64
kichik, bo‘yni va oyoqlari yo‘g‘on va kalta, terisi qalin bo‘ladi (41-rasm).
Serpusht
tovuqlarning gavdasi nozik, o‘zi chaqqon, serharakat,
oyoqlari
ingichka, tanasi engil va bo‘yni uzunroq bo‘ladi va hokazo (42-rasm).
42-rasm. Tuxum yo‘nalishidagi tovuq zoti
Hayvonlarni ekster‘eriga ko‘ra baholashda bir necha: ko‘z bilan chamalash,
o‘lchash, rasmi asosida baholash usullardan foydalaniladi. Ko‘z
bilan chamalab
baholash ikki xil bo‘ladi:
1) zot xususiyatlari yaxshi ifodalanganligi, tana qismlarining
rivojlanganligi
va sog‘lomlik belgilarini aniqlash;
2) tana qismlarini ball shkalasi asosida baholash. Buning uchun 10 balli
baholash shkalasidan foydalaniladi.
Hayvonlar
ekster‘erini ko‘z bilan
chamalab baholashda aniq
ko‘rsatkichlarga ega bo‘lish qiyin. Binobarin, hayvonlar ekster‘eri to‘g‘risida
batafsilroq ma‘lumotga ega bo‘lish uchun tanasining qismlari o‘lchov tayog‘i,
o‘lchov sirkuli,
shtangensirkul, ruletka (o‘lchov lentasi) bilan o‘lchanadi. Shu
asosda hayvonlarning tana indekslari hisoblanadi.
Indeks
tananing biror qismi
o‘lchov ko‘rsatkichining ikknchi qismiga bo‘lgan
nisbatidir, u foiz bilan
ifodalanadi. Indeks ko‘rsatkichlari asosida
hayvonlarni oriq-semizligi, mahsulot
yo‘nalishi va hokazolarni aniqlash mumkin.
65
Professor M. I. Pridorogin ekster‘erni bilib
hayvon tana tuzilishining
afzalligi, kamchiligi va nuqsonlarini osongina aniqlab olish mumkin degan edi.
Masalan, sut yunalishidagi molning suyagi engil va mustahkam, muskullari pishiq,
elini katta, tanasi uchburchak bo‘lmasa bu uning nuqsoni deb baholagan. Lekin
faqat ekster‘eriga baho berib, molni nasliy va mahsuldorlik xusiyatlarini aniq bilib
bo‘lmaydi. Shuning uchun ham molning ekster‘erini o‘rganish
bilan birga, uning
inter‘er ko‘rsatkichlari va konstitutsional tipi ham o‘rganilib, u to‘grida aniq bir
xulosaga kelish mumkin.
Dostları ilə paylaş: