Og’irlik kuchi ta’sirida changli havoni chang zarrachalaridan tozalash uchun davriy yoki yarim uzluksiz ishlaydigan tozalash qurilmasi chang cho’ktirish kamerpasi deyiladi. Ularning turli ko’rinishlari 1-4 rasmda ko’rsatilgan.
Changli havo oqimi kameralarda ma’lum tezlik bilan harakat qilib, chang zarrachalari o’z og’irlik kuchlari ta’sirida chang yihgich kameralaridan biriga tushadi, tozalangan havo esa qurilmadan chiqib kyetadi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, chang cho’ktirish kameralari changli havo tarkibidan o’lchamlari 100 mkm dan yuqori bo’lgan qattiq chang zarrachalarini ushlab qolishga mo’ljallangan va ular birinchi bosqichda havoni tozalash uchun ishlatiladi. Tozalash kamerasida changln havo oqimining tezligi 1 m/s bo’lganda, changli havoni tozalash darajasi 60-80% ni tashkil etishi mumkin. CHangli havo oqimining tezligi 3 m/s ga egganda tozalash darajasi 40-50% dan oshmaydi, chunki tezlik oshganda chang yig’gich kamerasidagi cho’kkan chang zarrachalari yana harakatga kelib, tozalangan havo bilan aralashadi va ikkilamchi ifloslanishni vujudga keltiradi. SHuning uchun changli havo oqiminint tezligi 3 m/s dan oshmasligi kerak.
Changli havo oqimini sekin harakatini ta’minlash uchun chang cho’ktirish kameralarning hajmi ancha kattaroq qilib yasaladi. SHuning uchun bunday qurilmalar oddiy tuzilishga ega bo’lsalarda, ammo katta joyni egallaydilar.
Ishlab chiqarish korxonalarida ko’p polkali chang cho’ktirish kameralardan foydalaniladi (2-rasm). Kamera gorizontal polkalar bilan bir necha polkalarga bo’lingan. Kamerada changli havo oqimi sekin harakat qiladi va chang zarrachalari polkalarga urilib, o’z og’irlik kuchlari ta’sirida cho’kadi. Ushbu kameralarda chang zarrachalarining cho’kish vaqti ancha kamayadi. Kameradan changlarni chiqarish uchun polkalar ma’lum burchak ostida qiya qilib o’rnatiladi va ular maxsus silkituvchi qurilmaga ulanadi. Silkituvchi qurilmaning asosiy vazifasi polkalarni silkitib, ularning sirtida cho’kkan chang zarrachalarni tushirishdan iborat.
To’siqli chang cho’ktirish kameralarida (3-rasm) changli havo oqimi to’siklarga urilib, chang zarrachalari o’z og’irlik kuchlari va inersiya kuchlari ta’sirida chang yig’gich kamerasiga kelib tushadi. Ushbu tozalash qurilmasi ham dag’al tozalash kurilmalari guruhiga mansub bo’lib, ularda havoni tozalash darajasi 50-60 % ni tashkil yetadi.
Chang cho’ktirish kameralarining ishlash samaradorligini η oshirish (havoni tozalash darajdsini oshirish) maqsadida, ularning ichida vertikal to’siklar o’rnatiladi (4-rasm). Chang zarrachalari to’siqlarga inersiya kuchlari bilan urilib, og’irlik kuchlari ta’sirida chang yig’gich kameralardan biriga kelib tushadi. Agar bunday to’siqlar xalqa yoki sim parda shaklida o’rnatilgan bo’lsa, (4-rasm), unda changli havo oqimi ularga urilib filtrlanish jarayoni ruy beradi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, chang cho’ktirish kameralarning aerodinamiq qarshiligi 100 Pa ni tashkil yetadi. Ammo ularda changli havo oqimining tezligi 0,6-0,8 m/s dan oshmasligi kerak. Aks holda chang cho’ktirish kamerada yig’ilgan chang zarrachalari toza havo bilan aralashib tozalash qurilmasidan chiqib kyetadi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan chang cho’ktirish kameralari changli havoni chang zarrachalaridan tozalashning quruq usuliga mansub bo’lib, ular paxta tozalash zavodlarida, to’qimachilik va ip yigiruv fabrikalarda (havoni, qum, barg, kalta tolalardan tozalashda),yog’ochni qayta ishlash korxonalarida (havoni yog’och qipiqlaridan tozalashda), sement, ohak, marmar, granit va boshqa qurilish materiallar ishlab chiqarish korxonalarida (ularning changlaridan havoni tozalashda) keng ishlatiladi. Ushbu qurilmalar dag’al tozalash qurilmalar guruhiga mansub bo’lib, havoni yirik chang zarrachalaridan tozalashda birinchi bosqichda ishlatiladi.
Siklonlar
Siklonlar quruq chang ushlagichlar guruhiga kiradi. Aslida “Siklon” yunon so’zidan olingan bo’lib, “aylanma harakat” ma’nosini bildiradi. Siklon 1886 yilda nemis ixtirochisi M.S. Mard tomonidan yaratilgan edi. Siklon changli havoni qatiq chang zarrachalardan markazdan qochma kuchlar ta’sirida tozalaydiga qurilmadir.
Siklon siliddrik va konussimon qismlardan iboratdir. (6 va 7-rasmlar). Changli havo siklonga tangensial yunalishda 20-25 m/s tezlik bilan kiradi. So’ngra pastga qarab spiralsimon aylanma harakat bilan yo’naladi.
Natijada markazdan qochma kuchlar (F) hosil bo’ladi:
bu yerda, m – chang zarrachalarning massasi, kg
v – changli hsavo oqimining tezligi, m/s
R – siklonning radiusi, m.
Bu kuchlar ta’sirida changli: havo oqimidagi qattiq chang zarrachalar o’qdan siklonning ichki devori tomon harakatlanadi. Ular devorga urilib, o’z kinetik energiyalarining bir qisminn devorga beradi natijasida tezligi pasayadi va og’irlik kuchlari ta’sirida pastga tushadi. Siklonning pastki konussimon qismida havo oqimi inersiya bilan aylanma spiralsimon harakatini davom etgirib, yuqoriga ko’tariladi. Natijada tozalangan havo markaziy quvur orqali siklondan chiqib kyetadi.
Siklonlar tuzilingaga qarab 2 xil bo’ladi:
1. Silindrli siklonlar (5-rasm)
2. Konusli siklonlar (6-rasm)