Hayvonlarni chatishtirish. Chatishtirishning hayvonlar seleksiyasidagi ahamiyati va biologik samaradorligi. Agar urchitiladigan hayvonlar turli zotlarga mansub bo‘lsa yoki
ulardan biri duragay bo‘lsa, bunday urchitish
chatishtirish deb ataladi. Har xil
zotlarni chatishtirish natijasida olingan hayvonlarni metislar
yoki
duragay deyiladi.
Chatishtirish natijasida olingan hayvonlarning geterozigotalik xususiyati
oshadi, bu esa
geterozis deb ataluvchi biologik hodisaning yuzaga kelishiga olib
keladi. Geterozis (birinchi avlod duragaylarining mahsuldorlik, o‘sish sur‘atlari,
yashovchanlik qobiliyati va boshqa belgilari bo‘yicha ota-ona vakillaridan ancha
o‘zib ketishi) tovar xo‘jaliklarda mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishda juda
katta hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Chatishtirish natijasida duragay avlodlarda
o‘zgaruvchanlik darajasi ota-ona vakillariga nisbatan ancha ko‘p bo‘ladi va yangi
irsiy belgilar kombinatsiyasining vujudga kelishiga olib keladi. Chatishtirish
natijasida bir zotga tegishli bo‘lgan ota yoki ona irsiy belgisining ikkinchi zotga
mansub irsiy belgisi bilan siqib chiqarilishiga ham olib keladi. Shuning uchun
chatishtirishning
biologik samaradorligi maqsadli ravishda belgilarni siqib
chiqarishga yo‘naltirilganligiga bog‘liq( agar yomon irsiy belgilar yaxshisi bilan
siqib chiqarilsa, chorvadorlar uchun foydali, uning aksi bo‘lsa, zarar keltiradi).
Qo‘yilgan maqsadga ko‘ra hayvonlar seleksiyasida chatishtirishning quyidagi
asosiy turlari qo‘llaniladi:
1)
sanoat maqsadida chatishtirish (birinchi avlod duragaylarining
geterozislik xususiyatidan foydalanish);