O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T


Zotlarni yaratilishiga sabab bo’lgan inson mehnatining sifati va



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

Zotlarni yaratilishiga sabab bo’lgan inson mehnatining sifati va 
miqdoriga ko’ra klassifikatsiyalash.
Mazkur nuqtai nazar bo‘yicha zotlar 
madaniylashgan, o‘tkinchi, primitiv guruhlarga bo‘linadi. Primitiv zotlarga 
shunday zotlar kiradiki, ularni yaratish uchun yuqori malakali zootexniklarning 
mehnati nisbatan kam sarflangan, va asosan tabiiy tanlashning kuchli ta‘siri ostida 
yaratilgan. Primitiv zotlarda genotipik belgilarning o‘ta mustahkam singib 
ketganligi bilan madaniy zotlardan farqlanadi. 
Ayrim holatlarda primitiv zotlar bilan aborigen zotlarni chalkashtirib 
yuboriladi. Aborigen zotlar deb shunday zotlarga aytiladiki, ular mahalliy shart-
sharoitlarda uzoq vaqt davomida (yuz yillab) urchitib kelinadi. 
Madaniylashgan zotlar deb shunday zotlarga aytiladiki, ularni yaratish 
uchun yillar davomida ko‘plab yuqori malakali zootexnik-seleksiyachilarning 
mehnati sarflangan. Madaniylashgan zotlar, G.Zettegast ta‘rifiga ko‘ra, oldindan 
ma‘lum bir maqsadga yo‘naltirilgan mehnat mahsulidir. Zotlarning 
madaniylashtirilganlik darajasini, ular bilan olib borilgan chuqur zootexnika-
naslchilik ishlarning natijasi va davomiyligiga qarab xulosa chiqarish mumkin, 
ya‘ni ular ustida naslchilik hisob-kitob ishlarining yuritilishi, zotlarning nasllilik 
kitobiga kiritilgan sermahsul hayvonlar miqdori va h.k. larga qarab xulosa 
chiqarish mumkin. 
O‘tkinchi yoki yaxshilangan zotlar primitiv va madaniylashgan zotlar 
oralig‘ida joylashgan bo‘lib, mahsuldorlik ko‘rsatkichlari jihatidan primitiv 
zotlardan ustun turadi. 
P.N.Kuleshov bo’yicha zotlarning klassifikatsiyalanishi.
U tuzgan sxema 
bo‘yicha ot, qoramol, qo‘y va cho‘chqalar quyidagi to‘rt guruhga bo‘linadi: 
1). Chorvachilikni 1700-1750 yillargacha yaxshilashga xizmat qilgan 
Qadimiy Osiyo va Evropa zotlari. 


49 
2). Qadimgi buyuk chorvadorlar (Bekvel R. va b) tomonidan 1700-1750 
yillarda yaratilgan universal zotlar; ular yaratgan zotlardan foydalanib, ko‘p 
davlatlarning chorva mollari zoti yaxshilangan;
3) Universal zotlar bilan chatishtirish natijasida mahalliy ahamiyatga ega 
bo‘lgan zotlar; 
4). Evropa va Osiyoning aborigen (tub joy)zotlari (bularga asosan primitiv 
zotlar kiradi). 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin