74
Qo‘ylar mahsulot yo‘nalishiga ko‘ra junining vazni, sifati (tola ingichkaligi),
tekisligi, qalinligi va teryog‘liligiga ko‘ra baholanadi.
Qorako’l qo’zilar 1-3 kunligida
mo‘ynasining sifatiga ko‘ra baholanadi.
Bunda
terisining rangi, guldorligi, jingalaklarining yirik-maydaligi,
junining
yaltroqligi hisobga olinadi (43-rasm).
43-rasm.
Tanasining barcha qismidagi jingalaklar guli a'lo darajada rivojlangan,
mustahkam konstitutsiyali, o‗rtacha yirik gulli, I sinf, pishiq konstitutsiyali jaket tipdagi
sherozi qorako‘ qo‘zisi.
Go‘sht-yog‘ yo‘nalishida boqiladigan qo‘ylar go‘shtdorligi va dumbasining
kattaligi, vazni va tashqi ko‘rinishi, po‘stinbop qo‘ylar mo‘ynasining sifati va
serpushtligiga qo‘ra baholanadi.
Hayvonlar ichida tez etiluvchan
va serpusht sifatida
quyonlar
alohida
ahamiyatga ega. Quyonlarning homiladorlik davri 30 kunga teng. Quyonlar 7-8
oyligida birinchi marta bolalaydi. Har bir bolalashda 6-9 tagacha nasl beradi (1tadan
14 tagacha bolalashi mumkin). Har bir urg‘ochi quyon yiliga 4 tadan 6 martagacha
nasl berishi mumkin. Quyonlarni go‘sht mahsuldorligi bo‘yicha 2-3 oyligida
baholanadi, ularni teri sifatiga ko‘ra 3-4 oyligida baholanadi. Tivitli quyon zotlari 2-4
oyligida tivit mahsuldorligi bo‘yicha baholanadi.
Tez etiluvchanligi va serpushtlik xususiyati bo‘yicha qishloq xo‘jalik
parandalari
alohida o‘ringa ega. Tovuqlarning jinsiy etiluvchanligi (birinchi marta
tuxum berishi) 4-5 oyga, kurkalarniki 7-8 oy, o‘rdak va g‘ozlarniki 8-10 oyga teng.
75
Tovuqlar birinchi yil tuxumlashidayoq 200-250 ta va undan ko‘p tuxum beradi.
Parandalar avlodlarining bunday tez almashinishi va asosiy mahsuldorlik sifatini erta
baholanishi tanlash sur‘ati va samaradorligiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.
Parandalar qaysi yo‘nalishda boqilishiga ko‘ra serpushtligi, go‘shtdorligi,
tuxumining kattaligi va ekster‘eri bo‘yicha baholanadi. Tuxumining vaznini aniqlash
uchun ularning 10 tasini tortib bir donasining o‘rtacha vazni aniqlanadi.
Bonitirovka ishlari Veterinariya va chorvachilikni
rivojlantirish Davlat
qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan maxsus uslubiy qo‘llanmalar asosida olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: