Zotlarning shakllanishida ijtimoiy-iqtisodiy sharoitning roli. Tabiiy-
geografik iqlim sharoiti zotlarning shakllanishida muhim rol o‘ynasada, ular zot
yaratilishida asosiy omil bo‘la olmaydi. Ma‘lumki, bir xil sharoitda Angliyada
ko‘plab hayvon zotlari yaratilgan. Lekin, ularning hammasi ham yuqori
mahsuldorlikka ega emas. Shu sababli zotlarning shakllanishi va yaratilishida
ijtimoiy-iqtisodiy sharoit bosh omil bo‘lib xizmat qiladi. Angliyada kapitalizm
tuzumining rivojlanishi, ko‘plab sanoat korxonalarining paydo bo‘lishi va tez
rivojlanishi, yangi, tez etiluvchan, go‘shtdor va sersut hayvon zotlarining
yaratilishiga olib keldi. Ushbu mamlakatda qisqa davr ichida shortgorn, gereford,
aberdin-angus nomli qoramol zotlari, linkoln, gempshir, shropshir kabi qo‘y zotlari
yaratildi.
Zot klassifikatsiyasi va strukturasi. Chorvachilik amaliyotida hayvonlarni kelib chiqishi va mahsuldorligi
bo‘yicha klassifikatsiyalash qabul qilingan.
Zotlarni kelib chiqishiga ko’ra klassifikatsiyalash (guruhlash). Hayvonlarni bunday guruhlash, ular bosh suyagining tuzilishiga asoslanagan. Yirik
shoxli hayvonlar bosh suyagining tuzilishiga ko‘ra - kengpeshonali, kaltashoxli,
kaltaboshli, to‘g‘rishoxli, shoxsiz va zebu kabi tiplarga bo‘linadi. Ot va
cho‘chqalar ham bosh suyagining tuzilishiga ko‘ra klassifikatsiyalanadi, qo‘ylar
esa bosh suyagining tuzilishiga emas, balki dum shakliga qarab quyidagi
guruhlarga bo‘linadi: kaltadumli, uzundumli, semiz dumli va dumbali.
Kelib chiqishiga ko‘ra bir nechta zotlarni o‘zaro qarindosh bo‘lgan bitta
guruhga umumlashtirish mumkin. Masalan, bir-biriga qarindosh bo‘lgan zotlarga
AQSh va Kanadaning golshtino-friz, Germaniya, Angliya, Fransiya, Belgiya va
hamdo‘stlik davlatlaridagi qora-ola zotlarini kiritish mumkin. Shvits zotli
qoramollar bilan chatishtirish natijasida qo‘ng‘ir karpati, kostroma, olatov, lebedin,
kavkaz qo‘ng‘ir zotli qoramollar kelib chiqqan.
48
Zotlarni geografik tarqalishi bo‘yicha klassifikatsiyalash ham diqqatga
sazavvordir. Shunga ko‘ra zotlar tog‘li, pasttekisli, cho‘l va o‘rmon, shimoliy va
janubiy, subtropik va tropik klimatli zotlarga bo‘linadi.