77
4.
Zanjirli shajara.
Shajara bo‘yicha tahlil qilish natijasida tanlanayotgan
hayvon ajdodlarida sermahsul hayvonlar bor yoki yo‘qligi, ularning o‘z
irsiy
belgilarini kelgusi avlodiga o‘tkazish yoki o‘tkaza olmasligi to‘g‘risida xulosa
chiqariladi.
Hayvonlarni kelib chiqishiga ko‘ra baholash, ularni tanlashda muhim
ahamiyatga ega bo‘lsada, lekin hayvon to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘linmaydi.
Shuning uchun hayvonlarni ekster‘eri, mahsuldorligi va avlodining sifati bo‘yicha
baholash zarur bo‘ladi. Shundan so‘ng, hayvonlar to‘g‘risida to‘liq va yakuniy
xulosaga kelish mumkin.
Hayvonlarni konstitutsiyasi va ekster‘eriga ko‘ra baholash va tanlash.
Chorvachilik amaliyotida hayvonlarni konstitutsiyasi va ekster‘eriga ko‘ra
baholash azaldan qo‘llaniladi. Chunki hayvonning tashqi tuzilishi bilan mahsuldorligi
o‘rtasida ma‘lum bog‘lanishlar mavjud. Konstitutsiya va ekster‘eri bo‘yicha baholash
natijasidan foydalanib, ma‘qul bo‘lgan tipdagi hayvonni tanlab olish oson bo‘ladi va
undan kelajakda sermahsul hayvon etishtirish mumkin.
Konstitutsiyasi va ekster‘eri bo‘yicha har xil mahsulot yo‘nalishidagi
hayvonlar bir-biridan keskin farqlanadi. Masalan, jun va go‘sht yo‘nalishidagi
qo‘ylar,
odimlab yuruvchi, chopqir va yo‘rtoqi ot zotlari, tuxum va go‘sht
yo‘nalishidagi tovuq zotlari va h.k. ning o‘zaro farqlanishi yaqqol sezilib turadi.
Gavdasining tuzilishi asosida, hayvonlarni alohida tana qismlari bo‘yicha
ma‘lum darajadagi talablar ishlab chiqilgan va shular asosida baholab, nasl uchun
hayvonlar tanlab olinadi.
Har qanday mahsulot yo‘nalishidagi hayvonlarni
tanlashda umumiy talab
quyidagicha: gavda tuzilishi mustahkam, mahsulot berish uchun xalaqit beruvchi
ekster‘er kamchiliklari (orqa va belining osilib turishi, tosining ingichka va torligi,
orqa va tos qismining bukrisimon o‘sishi, konstitutsiyasining umumiy bo‘sh va
nimjonligi va h.k) bo‘lmasligi lozim. Bunday kamchiliklari bo‘lgan hayvonlarni nasl
olish uchun poda
safida qoldirish mumkin emas, chunki ular o‘z kamchiliklarini
kelgusi avlodlariga ham o‘tkazishi mumkin.
78
Hayvonlarni ekster‘eri bo‘yicha tanlashda, ularning asosiy mahsulot yo‘nalishi
bilan bog‘liq bo‘lgan tana qismlarini baholash katta ahamiyatga ega. Masalan, sut va
sut-go‘sht yo‘nalishidagi sigirlarni baholashda elinining kattaligi va shakliga alohida
e‘tibor beriladi. Sigirlar ekster‘erini 10 ballik tizim bo‘yicha baholashda, unning 5
bali elini uchun ajratiladi. Sut yo‘nalishidagi sigirlarni ekster‘eri bo‘yicha tanlashda
uzun va chuqur ko‘krakli, uzun gavdali va katta qorinlilarni afzal ko‘riladi. Odatda
bunday sigirlarning sut mahsuldorligi yuqori bo‘ladi.
Go‘sht yo‘nalishidagi qoramollarni tanlashda tanasi keng, chuqur, yumaloq
ko‘rinishdagi,
bel qismi keng, barcha tana qismlarida, xususan orqa qismidagi
muskullarining yaxshi rivojlanganligiga e‘tibor beriladi.
Otlarda asosiy mahsuldorlik ko‘rsatkichi – ishchanligidir. Shu sababli
yilqilarni ekster‘eri bo‘yicha tanlashda orqa va oldingi oyoqlarining mustahkam
qo‘yilishiga e‘tibor beriladi. Orqa va oldingi oyoqlarida kamchiliklar bo‘lgan otning
ishchanligi yaxshi bo‘lmaydi va u yuqori sifatli nasl bera olmaydi.
Cho‘chqalar boshqa turdagi hayvonlarga nisbatan
birmuncha zaiflashgan
konstitutsiya tipiga ega. Shuning uchun ularni tanlashda go‘sht mahsuldorligini
belgilovchi gavda tuzilishidan tashqari, konstitutsiyasining mustahkamligiga ham
e‘tibor beriladi.
Demak, hayvonlarni konstitutsiyasi va ekster‘eri bo‘yicha tanlashning vazifasi
podadagi hayvonlar konstitutsiyasini mustahkamlash,
yirikligiga erishish, gavda
tuzilishining proporsionalligini va mahsulot yo‘nalishiga mos kelishini saqlab
qolishdir.
Hayvonlarni konstitutsiya va ekster‘eri bo‘yicha baholashda eng qulay va
mukammal usul ko‘z bilan chamalab baholash usuli hisoblanib, uni tana qismlarining
o‘lchamlari va indekslarini aniqlash yordamida to‘ldirish mumkin. Hayvonlar
ekster‘eriga
tashqi muhit omillari, oziqlantirish va saqlash sharoitlari katta ta‘sir
ko‘rsatadi. Shuning uchun hayvonlarni tana tuzilishiga ko‘ra tanlashda shunday
shart-sharoitlar yaratish kerakki, ular yaxshi o‘sib rivojlansin.
Dostları ilə paylaş: