O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

Ikkinchi bosqich,
asosiy zotga mansub bo‘lgan ona mollarni, bir necha 
bo‘g‘in davomida qayta chatishtirish orqali duragay avlodlar olish bilan 
xarakterlanadi. Asosiy zotga mansub hayvonlarni ham, iloji boricha, ―qon 
quyilayotgan‖ seleksiya belgilarining yaxshi yuzaga chiqqan vakillaridan saralab 
olinadi. Birinchi navbatda, har bir bo‘g‘inda, qon quyish natijasida irsiyatida 
maqsadga muvofiq yangi belgilar yaqqol ko‘zga tashlangan duragay vakillari nasl 
uchun qoldirib boriladi. 
Uchinchi (yakunlovchi) bosqichda
asosiy zot vakillariga mos bo‘lgan va qon 
quyish natijasida kerak bo‘lgan belgi va xossalarni o‘zida mujassamlashtirgan 
duragay avlodlarni (7/8, 15/16 qon ulushiga ega bo‘lgan) ―o‘z-o‘ziga‖ urchitishga 
o‘tiladi. Qon quyish usulida chatishtirish uchun tanlab olingan zotlar qanchalik bir-
biriga o‘xshash bo‘lsa, ―qon quyish‖ni yakunlash uchun, shunchalik kam avlod 
(bo‘g‘in) talab qilinadi. 
Qon singdirish yoki zotni o‘zgartirish maqsadida chatishtirish
Bu usulda mollar zotini tubdan o‘zgartirish maqsadida boshqa zotlardan 
foydalaniladi. Masalan, jaydari urg‘ochi mollar sermahsul zotning erkak vakillari 
bilan qochiriladi. Ba‘zan yangi zot yaratish uchun ham shu usuldan foydalanish 
mumkin. Chatishtirishdan vujudga kelgan 
birinchi bo‟g‟in 
(1/2 qon qo‘shilgan 
avlod) duragaylarining erkaklari go‘shtga topshiriladi, urg‘ochilari esa yana 
yaxshilovchi zot bilan chatishtirilib
ikkinchi avlod 
olinadi va ularning qonida 
yaxshilovchi zot qoni 3/4 hissani tashkil etadi. So‘ng shu usulda 
uchinchi avlod 
olinadi
 
va uning qonida 7/8 hissa yaxshilovchi zot qoni bo‘ladi. 
To‟rtinchi avlodda 


97 
15/16 qon qo‘shilgan erkak va urg‘ochilari bo‘lsa, 
beshinchi avlodda 
u 31/32 ni 
tashkil etadi. Bu usul chorvachilikda keng qo‘llaniladi. 
Qon singdirish usulida chatishtirishning afzallik tomonlari shundan iboratki, 
podaning zot tarkibini o‘zgartirish jarayoni birmuncha tezlashadi va xo‘jalik 
uchun nisbatan arzonga tushadi. Shu bilan birga, mazkur chatishtirish usuli yangi 
zot yaratishda foydalanishning ham eng sodda va ta‘sirchan vositasidir. 
Qon singdirish usulida chatishtirish yo‘li bilan yaxshilanuvchi poda zotini 
yaxshilovchi podaga o‘zgartirish uchun odatda besh avlod almashinishi kerak 
bo‘ladi (49-rasm). Cho‘chqalar kabi tez etiluvchan hayvonlarda bunga 6-7 yil 
ichida erishish mumkin. Qoramollar uchun esa ( bir avlodda 20 % dan poda safi 
almashtirib borilganda) – o‘rtacha 22 yil talab qilinadi. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin