O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

Yangi zotlarni yaratish sxemasi.
 
Yangi zot yaratish maqsadida 
chatishtirishga kirishishdan oldin, uning sxemasi ishlab chiqiladi. Bunga misol 
tariqasida M.F.Ivanovning ukraina dasht oq cho‘chqa zotini yaratish bo‘yicha 
ishlab chiqilgan sxemani ko‘rib chiqish mumkin (1-jadval). 
1-jadval
 
Ukraina dasht oq cho‘chqa zotini yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan 
urchitish sxemasi 
Bo‘g‘inlarining 
tartib soni 
Onasi 
Otasi 
Dastlabki zotlar Mahalliy cho‘chqa zoti 
Kerzon 379 (yirik oq cho‘chqa 
zoti) 

Xolavachchalar 
Bar-Non (yirik oq cho‘chqa zoti) 
II 
Xolavachchalar 
Askaniya 
1-46 
(amaki 
va 
xolavachcha) 
III 
№ 46-to‘ng‘izning qizlari Askaniya 
1-46 
(urg‘ochi 
cho‘chqalarning otasi) 
IV 
№ 46-to‘ng‘izning qizlari 
va nevaralari 
Askaniya 
1-46 
(urg‘ochi 
cho‘chqalarning otasi va bobosi) 

№ 46-to‘ng‘izning qizlari 
va chevaralari 
№ 46-to‘ng‘izning bolalari va 
chevaralari 
 
Bunday sxemada eng yaxshi hayvonlarning vujudga kelishi, ular qanchani 
tashkil etishi va boshqa tengdoshlariga nisbatan qay darajada o‘zib ketishi, qaysi 
jinsga mansubligi, qay biri kelgusi avlodlarda o‘ziga o‘xshagan sermahsul avlod 
berish qobiliyatiga egaligi kabi fikr va mulohazalarni sxema tuzish vaqtida, albatta, 
aniq ko‘rsatib bo‘lmaydi. Lekin sxemada ushbu ko‘rsatkichlarni hisobga olish, 
yangi zot yaratish maqsadida chatishtirish usulining samaradorligiga katta ta‘sir 
ko‘rsatishi mumkin. 


103 
Ishni bajarish sharoiti.
Chatishtirish natijasida olingan duragay avlodlar, 
aksariyat holatlarda, mahalliy zotdagi hayvonlarga nisbatan yashash sharoitiga 
ancha talabchan bo‘ladi. Shuning uchun olingan duragay avlodlarda haqiqiy 
xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan belgilari va ular bo‘yicha tanlash ishlarini olib 
borish uchun, yashash sharoitini yaxshilash zarur bo‘ladi. Bunday chatishtirish 
usuli odatda, oziqa va saqlash sharoitlari yaxshi bo‘lgan naslchilik zavodlarida olib 
boriladi. Masalan, Kostroma zotiga mansub qoramollar ―Karavaevo‖ naslchilik 
zavodida, askaniya mayin junli qo‘y zoti mashhur Askaniya-Nova, kavkaz mayin 
junli qo‘y zoti ―Bolshevik‖ naslchilik zavodlarida yaratilgan. 
Agar xo‘jalik katta va naslchilik toifasiga ega bo‘lsa, bitta xo‘jalik 
miqyosida ham yangi zot yaratishni boshlash mumkin. Lekin yaratilgan ko‘pchilik 
hayvon zotlari bir nechta xo‘jaliklarni qamrab olgan. Buning bir qancha afzalliklari 
bor, chunki ishni bajarish sur‘ati tezlashib, ish hajmi ortadi, har xil tabiiy-iqlim 
sharoitida ish olib borilishi natijasida, ushbu sharoitlarga moslashish qobiliyati 
bo‘yicha tanlash ishlarini olib borishga erishiladi. 
Yangi zot yaratish maqsadida chatishtirish usulining birinchi bosqichi – 
eksperiment o‘tkazishdir. Bu bosqichda, ma‘lum darajada tavakalchilikka ham yo‘l 
qo‘yiladi. Shuningdek, ayrim xatoliklarga ham yo‘l qo‘yish ehtimoli yo‘q emas, 
ko‘pgina befoyda va yaroqsiz avlodlar olish mumkin va buning uchun qo‘shimcha 
xarajatlar talab qilinadi (chetdan, ayrim holatlarda boshqa davlatlardan yangi zot 
uchun nasldor erkak va urg‘ochi mollar sotib olib kelish talab etiladi va h.k.) va bu 
xarajatlar tezda o‘zini qoplamaydi. Shuning uchun yangi zot yaratish bo‘yicha olib 
boriladigan ishning dastlabki bosqichida katta hajmdagi ishlarni olib borish 
maqsadga muvofiq emas. Avval kichik guruhlarda chatishtirish ishlarini olib borib, 
qabul qilingan ish yo‘nalishi ma‘lum bir natija bersa va keyingi chatishtirish 
ishlarini olib borish foydali ekanligiga ishonch hosil qilgandan keyingina, katta 
hajmdagi chatishtirish ishlarini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin