozirgi paytda Buxoro viloyatining barcha tumanlarida, xususan Peshku va Romitan tumanlari markazida archazorlar barpo etildi. “Universiada-2000” yoshlar sporti o’yinlarini Buxoroda o’tqazilishi munosabati bilan 1999-2000 yillar davomida shaharda archazorlarni barpo etishga kirishildi.
Tuproq tarkibida yashovchi miqroorganizmlar ham atmosfera havosini zaharli chiqindilardan tozalash xususiyatiga ega.
Bir gektar maydonda yashovchi mana shunday mmkroorganizmlar 8 t gacha uglerod, azot va oltiigugurt oksidlarini zararsizlantirish qobiliyatiga ega. Ammo shuni ham alohida ta’kidlash joizki, hozirgi paytda atmosfera havosining sun’iy ifloslanishi uning tabiiy tozalanishiga nisbatan ustunlik qilmoqda. “Atmosfera havosi o’z-o’zini tabiiy holda tozalanar ekan!” deb, xotirjam bo’lish nihoyatda katta salbiy oqibatlarga keltirishi mumkin. SHuning uchun atmosfera havosini sun’iy ifloslanishidan saqlash va uning tozalash yo’llarini amalga joriy etish bugungi kunnning eng dolzarb va kechiktirib bo’lmayditgan vazifalaridan bo’lib qolmoqda.
Atmosfera havosining sun’iy ifloslanishini oldini olish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
1. Sanoat korxonalarida yangi zamonaviy tozalash qurilmalarini joriy etish.
Hozirgi paytda respublikamiz miqyosida mingdan ortiq katta-kichik sanoat korxonalari mavjud. Ammo ko’pgina korxonalarda tozalash qurilmalari (siklonlar, skruberlar, filtrlar, adsorbentlar, katalizatorlar) eskirib qolganligi va to’la quvvat bilan ishlamaganligi tufayli atmosfera havosiga qimmatbaho xom ashyolar chiqarilib tashlanadi. Masalan, kimyo sanoati ishlab chiqarish korxonalaridan yiliga 20-25 ming t oltingugurt va azot oksidlari, 40-50 ming t uglerod oksidi va 120 ming t uglevodorodlar atmosfera havosiga chiqariladi. Ma’lumotlarga qaraganda, Olmaliq va Bekobod metallurgiya korxonalaridan yiliga atmosfera havosiga 220 ming t ifloslovchi moddalar chiqarilmoqda, uning 90% oltingugurt oksididir. Hol buki, 1 t oltingugurtdan 3 t sulfat kislotasi va boshqa mahsulotlar olish mumkin.
Viloyatimizdaga un kombinatlari 150 t un changlarini, gaz sanoati korxonalari 100 mln m2 tabiiy gaz, paxta tozalash korxonalari qariyb 500 t chang va kalta tolalar, gips zavodi esa 3000 t gips changlarini atmosfera havosiga chiqarayapti. Agar ushbu xom ashyolar ushlab qolinsa, nafaqat iqtisodiy foyda ko’rish mumkin, balki atrof-muhit musaffoligaga ham zarar etkazilmaydi.
2. Metallurgiya va isitish tarmoqlaridagi o’choqlarda ko’mir, mazut va boshqa yoqilg’i turlarining o’rniga elektr energiya va gazlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ma’lumotlarga qaraganda, ko’mir bilan ishlovchi korxonalar gazga o’tkazilsa, atmosfera. havosiga chiqariladigan azot oksidi 5 marotaba, uglerod oksidi 2000 marotaba va oltingugurt oksidi 10 ming marotaba kamayadi. Qurum, chang va tutunlar miqdori keskin kamayadi.
3. Sanoat korxonalaridagi dudburonlar (murilar)ni balandroq, qurish va sanitara-himoya mintaqasini ko’kalamzorlashtirish maqsadga muvofiqdir.
Ma’lumki, atmosfera havosi tarkibidagi zararli moddalar konsentrasiyasini kamaytirish vositalaridan biri – atmosferaning yuqori qatlamlariga baland mo’rilar orqali zararli chiqindilarni chiqarib tashlashdir. Mo’ridan chiqadigan aralashma gazlar, aerozollar, tutunlar shamol ta’sirida, turbulent diffuziya va gravitasion kuchlar ta’sirida er sathiga kelib tushadi. Quvurning balandliga yuqori bo’lsa, undan chiqib erga tushadigan aralashmalarning konsentradiyasi shuncha kam bo’ladi. Ma’lumotlarga qaraganda, balandligi 100 m bo’lgan mo’ridan chiqayotgan aralashma gazlar radiusi 20 km bo’lgan mintaqada tarqalsa, balandligi 100 m bo’lgan mo’ridai chiqadigan aralashma gazlar radiusi 75 km mintaqaga tarqaladi.
4. Atmosfera havosini toza saqlash maqsadida avtotransport vositalaridan chiqadigan zararli gazlar miqdorini kamaytirish, benzin o’rniga gazdan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Ma’lumotlarga qaraganda, 1990 yilda Toshkent shahrida avtotransport chiqindilari 90% ni tashkil etgan.
5. Sanoat korxonalarida kam chiqindili, chiqindisiz va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish atmosfera havosi musaffoligini saqlashda katta yordam beradi.
6. Sanoat korxonalarida amaldagi me’yoriy xujjatlar, davlat andozalari, tarmoq andozalari va xususan, hukumat tomonidan qabul qilingan qonun va qarorlarning amalga bajarilishini ta’minlashga katta yordam beradi.
Masalan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1994 yil 8 dekabrda “Mamlakatda sanoat terakzorlari barpo etish” to’g’risida qaror qabul qildi. 1994-1996 yillar davomida terakzorlar tashkil qilish Sirdaryo viloyatida 31,6% ga, Surxondaryoda 35,2% ga, Buxoroda 48,9% ga va Jizzaxda 49,3% ga bajarildiyu xolos. Bundan tashqari tolash qurilmalarining eskirib qolganligi va ularning ishlab chiqarishi respublikamizda yo’lga qo’yilmaganligi tufayli zararli moddalarning me’yoriy hujjatlarda ko’rsatilgan miqdori darajasida kamaytirish ancha qiyin bo’lyapti. Har holda atmosfera havosi musaffoligini saqlash har birimizning muqaddas burchimiz bo’lmog’i lozim!
Atmosfera yer sharining havo qobig'i bo'lib, biosferada hayot mavjudligini taminlovchi asosiy manbalardan biridir. Atmosfera barcha jonzotlarni zararli kosmik nurlardan himoya qilib turadi, sayyora yuzasidagi issiqlikni saqlaydi. Agar havo qobigl bo'lmaganida yer yuzasida kunduzi harorat +100 C va kechqurun-100 C harorat kuzatilgan bo'lar edi. Atmosferaning yuqori chegarasi taxminan 2000 km balandlikdan o'tadi, atmosfera bir necha qatlamlardan iborat bo’lib. Uning asosiy massasi 10-16 km balandlikkacha bo’lgan quyi troposfera qismida joylashgan, ob - havo va iqlim ko'p jihatdan atmosferadagi jarayonlar bilan bog'liq. Begona qo'shimchalari bo'lmagan atmosfera havosi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat; azot-78.1%, kislorod 20.9%, argon va boshqa inert gazlar 0.95%, karbonat angidrid 0.03 %. Boshqa gazlarning miqdori nisabtan kam . Bundan tashqari havoda doim 3-4 % suv bug'lari. Chang zarralari bo’ladi. Atmosferadagi har bir gaz o'ziga xos fizik va kimyoviy xususiyatlarga egadir.
Atmosferadagi uzoq vaqtdan beri asosiy gazlarning nisbatan doimiy miqdorlari mavjud bo’lib, so'ngi yillarda inson tasirining kuchayishi natijasida gazlar balansining o"zgarishi kuzatilmoqda. Atmosferadagi gazlar doimiy miqdori o’zgarishi sayyoramiz uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi aniqlangan. Oxirgi yillarda atmosferaga o'nlab mlrd tonna karbonat angidrid gazining chiqishi natijasida sayyoramizning o'rtacha harorati 0,5 c oshgaligi aniqlangan. «parnik effekti» natijasida yer yuzi o'rtacha haroratining o’zgarishi og'ir ekologik oqibatlarga olib kelishi bashorat qilinadi.Har yili yer yuzasida yonish jarayonlariga qo'shimcha o'n milrd tonnadan ortiq kislorod sarflanadi. Biosferada kislorodni tiklovchi manbalar-yashil o'simliklar maydonining tez qisqarib borayotganligini hisobga olsak, kelajakda kislorodning kamayishi muommosi yuzaga kelishi shubhasizdir.
Atmosferaning ifloslanishi deganda havoga begona birikmalarning qo'shilishi natijasiga uning fizik va kimyoviy xususiyatlarining o’zgarishi tushuniladi, atmosfera tabiiy va suniy yo'llar bilan ifloslanadi. Vulqonlar otilishi, chang to'zonlar, o'rmon va dashtlardagi yong'inlar o'simlik changlari mikroorganizmlar kosmik chang va boshqalar tabiiy ifloslanish manbalaridir. Suniy ifloslanish manbalariga energetika, sanoat korxonalari, transport, maishiy chiqindilar va boshqalar kiradi. Hozirgi kunda atmosferaning suniy ifloslanish darajasi oshib bormoqda .atmosferaning mahalliy, regional va global ifloslanishi kuzatiladi. Agregat holatiga ko'ra atmosferani ifloslovchi birikmalarni to'rt guruhga bo'lish mumkin; qattiq, suyuq, gazsimon va aralash birikmalar, havoni ifloslovchi asosiy modda va birikmalarga aerozollar, qattiq zarrachalar, kurum, azot oksidlari, uglerod oksidlari, oltingugurt oksidlari, xlorftoruglevodorodlar, metal oksidlari va boshqalar kiradi, Atmosferaga o'n minglab tonna modda va birikmalar chiqarilgan bo’lib, ularning o'zaro birikib hosil qilgan aralashmalari to'la urganilmagan. Bunday nomalum birikmalarning tirik jonzotlarga shu jumladan inson sog'lig'iga tasiri aniq baholangan emas.
Havoning kuchli ifloslanishi bazi uy hayvonlarining nobud bo'lishiga olib keladi. Atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalarning inson organizmiga bevosita yoki bilvosita zararli tasir ko’rsatmaydigan miqdori ruxsat etilgan miqdor (REM) deb yuritiladi . Bunda zararli birikmalarning odam mehnat faoliyatiga va kayfiyatiga putur etkazmasligi nazarda tutiladi. Havo ifloslanishining muntazam REM dan yuqori bo'lishi aholi kasallanish darajasining keskin ortishiga olib keladi. Aholi yashash joylarida havoning ifloslanganlik darajasi va tasiri REM ko"rsatkichlari bo'yicha belgilanadi. Turli moddalarning tasir darajasiga qarab xilma-xil REM ko’rsatkichlari belgilangan. Masalan. Quyidagi REM ko’rsatkichlarini ajratish mumkin; is gazi-0,01 mg/m3: oltingugurt gazi-0,05 mg/m3; xlor-0,03mg/m3; fenol-0,01 mg/m3; formaldegid-0,003 mg/m3; qurum-0,05 mg/m3: va hokozo. REM ko’rsatkichlari turli davlatlarda farqlanishi mumkin. Hozirgi kungacha atmosfera havosidagi 600 ta kimyoviy moddaning REM lari ishlab chiqilgan, shuningdek 38 ta moddalaning birlashib ta'sir qilishi o'rganilgan bo’lib ular uchun me'yorlar belgilangan.
Atmosferaning 20-30 km oraligida joylashgan o'ziga xos himoya qobig'i-ozon (O3) qatlamining siyraklashuvi ham dolzarb ekologik muammolardan hisoblanadi. Ozon qatlami insonlar va barcha jonzotlarni quyoshning ultrabinafsha nurlarini zararli ta'siridan himoya qiladi. Freon, Xlorftoruglevodorodlar, ozot oksidlari ta'sirida ozon parchalanadi. Yer yuzi qutublarida, ayrim hududlar va yirik shaharlar ustida ozon tuynuklari vujudga kelgan. Hozirgi kunda ozonning kamayib borishi bilan yuzaga kelayotgan ekologik oqibatlarining oldini olish uchun mahalliy mintaqaviy va umumjahon miqiyosida tadbirlar amalga oshirilmoqda. Oxirgi 10-15 yil ichida kislotali yomgirlar ayrim davlatlarda haqiqiy ekologik falokatga aylanib qoldi. Har qanday qazilma yoqilg'i yondirilganda chiqindi gazlar tarkibida oltingugurt va ozot qo'sh oksidlari bo'ladi. Atmosferaga millionlab tonna chiqarilayotgan bu birikmalar yomgirni kislotaga aylantiradi. So'nggi yillarda AQSH, Kanada, Germaniya, Shvetsiya, Norvegiya, Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlarda kislotali yomg'irlar ta'sirida katta maydondagi o'rmonlar quriy boshlagan. Bunday yomg'irlar hosildorlikni pasaytiradi, binolar, tarixiy yodgorliklarni emiradi, inson sog'lig'iga zarar etkazadi. Kislotali yomg'irlarning uzoq masofaga ko'chishi natijasida turli davlatlar o'rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelmoqda. Ushbu ekologik xatarni bartaraf qilish uchun mahalliy xalqaro miqyosida tadbirlar o'tkazilmoqda.
Ayrim hududlardagi havoning harakatsiz turib qolishi oqibatida kuzatiladigan zaxarli tuman-smog (tutun va tuman aralashmasi) insonlar sog'ligiga o'ta salbiy ta'sir ko’rsatadi. 1952 yili 5-9 dekabrda Londonda yuz bergan smog oqibatida 4 mingdan ortiq kishi halok bo’lgan, keyingi yillarda dunyoning yirik shaxarlarida London tipidagi smog Los-Anjeles tipidagi smoglar qayd qilingan. Fotokimyoviy smog deganda sanoat va transport chiqindi gazlarining quyosh nurlari ta'sirida reaksiyaga kirishib xavfli brikmalarni xosil qilishi tushuniladi. Jumladan ozon, formaldegid va boshqa birikmalarning hosil bo'lishi va miqdorining ortishi kuzatiladi. Smogning oldini olish muhim ahamiyatiga ega. Yer yuzida atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirish uchun tezlik bilan zarur choralar ko’rilishi lozim. Amerikalik meteorolog Luis Batgan aytganidek: yoki insonlar havodagi tutunni kamaytiradilar, aks xolda tutun yer yuzida insonlarni kamaytiradi.
Atmosfera havosining ifloslanishi turli ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. Insonlar sog'lig'ining yomonlashuvi, binolar, tarixiy obidalarning emirilishi, o'simlik va hayvonlarning nobud bo'lishi va boshqa hodisalar katta iqtisodiy zarar etkazadi. Faqatgina AQSHda havoning ifloslanishi inson sog'lig'iga etkazilgan ziyonni hisobga olmaganida, yiliga 30 mlrd. dollardan ortiq moddiy zarar etkazadi. Atmosfera havosi o'z o'zini tozalash xususiyatiga ega. Lekin uning bu imkoniyati cheklangan. Yuqori darajadagi texnogen ifloslanishni bartaraf qilish insonlarning o'zlari amalga oshirishlari lozim bcf Igan vazifadir. Havo ifloslanishining oldini olish va kamaytirishning turli yo'llari mavjud. Korxonalarda tozalash qurilmalari o'rnatiladi, zararli korxonalar shaxar chekkasiga chiqariladi. Ishlab chiqarish texnologiyasini o'zgartirish, ayniqsa chiqindisiz texnologiyaga o'tish ushbu muammoni hal qilishning eng istiqbolli yo'llari hisoblanadi. Hozirgi vaqtda havoning ifloslanishida avtotransportning hissasi oshib bormoqda. Dunyo bo'yicha 500 mln.dan ortiq avtomobil har kuni havoga yuz minglab tonna zararli birikmalar chiqaradi. Avtomobil tutunida 200 dan ortiq zararli birikmalar, shu jumladan o'pka raki va boshqa og'ir kasalliklarni keltirib chiqaruvchi birikmalar (benzapirin, qo'rg'oshin va boshqalar) mavjud. Toshkent shahrida havo ifloslanishining 70 foizidan ortig'i avtotransport hissasiga to"g'ri keladi. O’zbekistonning boshqa yirik shaharlarida ham havo ifloslanishida transportning hissasi ortib bormoqda. Transport harakatini tartibga solish, metro, elektr transportini rivojlantirish, yoqilg'1 sifatini yaxshilash va boshqa tadbirlar yirik shaharlar havosining ifloslanishini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. Ekologik toza transport vositalarini yaratish shu kunning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.
O’zbeksiton Respublikasida atmosfera havosining ifloslanishi eng asosiy ekologik muammolardan biri hisoblanadi. Shaharlarning asosan tog'oldi va tog'oraliq botiqlarida joylashganligi, iqlimning issiq va quruqligi O’zbekistonda atmosfera havosi ifloslanishining nisbatan yuqori bo'lishiga olib kelgan. O’zbekistonda atmosfera havosi ayniqsa aholi, sanoat va transport yuqori darajada to'plangan Toshkent va Farg'ona iqtisodiy rayonlarida kuchli ifloslangan. Metallurgiya, kimyo va mashinasozlik markazlari bo’lgan Olmaliq, Toshkent, Farg'ona, Bekobod, Andijon, Chirchiq, Navoiy shaharlarida havoning ifloslanish darajasi ancha yuqori. Bir qator zararli birikmalar bo'yicha ko’rsatkichlari REM dan yuqori bo’lgan bu shaxarlarning ba'zilarida fotokimyoviy smog xavfi mavjud.
O’zbekistonning bozor munosabatlariga o'tishi va so'nggi yillarda turli ekologik tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida atmosferaga tashlanadigan chiqindilar miqdorining kamayishi kuzatiladi. Agar 1990 yili atmosferaga harakatlanadigan va turgun manbalardan 4 mln. tonnadan ortiq zararli birikmalar chiqarilgan bo'lsa, bu ko’rsatkich 1995 yili 2 mln. tonnagacha kamaygan. Atmosferaga tashlanadigan chiqindilar miqdorining kamayishi sanoat korxonalari quvvatining pasayishi va transportda yuk tashish hajmining tushib ketishi bilan ham bevosita bog'liqdir. O’zbekistonda atmosferaga tashlanadigan ifloslovchi birikmalar. O’zbekistonda atmosfera havosiga xilma-xil birikmalar chiqariladi. Zararli birikmalarning 50 foizdan ortig'i uglerod oksidi (is gazi-SO)ga to’g'ri keladi. Mamlakatimiz hududi Rossiya, Qozog'iston, Tojikiston va boshqa qo'shni mamlakatlardan keladigan zararli birikmalar bilan ham ifloslanadi. So'ngi yillarda olib borilayotgan tadqiqotlar (O’zbekistonning tog'li rayonlarida, Toshkent shahri ustida ozon miqdorining 10-12% kamayganligini ko’rsatadi. Orol dengizining qurigan tubidan ko’tarilayotgan chang va tuzlar ham juda katta maydonda havoning ifloslanishiga sabab bo'lmoqda. O’zbekistonda atmosfera havosini muhofaza qilish ustuvor masalalardan hisoblanadi. Havo ifloslanishini kuzatish va nazorat qilish monitoringi yaxshi yo'lga qo'yilgan. Korxonalar uchun havoni belgilangan miqdordan ortiqcha ifloslagani uchun to'lov va jarimalar belgilangan. O’zbekistonda atmosferani muhofaza qilish to'g'risida maxsus qonun (1996 yil, dekabr) qabul qilingan .


Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin