Ikkizotli galma-gal chatishtirishda
ikkita zotdan foydalaniladi (47-rasm).
Bunda chatishtirish uchun tanlab olinayotgan zotlar bir-biridan yaqqol farq qilishi,
va eng muhimi, ular tanlanayotgan seleksiya belgilari bo‘yicha o‘zaro mos kelishi
kerak. Ushbu variantdagi galma-gal chatishtirishning asosiy afzallik tomoni, uning
94
boshqa
variantlarga
nisbatan soddaligi bo‘lsa, asosiy kamchiligi -
chatishtirilayotgan hayvonlarda irsiy bioxilma-xilligining etarlicha emasligidir.
47- rasm. Galma-gal chatishtirish sxemasi
Uchzotli galma-gal chatishtirish
usulida uchta zotga mansub bo‘lgan erkak
hayvonlardan foydalaniladi. Bunda erkak va urg‘ochi hayvonlar to‘g‘ri
juftlashtirilgan bo‘lsa, ularning avlodlarida geterozislik hodisasi yaxshi namoyon
bo‘lishiga erishish mumkin. Shunga ko‘ra uchzotli galma-gal chatishtirishning,
ikkizotli galma-gal chatishtirishga nisbatan afzallik tomoni bor. Lekin uni qo‘llash
ancha murakkabligi sababli amaliyotda unchalik ko‘p qo‘llanilmaydi.
To’rtzotli galma-gal chatishtirish
variantlarini
ham
chorvachilik
seleksiyasida qo‘llab, yuqori biologik samaradorlikka erishish mumkin. Lekin u
juda murakkabligi sababli chorvachilik amaliyotida qo‘llanilmaydi.
Galma-gal chatishtirishni yangi zot yaratishning bir usuli sifatida qabul qilish
mumkinligi to‘g‘risida adabiyot ma‘lumotlarida ko‘rsatib o‘tilgan. Masalan, bir
vaqtlar Fransiyada mazkur usul bilan otlarning anglo-normand zoti yaratilgan.
Lekin bu yo‘l bilan yangi zot yaratish uzoq muddatga cho‘zilib, odatda, birdaniga
yangi zot yaratilmasdan, faqatgina yangi zot yaratish uchun dastlabki materiallar
olish mumkin.
|