O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti Ekologiya va geografiya kafedrasi


Umumiy ekologiyaning tarkibiy qismlari



Yüklə 1,79 Mb.
səhifə92/104
tarix18.05.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#116552
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   104
Sanoat ekologiyasi

Umumiy ekologiyaning tarkibiy qismlari -Umumiy ekologiya 4 qismdan iborat.

  1. Autekologiya

  2. Populyatsiyalar ekologiyasi

  3. Sinekologiya

  4. Biosfera

Autekologiya -Autekologiya («autos»-yunoncha so`z bo`lib, «o`zi» degan ma`noni bildiradi) ayrim turlarning yashab turgan muhiti bilan o`zaro munosabatini, turlarning qaysi muhitda ko`proq va uzviy moslashganini o`rganadi.


Populyatsiyalar ekologiyasi - Populyatsiyalar ekologiyasi («populyasion»-frantsuzcha so`z bo`lib, «aholi» degan ma`noni bildiradi) populyatsiyalar tuzilmasi va dinamikasi, ma`lum sharoitda turli organizmlar sonining o`zgarishi (biomassa dinamikasi) sabablarini o`rganadi.


Populyatsiya - Populyatsiya deb, ma`lum joyni egallagan, bir-birlari bilan irsiy axborotni almashish xususiyatiga ega bo`lgan, bir turga yoki bir necha tur vakillariga kiruvchi organizmlar guruhiga aytiladi.
Tabiatda katta arealga ega bo`lgan turlar, turli ekologik muxitlarda notekis taksimlanishi natijasida ayrim guruxlar yoki populyatsiyalarga bulinadi.
Populyatsiyalar ikki xil xususiyatga ega: biologik va guruxlik xususiyatlar. Biologik xususiyatlariga populyatsiya a`zolarining xayot shakli, uning usish kobiliyati, farklari, uzining yashash xududida son-sifatini ushlab turishi va biologik tugilish xususiyatlari kiradi.
Populyatsiyaning guruxlik xususiyatlariga esa, uni tashkil kiluvchi organizmlarning tugulishi, ulishi, yoshiga karab tuzilishi, va genetik moslashishi kiradi.
Populyatsiyalar makonda tarkalishiga karab uch xilga bulinadi; elementar, ekologik va geografik populyatsiyalar.
1.Elementar populyatsiya deganda kichik arealdagi, bir xil muxitda uchraydigan tur vakillarining yigindisi tushuniladi. Kuzatuvlar shuni kursatadiki bir xil sharoitda kichik joyda populyatsiyalar soni kam buladi. Agar biogeotsenoz ichidagi yashash sharoiti xar xil bulsa, populyatsiyalar soni xam kup buladi.
2.Ekologik populyatsiya sodda, elementar populyatsiyalar yigindisidan xosil buladi. Ular ma`lum bir biogeotsenozda tur ichidagi guruxlarga yuzaga keladi. Masalan; karagay urmonlaridagi biotsenozda olmaxonlarni oddiy karagay, kora karagay, ok karagay urmonlarida bir-biridan fark kiluvchi populyatsiyalari aniklangan.
3.Geografik populyatsiya deganda, bir geografik sharoitda va xududda uchraydigan ekologik populyatsiyalar tushuniladi. Geografik populyatsiyalar bir-biridan etarli darajada chegaralangan buladi. Xamda ular bir-biridan katta-kichikligi kupayishi ekologik moslanishlari, fiziologik va xulkiy xususiyalari bilan farklanadi.
Geografik populyatsiyani Uzbekiston xududidan dala sichkonlari populyatsiyalarini misol kilish mumkin.

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin