87
Tizimlar bo‟yicha urchitish.
Tizim muayyan zot ichidagi ayrim xususiyatlari
(gavda tuzilishi, maxsuldorligi) jihatidan bir-biriga o‘xshagan
va eng yaxshi
urug‘boshidan bo‘lgan sermahsul erkak mollar guruhidir. Tizim ma‘lum erkak
vakilining laqabi bilan ataladi. Tizimlar bo‘yicha urchitishda erkak hayvonlarning
genotipik xususiyatlaridan foydalanish diqqat markazida turadi va shu tufayli u
amalga oshiriladi. Bundan tashqari, har bir zot tarkibida bir necha oilalar bo‘ladi.
Oila
har bir asl ona (sigir, biya, cho‘chka, sovliq) moldan tarqalgan urg‘ochi
hayvonlar guruhidir. Zot tarkibida oilalar tizimlarga nisbatan pastroq turadi.
Garchand ko‘plab urg‘ochi hayvonlarning serpushtligini oshirishda ma‘lum bir oila
a‘zolari o‘zining yuqori irsiy xususiyatlarini o‘tkaza olsada, naslchilik ishlarida
tizimlar birinchi o‘rinda turadi.
Inbriding va uning salbiy oqibatlari.
Yaqin qarindoshli urchitishda inbriding
depressiyasi degan holat yuzaga kelib, uning oqibatida
hayvonlar naslining
maydalashishi, konstitutsiyasining zaiflashishi, mahsuldorligi va nasl berish
qobiliyatining pasayib ketishi, mayib-majruh avlodlar vujudga kelishi va o‘lim
darajasining ortishiga olib keladi. Inbriding depressiyasining asosiy sababi yaqin
qarindoshli urchitish oqibatida, ularning avlodlarida
gomozigotalik holatining
ortib ketishidir. Ularning kam yoki ko‘p darajada yuzaga chiqishi, inbridinglik
darajasiga, hayvonlarning sifatiga va yashash sharoitiga bog‘liqdir.
Inbriding depressiyasining hayvonlarda yuzaga kelish oqibatlarini soha
olimlari tomonidan laboratoriya sharoitida bir qancha maxsus tajribalar o‘tkazish
orqali aniqlab berildi. Jumladan, S.Krampe inbridingli kalamushlarni ko‘paytirish
ishlarini bir juft normal holatdagi (yaqin qarindosh bo‘lmagan) laboratoriya
hayvonlarini ko‘paytirishdan boshladi.
Keyinchalik, ularni va ulardan olingan
avlodlarini bir necha bo‘g‘inlarda o‘zaro urchitish natijasida, u 1500 bosh
inbridingli hayvonlar oldi. Dastlabki besh bo‘g‘inda olingan aksariyat urg‘ochi
vakillari bepusht bo‘lgan, nasl berganlari ham juda sust o‘sib va rivojlanib, kech
etilgan va maydalashib ketgan. Ularning ko‘pchiligiga inbriding halokatli ta‘sir
qildi. Oziqa sharoitini yaxshilaganda kalamushlarning vazni va nasl berish
qobiliyati birmuncha yaxshilandi. Lekin, ko‘pchiligida patologik holatlar –
88
tuxumdonlari va bachadonlarida shish paydo bo‘lishi kuzatildi. Ularning
yashovchanlik qobiliyati keskin pasayib ketdi. Ayrim
tizimlari butunlay qirilib
ketdi. Dastlabki va nazorat guruhidagi kalamushlarda esa bunday holat
kuzatilmadi. Shular asosida tadqiqotchi olim, inbriding depressiyasi oqibatlaridan
xalos etib bo‘lmas ekan, degan xulosaga keldi.
Yana bir olim E.Din-King, yaqin qarindoshli urchitish orqali kalamushlarni
22 bo‘g‘inigacha tajriba o‘tkazib, inbriding depressiyasining zararli oqibatlarga
olib kelmasligini isbotlab bermoqchi bo‘ldi. Haqiqatda esa dastlabki besh
bo‘g‘inida yarmiga yaqin ona kalamushlar bepusht bo‘ldi va ularni tajriba
kuzatuvidan chiqarilib tashlandi. Qolganlari juda kam nasl berdi. Ular uchun juda
yaxshi oziqa sharoiti yaratib bergandagina va konstitutsiyasining mustahkamligiga
ko‘ra qattiq tanlash olib borilganda (1000 ta tug‘ilgan kalamushlardan faqat 20 tasi
keying tajriba ishlarini davom ettirish uchun olib qolindi) inbridingli hayvonlar
nazoratdagi tengdoshlariga nisbatan birmuncha yaxshi rivojlana boshladi.
S.Rayt tomonidan oq kalamushlar
ustida yanada sinchkovlik, uslubiy
jihatdan to‘g‘ri va uzoq davom etgan tajriba olib borildi. U bir-biriga yaqin
qarindosh bo‘lgan aka va singillarini o‘zaro urchitish yo‘li bilan 30 dan ortiq
bo‘g‘ingacha o‘nminglab kalamushlar olishga muvaffaq bo‘ldi. Tajribadagi 35 ta
inbridingli tizimdan 27 tasi nobud bo‘ldi (90 %), tirik qolganlarining ham vazni
past bo‘lib, yashovchanlik, nasl berish va sil kasalligiga
chidamlilik qobiliyati
pasayib ketdi. Har xil inbridingli tizimlarga mansub hayvonlarni o‘zaro
chatishtirilishi natijasida ularning avlodlarida ushbu ko‘rsatkichlarning birmuncha
yaxshilanishiga erishildi.
Shunday qilib, yuqoridagi uzoq muddat davomida o‘tkazilgan har uchchala
tajriba natijasida hayvonlarda inbriding depressiyasi hodisalari kuzatilganligi
to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin. Demak, inbriding depressiyasi yuz beradigan
asosiy salbiy oqibatlarga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1)
nasl berish qobiliyatining pasayib ketishi, ayrim holatlarda to‘liq bepusht
bo‘lib qolishigacha olib keladi;
89
2)
modda almashinuv jarayonining pasayishi, organizmning qarshilik
ko‘rsatish kuchining susayishi, o‘lim darajasining ortishi;
3)
mahsuldorligining kamayishi;
4)
suyaklarning ingichkalashuvi va konstitutsiyasining noziklashishi;
5)
hayvonlarning mayib-majruh tug‘ilish holati kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: