ηum=[(η1+η2)-(η1*η2)]*100% (4)
Agar changli havo bosqichma-bosqich n marotaba tozalansa yoki bir vaqtning o’zida turli tozalash qurilmalardan foydalansa, unda tozalash qurilmalarining umumiy ishlash samaradorligi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
ηum=[1-(1-η1) (1-η2)... (1-ηn)]*100% (5)
(4) va (5) formulalarda η1, η2,...,ηn – birinchi, ikkinchi va n chi bosqichlarda qo’llanilgan tozalash qurilmasining ishlash samaradorliklari.
Masalan, birinchi va ikkinchi bosqichda qo’llanilgan tozalash qurilmalarining ishlash samaradrrligi mos ravishda 60% va 80% ga teng. Tozalash qurilmalarning umumiy ishlash samaradorligini topish talab etiladi.
Berilgan: η1 = 60% = 0,60
η2 = 80% = 0,80
ηum = ?
(4) formuladan topamiz:
ηum=[(η1+η2)-(η1*η2)]*100%=[(0,60+0,80)-(0,60*0,80)]*100%=0,92*100%=92% (5) formula quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi;
ηum=[1-(1-η1)(1-η2)...(1-ηn)]*100%=[1-(1-0,60)(1-0,80)]*100%= =0,92*100%=92% Shuni alohida yodda tutish kerakki, “havoni tozalash darajasi” tushunchasi havoni tozalash uchun qo’llanilgan “qurilmaning ishlash samaradorligi” tushunchasi bilan teng ma’noda tushuniladi.
2.Solishtirma yuklanish, ya’ni tozalash qurilmasining changli havoni o’tqazish qobiliyati. Ushbu ko’rsatgich chang tozalash qurilmasi orqali 1 soatda 1 m2 filtrlovchi material sirtidan o’tadigan changli havo miqdori bilan ifodalanadi va m2/soat bilan o’lchanadi.