71
tana qismlarini o‘lchash orqali molning o‘sishi va rivojlanishi baholanadi va
tegishli xulosa chiqariladi.
4)
Avlodining
sifatiga
ko‘ra
tanlashda
asosan
bolalarining
yashovchanligi,
tirik vazni, bosh soni va boshqa barcha belgi va xususiyatlari
hisobga olingan holda bajariladi.
Saralash
– tanlab olingan alohida bir hayvonni yoki hayvonlar guruhini
inson uchun kerak bo‘lgan
mahsulot olish, yoki sermahsul, tez etiluvchan,
chidamli nasl olish maqsadida juftlashtirishdir. Bu
tadbirning asosiy maqsadi
chorva mollarining barcha ijobiy belgi va xususiyatlarini kelgusi avlodlarda saqlab
qolish va rivojlantirishdan iborat. Erkak va urg‘ochi hayvonlarni saralashda
quyidagilarga e‘tibor beriladi:
1)
Eng sifatli ona mollar eng sifatli erkak hayvonlar bilan juftlashtiriladi.
2)
Juftlashtirishda erkak hayvon urg‘ochisiga qaraganda yuqori sinfga
ega bo‘lishi kerak.
3)
Yaqin qarindosh bo‘lgan hayvonlarni (I
avlod vakillarini yoki
bolalarini ota-onalari bilan) o‘zaro juftlashtirish ma‘n etiladi, aks holda zaif va
sifatsiz nasl vujudga keladi. Lekin, naslchilik xo‘jaliklarida, ayrim holatda, yuqori
malakali mutaxassislar nazorati ostida, bu tadbirni ma‘lum maqsadda (zotning
sifatini yaxshilash va zot yaratish uchun)
amalga oshirish mumkin;
4)
Ayrim bir xil nuqsonga ega bo‘lgan erkak va urg‘ochi hayvonlarni
o‘zaro juftlashtirilmaydi, chunki bu nuqsonlar kelgusi
avlodda yanada kengroq
yoyilishi mumkin.
Saralash ishlarini olib borishda hayvonlarni yoshiga qarab juftlash muhim
ahamiyatga ega. Tajribalardan ma‘lumki, yosh urg‘ochi hayvonlarni yosh erkak
hayvonlar bilan urchitish ko‘pincha salbiy natijalar beradi.
Shuning uchun
quyidagi tavsiyalarga e‘tibor berish talab etiladi:
-
o‘rta yoshdagi urg‘ochi hayvonlar o‘rta yoshdagi erkak hayvonlar
bilan juftlashtirilishi lozim;
-
yosh hayvonlarga o‘rta yoshdagi hayvonlarni biriktirish kerak;
72
-
katta yoshdagi hayvonlar yosh hayvonlar bilan urug‘lantirilishi yaxshi
natija beradi.
Dostları ilə paylaş: