62
16. Mahsulot yo‘nalishiga ko‘ra cho‘chqa zotlari klassifikatsiyasi.
A. Go‘sht, sut, yog‘ yo‘nalishi
B. Go‘sht va yog‘ yo‘nalishi
C. Yog‘ yo‘nalishi, go‘sht (bekon) va go‘sht-yog‘ yo‘nalishi
D. Barcha javoblar to‘g‘ri
17. Yog‘ yo‘nalishidagi cho‘chqa zotlari
A. Yirik oq zot, ukraina oq cho‘l, mirgorod zoti
B. Mirgorod zoti, landras, Shimoliy Kavkaz zoti
C. Yirik oq zoti, urjum zoti, liven zoti
D. Barcha javoblar to‘g‘ri
18. Salt miniladigan ot zotlari:
A. Arabi, Laqay, Don zotlari
B. Arabi, Axaltaka, Qorabayir
zotlari
C. Axaltaka, Budyonov zotlari
D. Barcha javoblar to‘g‘ri
19. Chopqir ot zotlari:
A. Axaltaka zoti, Vladimir zoti
B. Kabardin zoti, Orlov zoti
C. Don zoti, Budyonov zoti
D. Barcha javoblar to‘g‘ri
63
V BOB
HAYVONLARNING FENOTIPI VA GENOTIPI
Hayvonlar ekster‘eri va uning seleksiyadagi ahamiyati.
Mollarning
tashqi qiyofasi,
shakli ularning
ekster‟eri
deyiladi. Mollarni
ekster‘eriga qarab baholash ancha qulay bo‘lib, tanlash
va saralash ishlarida bu
usul katta ahamiyatga ega.
Hayvonlarni tashqi ko‘rinishiga qarab, ularning mahsulot yo‘nalishini oson
aniqlash mumkin. Masalan, sersut sigirlarning tanasi uzun, qorni katta, elini yaxshi
rivojlangan bo‘lsa (40-rasm), go‘shtdor mollarning tanasi yumaloqlashgan, boshi
Dostları ilə paylaş: