93
Laynkrossbriding
-
ma‘lum bir tizimiga tegishli ona mollarni irsiy belgi va
xususiystlsri bo‘yicha muvofiqlashuvchi boshqa zot tizimidagi erkak vakillari bilan
chatishtirish.
Topkrossbriding
- bir zotning inbred buqalarini yaqin qarindosh bo‘lmagan
sigirlar bilan chatishtirish va boshqalarni misol keltirish mumkin.
Galma-gal chatishtirish
Galma-gal chatishtirish sanoat maqsadida chatishtirishga o‘xshash bo‘ladi.
Bu usul ham faqat mahsulot yetishtiruvchi tovar fermalarda qo‘llaniladi va
mollarning hayotchanligini oshirish hamda mahsuldorligini ko‘paytirish imkonini
beradi. Bunday chatishtirishda ikkita yoki ko‘proq zot ishtirok etadi. Bir marta
chatishtirilgandan so‘ng urg‘ochi duragay vakillarining
yaxshilari yana dastlabki
zotning erkagidan qayta qochiriladi. Bu usulning afzalligi shundaki,
barcha tovar
fermalarida toza zotli, sermahsul erkak vakillaridan urg‘ochilar
galma-gal
qochirilaveradi. Naslchilik fermalarida bu usul qo‘llanilmaydi.
Galma-gal chatishtirish usulining maqsadi sanoat maqsadida chatishtirish
usulidagi kabi- geterozis hodisasidan maksimal darajada foydalanishdir.
Lekin, galma-gal chatishtirish usulining ayrim kamchiliklari ham bo‘lib,
ularga mazkur usulni amalga oshirishning nisbatan murakkabligi va geterozislik
hodisasining birmuncha sust namoyon bo‘lishini ko‘rsatish mumkin.
Galma-gal
chatishtirish usulini xo‘jaliklarda tashkil etish ancha murakkab va mushkuldir,
chunki xo‘jalikda irsiy belgilari bo‘yicha farqlanuvchi va tashqi ko‘rinishi
o‘xshash bo‘lgan duragay hayvonlar guruhi ko‘payib ketadi.
Hisob-kitob ishlari
yaxshi yo‘lga qo‘yilmasa chalkashliklar sodir bo‘lib, ko‘zlangan natijalarga
erishish qiyin bo‘ladi. Shuning uchun ko‘pchilik ikki zotli galma-gal chatishtirish
variantini qo‘llashni afzal ko‘radi.
Dostları ilə paylaş: