57
Zotlarni rayonlashtirish
Hayvon zotlarini mahsulot yo‘nalishi, ulardan
olinadigan mahsulot turlari,
miqdori va hokazolarga ko‘ra rayonlashtirish muhim ahamiyatga ega. Chunki,
bunda mollarning mahsuldorlik darajasi, mahsulot turi, qimmati,
tannarxi, sifati,
aholining unga bo‘lgan ehtiyoji, shuningdek, har bir zot yoki yo‘nalishning
rivojlanishi, kam mehnat va mablag‘ sarflab, ko‘proq
mahsulot olish masalalari
diqqat markazida turadi.
Umuman hayvonlarning har bir zoti muayyan tabiiy zona va tumanlar
sharoitiga yaxshi moslashganligi muhim sharoitlardan biri hisoblanadi. Bunda
havo
harorati, yillik yog‘in-sochin miqdori, em-xashak bazasi va turli xildagi
ekologik hamda biologik sharoit muhim omillar sifatida hisobga olinadi.
Qoramol zotlarining xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan belgi va
xususiyatlarini saqlash uchun ular hamma vaqt yaxshi
boqilishi va parvarish
qilinishi kerak. Shundagina ular yaxshi urchiydi, sigirlar qisir qolmaydi,
buzoqlarning o‘sish sur‘ati jadallashadi va ular
turli xildagi kasalliklarga
uchramaydi.
O‘zbekistonning tabiiy-iqlim sharoitida zotlarning tabiiy-iqtisodiy
xususiyatlarini hisobga olgan holda qoramol zotlarini rayonlashtirish rejasi tuzib
chiqilgan. Ma‘lumki, respublikamizda qoramolchilikni rivojlantirish uchun barcha
imkoniyatlar mavjud. Masalan, tog‘lar va tog‘ oldi,
dasht va yarim dasht,
shuningdek, lalmikor erlardan unumli foydalanish imkoniyatlari juda katta. Bu
erlarda mol boqish, beda, kungaboqar, makkajo‘xori,
xashaki poliz ekinlari,
ildizmevali oziqalar ekilishi va ular hosildorligini oshirish muhim ahamiyatga ega.
Umuman, respublikamizda qoramolchilikni rivojlantirish borasida to‘rtta
zona belgilangan.
1.
Dostları ilə paylaş: