O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

konstitutsiyasi
 
deyiladi. U hayvonlar 
mahsuldorligini, qaysi maqsadda boqilishini va tashqi muhit
 
sharoitiga moslashish 
darajasini ifodalaydi. 
«Konstitutsiya» lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, «tuzish, qismlardan bir 
butun narsa hosil qilish» degan ma‘noni anglatadi. Konstitutsiya to‘grisidagi 
ta‘limotning mohiyati tana va ayrim organlar tuzilishining organizm vazifalari 
bilan bog‘lanishini o‘rgatishdan iboratdir. 
Konstitutsiya hayvonlar hujayrasi, to‘qima va organlarning umumiy va oddiy 
ko‘rsatkichi bo‘lmasdan, balki barcha xossalarining bir-biriga bog‘liq holdagi 
yagona murakkab birlashmasidan iborat. Konstitutsiya belgilari mollarni maqsadga 
muvofiq tanlash va saralash, boqish va parvarish qilish natijasida ular ma‘lum 
yo‘nalishga ega bo‘ladi. 
Konstitutsiya 
tiplari.
Mollarning tashqi ko‘rinishiga, organlarining 
rivojlanganligiga va ulardan xo‘jalikda foydalanish usullariga ko‘ra, P. N. 
Kuleshov 4 ta (nozik, qo‘pol, pishiq va bo‘sh) konstitutsiya tipi mavjudligini 
ko‘rsatdi. 
Lekin, chorva mollari orasida bu to‘rt konstitutsiya tiplari sof holda 
uchramasdan, ko‘proq biri ikkinchisiga qo‘shilgan holda bo‘ladi. Masalan: I—
nozik-pishiq; II — nozik-bo‘sh; III — qo‘pol-pishiq va IV — qo‘pol-bo‘sh. 
Nozik-pishiq tipga mansub bo‘lgan mollarning terisi yupqa, skeleti 
mustahkam, muskullari pishiq bo‘lib, semirishga moyil emas. Mijozi kuchli, 
xarakatchan bo‘ladi. Bu tipga, asosan, sersut sigirlar va chopqir otlarni misol qilib 
ko‘rsatish mumrin. 


67 
Nozik-bo‘sh tip vakillarining terisi yupqa, lekin teri ostidagi yog‘ qatlami 
yaxshi rivojlangan, skeleti yo‘g‘on bo‘ladi. Muskullari seryog‘, og‘ir, mijozi 
yuvosh, tinch bo‘ladi. Aksari go‘shtdor hayvonlar ana shu tipga mansub. 
Qo‘pol-pishiq tip vakillarining skeleti pishiq, tanasi qo‘pol, muskullari yaxshi 
ifodalangan, terisi qalin, juni o‘siq va dag‘al, teri ostidagi yog‘ qatlami sust 
rivojlangan bo‘ladi. Asosan transport vositasida foydalaiiladigan yilqilar va 
ho‘kizlar ana shu tipga kiradi. 
Qo‘pol-bo‘sh tipga mansub hayvonlariing tanasi yirik, qo‘pol, terisi qalin va 
bo‘sh bo‘ladi. Bular kam harakat, mijozi sust, ko‘p harakat qilishga chidamsiz va 
ko‘proq go‘sht-yog‘ berishga moslashgan hayvonlardir. Bu tipga asosan go‘sht 
uchun boqiladigan hayvonlar kiradi. 
M. F. Ivanov to‘rtala tip katta ahamiyatga ega ekanligiga asoslanib, barcha 
turdagi hayvonlar uchun muhim bo‘lgan beshinchi tip — 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin