91
Sanoat maqsadida chatishtirish usuli qadimdan (xachir etishtirish davridan
boshlab) chorvachilik amaliyotida qo‘llanila boshlagan.
Sanoat maqsadida chatishtirish usuli cho‘chqachilikda go‘sht etishtirish
maqsdida va parandachilikda broyler hamda tovar tuxum etishtirish maqsadida
keng qo‘llaniladi. Keyingi vaqtlarda qoramolchilik amaliyotida ham
bu usul keng
joriy qilinmoqda. Bu sohada quyidagi ikki yo‘nalishda qo‘llash belgilangan:
1)
Ikkita go‘sht yo‘nalishidagi zotlarni o‘zaro chatishtirish, masalan sharole
zotini shortgorn, gereford va aberdin-angus bilan hamda qozoqi oqboshni sharole
va aberdin-angus zotlari bilan chatishtirish.
2)
Sut va sut-go‘sht yo‘nalishidagi sigirlarni go‘sht yo‘nalishidagi buqalar
bilan chatishtirish (masalan, qora-ola zotli sigirlarni sharole buqalari bilan).
Respublikamizda bunday chatishtirish ishlari «Qizil shalola» tajriba
xo‘jaligida olib borilgan. Bunda go‘shtdor aberdin-angus
buqalari bilan qora-ola
zot sigirlar chatishtirilgan va yuqori ko‘rsatkichlarga erishilgan.
Tovar xo‘jaliklarda, nasl uchun qoldiriladigan yosh mollardan ortiqchasini
yuqoridagi usullar bilan qochirish, go‘sht etishtirishni ko‘paytirishda muhim
ahamiyatga ega.
Sanoat maqsadida chatishtirishni
amalga oshirish uchun, odatda, shu
hududda keng tarqalgan sigirlardan foydalaniladi. Ular mahalliy sharoitga yaxshi
moslashgan. Boshqa hududlardan keltirilgan sigirlarda ushbu usulni qo‘llash,
birinchidan mahsulot tannarxini keskin qimmatlashtirib yuborsa, ikkinchidan, ular
yangi sharoitga yaxshi moslasha olmaydi va ko‘pchiligi kasallanishi mumkin.
Sanoat maqsadida chatishtirish usulida sigirlarning nasllilik sifatiga uncha
e‘tibor berilmaydi, chunki bu usul tovar xo‘jaliklarda go‘sht ishlab chiqarish uchun
mo‘ljallangan. Eng asosiysi, chatishtirish uchun ajratib
olingan ona mollar nasl
bera olish qobiliyatiga ega bo‘lishi va naslini emizish uchun sut etarli darajada
bo‘lishi zarur. Bunda vazndor va duragaylik qon ulushi 3/4, 7/8 va undan yuqori
bo‘lganlardan yaxshi natijalar olishga erishish mumkin.
92
Sanoat maqsadida chatishtirish uchun erkak hayvonlarni tanlashda, ularga
nisbatan birmuncha qattiq talab qo‘yiladi. Ularni tanlashda
sofzotli hayvonlarga
yon bosiladi.
Oddiy sanoat maqsadida chatishtirishda biryo‘la uch guruh hayvonlar: ona
mollar zoti bilan, erkak hayvonlar zoti bilan va ikki zotni chatishtirish natijasida
olingan 1-avlod duragaylari bilan ish olib boriladi (46-rasm).
Dostları ilə paylaş: