O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T


-rasm. Tuxum yo‘nalishidagi lеggоrn tovuqlari



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

38-rasm. Tuxum yo‘nalishidagi lеggоrn tovuqlari 


54 
39-rasm. Go‘sht-tuxum yo‘nalishidagi plimutrok zoti. 
Mahsulot yo‘nalishiga ko‘ra hayvonlar turi ichida yana bir-biridan yaqqol 
ajralib turuvchi ikkita guruhga bo‘linadi: ixtisoslashgan va aralash yoki qo‘sh 
mahsuldorli. Ma‘lumki, hayvonlardan bir necha xil mahsulotlar olinadi. Shulardan 
biri boshqalarga nisbatan ancha yaxshi rivojlangan bo‘lsa, bunday zotlar shu 
yo‘nalish bo‘yicha ixtisoslashgan zot deyiladi. 
Zotlarning strukturasi. 
Zot strukturasining asosiy tarkibiy qismiga: zot 
tipi,zot guruhi, zotning naslli va tovar qismi, tizim (tizim) va oilalar kiradi. 
Zot tipi.
Hayvonlarning konstitutsiyasi (tuzilishi) va mahsulot yo‘nalishiga 
ko‘ra zot ichidagi tiplarga bo‘linadi. Masalan, hisor zotli qo‘ylarda mahsulot 
yo‘nalishi va konstitutsiyasiga ko‘ra 3 tipga –―A‖(mustahkam), ―B‖ (dag‘al) va 
―V‖ (nozik) tiplarga bo‘linadi. 
―A‖ (mustahkam) tipiga mansub hayvonlarda go‘sht-yog‘ mahsuldorligi 
yaxshi ko‘zga tashlanadi, tanasining barcha qismlari proporsional ravishda 
rivojlangan, suyaklari mustahkam, juni, zot doirasida, qoniqarlidir. 
―B‖(dag‘al) tipli konstitutsiyaga ega bo‘lgan hayvonlarda go‘sht-yog‘ 
mahsuldorligi yaxshi rivojlangan, gavdasi keng va chuqur, lekin tana tuzilishi 
etarli darajada proporsional shaklga va birmuncha dag‘al ko‘rinishga ega. Ushbu 
tipga mansub qo‘ylarning o‘ziga xos xususiyatlariga, suyaklarining og‘ir va 
hajmdorligi, boshining peshona va tepa qismi kuchli rivojlanganligi va kalta
dag‘al qoplovchi jun qatlami bilan qoplanganligi, ko‘kragi oldinga turtib 
chiqqanligi va kuchli rivojlanganligi; terisining qalin va kam elastikli, qiyin 


55 
cho‘ziluvchanligi; oyoqlarining aksariyat holatlarda yo‘g‘on va juda 
mustahkamligi bilan xarakterlanadi. Jun mahsuldorligi o‘ta past, kalta, dag‘al 
hamda ingichka va mayin junosti qoplamlaridan iborat. 
Zot doirasida eng ko‘p tarqalganlari mustahkam tipli hayvonlar bo‘lib, ular 
58,5% ni tashkil qiladi, dag‘al tipga mansub qo‘ylar o‘rtacha – 22,9 % va nozik 
tiplilar – 18,6 % atrofida uchraydi. Umuman, hisor qo‘ylari suruvlari orasida 
mustahkam va dag‘al tipli konstitutsiyaga ega bo‘lgan hayvonlar miqdori 81,4% 
ni tashkil qilsa, nozik tipli konstitutsiyaga ega bo‘lgan qo‘ylar 18,6 % atrofida 
bo‘ladi. Mustahkam va dag‘al tipga mansub qo‘ylarning nozik tiplilarga nisbatan 
ko‘proq uchrashining asosiy sabablaridan biri, ularning tashqi muhit sharoitiga 
chidamliligi va yashovchanligi bilan izohlanadi. 
Zot yaratilishidan avval 
zot guruhi
 
vujudga keladi. 
Zot guruhi
kelib chiqishi 
umumiy bo‘lgan, mahsuldorligi, konstitutsiyasi, muayyan tabiiy-iqtisodiy 
sharoitga moslanishi bilan bir-biridan farq qiladigan, lekin hali zotning kompleks 
belgi va xususiyatlarini o‘z organizmida namayon eta olmagan uy hayvonlari 
guruhidir. Zot guruhi ko‘p miqdordagi duragaylar yig‘indisi hisobiga ko‘paytiriladi 
va parvarish qilinadi. Lekin, zot guruhidagi hayvonlar hali o‘zining irsiy belgi va 
xususiyatlarini nasliga yuqori darajada o‘tkaza olmasligi aniqlangan. Shuning 
uchun ham ularning nasli bir tekis nasldor va bir xil bo‘lavermaydi. Zot guruhining 
tarqalish areali tor, tizim va oilalari oz va hali uncha takomillashmagan, zot tipi 
yaxshi ifodalanmagan bo‘ladi. Umuman zot guruhidan yangi zot yaratish uchun 
uning ustida tinimsiz ishlash, yangi, sermahsul tizim va oilalar tiplarini yaratish, 
shuningdek, naslchilik ishlarini keng miqyosda olib borish talab etiladi. 
Tizim (liniya)
- eng yaxshi erkak hayvonlarning bir necha avlodlaridan 
iborat bo‘lgan guruhi bo‘lib, mahsuldorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ajralib turadi. 
Umuman tizimga mansub hayvonlarning mahsuldorligi, konstitutsiyasi bir-
birinikiga o‘xshash, ular bitta nasldor erkak hayvonlardan tarqalgan. Tizimlar har 
bir zotning tarkibiy qismi hisoblanadi. Binobarin, zot ichida olib boriladigan 
naslchilik va seleksiya ishlari hamma vaqt tizimlarning soni va sifatiga asoslangan 


56 
holda amalga oshiriladi. Tizimlarning har biri ma‘lum darajada mustaqil bo‘lsa-da, 
ular baribir zotga bo‘ysunadi. 
Mollar tizimlar asosida tanlanganda, ularga fenotipi va genotipiga ko‘ra 
baho beriladi. Baholashda ularning har birining kelib chiqishi, konstitutsiyasi, 
ekstereri, muayyan mahsulot yo‘nalishiga va yuqori sifatli nasl berishga moyilligi 
hisobga olinadi. Umuman, har bir zot ichida bir nechta (5, 8, 10 ta va h.k.) tizim 
bo‘lib, zotning nasldan-naslga o‘tadigan belgilari yaxshilanib borishida muhim rol 
o‘ynaydi. 
Har bir zot tarkibida tizimlar bilan birga oilalar ham bo‘lishi talab qilinadi. 
Oila
 
mahsuldorligi, biologik xususiyatlari va boshqa belgilari deyarli bir xil 
va o‘xshash bo‘lgan, bitta zotdor ona moldan tarqalgan barcha urg‘ochi mollar 
guruhidir. Oilalar zotning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular sifatli, serpusht va 
sermahsul urg‘ochi hayvonlar etishtirishda eng muhim rol o‘ynaydi. Lekin oilalar 
bunday katta ahamiyati borligi bilan birga tarqalishiga ko‘ra, zot ichida tizimlardan 
keyinda turadi. Zot tarkibidagi oilalar ham tizimlar kabi bir nechta bo‘lishi 
mumkin. Har bir naslchilik xo‘jaliklarida tizim va oilalar urug‘boshilarining (buqa 
va sigirlarning) rasmi va barcha fenotipik belgilari maxsus jurnal va kitoblarda aks 
ettirilgan bo‘ladi, shuningdek, ulardan tarqalgan va hatto boshqa xo‘jaliklarga 
sotilgan barcha erkak va urg‘ochi mollarning fenotipik va genotipik belgi-
xususiyatlari hamda mahsuldorlik ko‘rsatkichlari ham maxsus jurnallarda qayd etib 
boriladi. Bu esa zot ustida olib boriladigan naslchilik va seleksiya ishlarini to‘g‘ri 
va samarali amalga oshirishga imkon beradi. 
Poda tarkibida bir nechta tizim va oilalar bo‘lishi va ular o‘zlariga xos 
bo‘lgan xarakterli belgilari bilan bir-biridan ajralib turishi lozim. Natijada 
podaning yashovchanligi va mahsuldorligining ko‘payishi uchun muhim omil 
hisoblangan, hayvonlar bioxilma-xilligi ta‘minlanadi. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin