38-rasm. Tuxum yo‘nalishidagi lеggоrn tovuqlari
54
39-rasm. Go‘sht-tuxum yo‘nalishidagi plimutrok zoti.
Mahsulot yo‘nalishiga ko‘ra hayvonlar turi ichida yana bir-biridan yaqqol
ajralib turuvchi ikkita guruhga bo‘linadi: ixtisoslashgan va aralash yoki qo‘sh
mahsuldorli. Ma‘lumki, hayvonlardan bir necha xil mahsulotlar olinadi. Shulardan
biri boshqalarga nisbatan ancha yaxshi rivojlangan bo‘lsa, bunday zotlar shu
yo‘nalish bo‘yicha ixtisoslashgan zot deyiladi.
Zotlarning strukturasi.
Zot strukturasining asosiy tarkibiy qismiga: zot
tipi,zot guruhi, zotning naslli va tovar qismi, tizim (tizim) va oilalar kiradi.
Zot tipi.
Hayvonlarning konstitutsiyasi (tuzilishi) va mahsulot yo‘nalishiga
ko‘ra zot ichidagi tiplarga bo‘linadi. Masalan, hisor zotli qo‘ylarda mahsulot
yo‘nalishi va konstitutsiyasiga ko‘ra 3 tipga –―A‖(mustahkam), ―B‖ (dag‘al) va
―V‖ (nozik) tiplarga bo‘linadi.
―A‖ (mustahkam) tipiga mansub hayvonlarda go‘sht-yog‘ mahsuldorligi
yaxshi ko‘zga tashlanadi, tanasining barcha qismlari proporsional ravishda
rivojlangan, suyaklari mustahkam, juni, zot doirasida, qoniqarlidir.
―B‖(dag‘al) tipli konstitutsiyaga ega bo‘lgan hayvonlarda go‘sht-yog‘
mahsuldorligi yaxshi rivojlangan, gavdasi keng va chuqur, lekin tana tuzilishi
etarli darajada proporsional shaklga va birmuncha dag‘al ko‘rinishga ega. Ushbu
tipga mansub qo‘ylarning o‘ziga xos xususiyatlariga, suyaklarining og‘ir va
hajmdorligi, boshining peshona va tepa qismi kuchli rivojlanganligi va kalta,
dag‘al qoplovchi jun qatlami bilan qoplanganligi, ko‘kragi oldinga turtib
chiqqanligi va kuchli rivojlanganligi; terisining qalin va kam elastikli, qiyin
55
cho‘ziluvchanligi; oyoqlarining aksariyat holatlarda yo‘g‘on va juda
mustahkamligi bilan xarakterlanadi. Jun mahsuldorligi o‘ta past, kalta, dag‘al
hamda ingichka va mayin junosti qoplamlaridan iborat.
Zot doirasida eng ko‘p tarqalganlari mustahkam tipli hayvonlar bo‘lib, ular
58,5% ni tashkil qiladi, dag‘al tipga mansub qo‘ylar o‘rtacha – 22,9 % va nozik
tiplilar – 18,6 % atrofida uchraydi. Umuman, hisor qo‘ylari suruvlari orasida
mustahkam va dag‘al tipli konstitutsiyaga ega bo‘lgan hayvonlar miqdori 81,4%
ni tashkil qilsa, nozik tipli konstitutsiyaga ega bo‘lgan qo‘ylar 18,6 % atrofida
bo‘ladi. Mustahkam va dag‘al tipga mansub qo‘ylarning nozik tiplilarga nisbatan
ko‘proq uchrashining asosiy sabablaridan biri, ularning tashqi muhit sharoitiga
chidamliligi va yashovchanligi bilan izohlanadi.
Zot yaratilishidan avval
zot guruhi
vujudga keladi.
Zot guruhi
kelib chiqishi
umumiy bo‘lgan, mahsuldorligi, konstitutsiyasi, muayyan tabiiy-iqtisodiy
sharoitga moslanishi bilan bir-biridan farq qiladigan, lekin hali zotning kompleks
belgi va xususiyatlarini o‘z organizmida namayon eta olmagan uy hayvonlari
guruhidir. Zot guruhi ko‘p miqdordagi duragaylar yig‘indisi hisobiga ko‘paytiriladi
va parvarish qilinadi. Lekin, zot guruhidagi hayvonlar hali o‘zining irsiy belgi va
xususiyatlarini nasliga yuqori darajada o‘tkaza olmasligi aniqlangan. Shuning
uchun ham ularning nasli bir tekis nasldor va bir xil bo‘lavermaydi. Zot guruhining
tarqalish areali tor, tizim va oilalari oz va hali uncha takomillashmagan, zot tipi
yaxshi ifodalanmagan bo‘ladi. Umuman zot guruhidan yangi zot yaratish uchun
uning ustida tinimsiz ishlash, yangi, sermahsul tizim va oilalar tiplarini yaratish,
shuningdek, naslchilik ishlarini keng miqyosda olib borish talab etiladi.
Tizim (liniya)
- eng yaxshi erkak hayvonlarning bir necha avlodlaridan
iborat bo‘lgan guruhi bo‘lib, mahsuldorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ajralib turadi.
Umuman tizimga mansub hayvonlarning mahsuldorligi, konstitutsiyasi bir-
birinikiga o‘xshash, ular bitta nasldor erkak hayvonlardan tarqalgan. Tizimlar har
bir zotning tarkibiy qismi hisoblanadi. Binobarin, zot ichida olib boriladigan
naslchilik va seleksiya ishlari hamma vaqt tizimlarning soni va sifatiga asoslangan
56
holda amalga oshiriladi. Tizimlarning har biri ma‘lum darajada mustaqil bo‘lsa-da,
ular baribir zotga bo‘ysunadi.
Mollar tizimlar asosida tanlanganda, ularga fenotipi va genotipiga ko‘ra
baho beriladi. Baholashda ularning har birining kelib chiqishi, konstitutsiyasi,
ekstereri, muayyan mahsulot yo‘nalishiga va yuqori sifatli nasl berishga moyilligi
hisobga olinadi. Umuman, har bir zot ichida bir nechta (5, 8, 10 ta va h.k.) tizim
bo‘lib, zotning nasldan-naslga o‘tadigan belgilari yaxshilanib borishida muhim rol
o‘ynaydi.
Har bir zot tarkibida tizimlar bilan birga oilalar ham bo‘lishi talab qilinadi.
Oila
mahsuldorligi, biologik xususiyatlari va boshqa belgilari deyarli bir xil
va o‘xshash bo‘lgan, bitta zotdor ona moldan tarqalgan barcha urg‘ochi mollar
guruhidir. Oilalar zotning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular sifatli, serpusht va
sermahsul urg‘ochi hayvonlar etishtirishda eng muhim rol o‘ynaydi. Lekin oilalar
bunday katta ahamiyati borligi bilan birga tarqalishiga ko‘ra, zot ichida tizimlardan
keyinda turadi. Zot tarkibidagi oilalar ham tizimlar kabi bir nechta bo‘lishi
mumkin. Har bir naslchilik xo‘jaliklarida tizim va oilalar urug‘boshilarining (buqa
va sigirlarning) rasmi va barcha fenotipik belgilari maxsus jurnal va kitoblarda aks
ettirilgan bo‘ladi, shuningdek, ulardan tarqalgan va hatto boshqa xo‘jaliklarga
sotilgan barcha erkak va urg‘ochi mollarning fenotipik va genotipik belgi-
xususiyatlari hamda mahsuldorlik ko‘rsatkichlari ham maxsus jurnallarda qayd etib
boriladi. Bu esa zot ustida olib boriladigan naslchilik va seleksiya ishlarini to‘g‘ri
va samarali amalga oshirishga imkon beradi.
Poda tarkibida bir nechta tizim va oilalar bo‘lishi va ular o‘zlariga xos
bo‘lgan xarakterli belgilari bilan bir-biridan ajralib turishi lozim. Natijada
podaning yashovchanligi va mahsuldorligining ko‘payishi uchun muhim omil
hisoblangan, hayvonlar bioxilma-xilligi ta‘minlanadi.
Dostları ilə paylaş: |