O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T


Yangi zot yaratish maqsadida chatishtirish bosqichlari



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

 
Yangi zot yaratish maqsadida chatishtirish bosqichlari. 
 
Yangi zot yaratish maqsadida chatishtirish usuli o‘zining oldiga qo‘yilgan 
maqsad va vazifalariga ko‘ra uchta asosiy bosqichga bo‘linadi. 
Birninchi bosqichda (qayta yaratilish bosqichi)
har xil juda murakkab 
chatishtirish variantlarini qo‘llash orqali bir nechta tizimlarda unchalik ko‘p 
bo‘lmasada, maqsadga muvofiq tipga xos bo‘lgan duragay avlodlar olish vazifasi 
qo‘yiladi. 
Ikkinchi bosqich (mustahkamlash bosqichi)da
 
maqsadga muvofiq tipdagi va 
mustahkam nasldan naslga beruvchi irsiy belgilarga ega bo‘lgan alohida duragay 
avlodlar guruhlari yaratish vazifasi qo‘yiladi. 
Uchinchi bosqich (ishni yakunlash bosqichi)da
alohida ajralib chiqgan 
duragay guruhlarni o‘zaro chatishtirish (sintezlash) asosida bir butun zot guruhiga
aylantiriladi, keyinchalik esa zot guruhidan zotga, chatishtirishdan sof zotli 
urchitishga o‘tiladi. Bu bosqichda yangi zotning bosh sonini ko‘paytirish, ularning 
sifatini yaxshilash va irsiyatini mustahkamlash vazifasi qo‘yiladi. 
Yangi zot yaratish maqsadida chatishtirishning birinchi bosqichida saralash 
ishlarini olib borish.
 
Yangi, maqsadga muvofiq tipdagi duragay avlodlar yaratish 
uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur: 
1)
Dastlabki zotga xos bo‘lgan belgilarni o‘zgartirish va duragay 
avlodlarning biologik xilma-xilligini kengaytirish kerak; 
2)
Yangi zotga xos bo‘lgan maqsadga muvofiq tipni yaratish uchun 
dastlabki zotning qimmatli irsiy belgilari bilan yangi yaratilayotgan zotning irsiy 
belgilarni eng maqbul variantda mujassamlashtirilishiga erishish;
 


106 
3)
Duragay avlodlardagi maqsadga muvofiq belgilarning, tasodifan yuzaga 
chiqib qolgan, noma‘qul belgilarga nisbatan ustunligiga erishish; 
4)
Qimmatbaho irsiy belgilarga ega bo‘lgan duragay avlodlarni ajratib olish 
va ulardan samarali foydalanish. 
Yuqorida ko‘rsatilgan masalalarni hal etish uchun, duragay hayvonlarga 
yaxshi oziqa va saqlash sharoitlarini yaratish zarur, seleksiya uchun noma‘qul 
bo‘lgan vakillarni poda safidan chiqarib, go‘shtga topshiriladi, qolganlarining har 
biri diqqat bilan o‘rganilib, ular uchun mos keladigan chatishtirish sxemasi 
qo‘llaniladi. 
Yangi zot yaratish maqsadida chatishtirishning dastlabki bosqichida birinchi 
avlod duragaylari olingandan so‘ng, quyidagi ikki xil urchitish variantlarining biri 
qo‘llaniladi: 1) duragay avlodlarda yuzaga chiqqan dastlabki zotga xos qimmatli 
belgilarni kuchaytirish va keyingi avlodlarida saqlab qolish maqsadida, olingan 
duragaylarni ―o‘z-o‘ziga‖ urchitish va 2) yaxshilovchi zotga mansub bo‘lgan eng 
yaxshi erkak vakillari bilan qayta chatishtirish usuli qo‘llaniladi.
Birinchi avlod duragaylarini ―o‘z-o‘ziga‖ urchitish natijasida olingan 
duragay avlodlarda juda kam miqdorda bo‘lsa ham, maqsadga muvofiq tipdagi 
hayvonlar uchrab turadi. Ular orasidan maqbul tipdagi avlodlarni sinchkovlik 
bilan tanlab olinsa, seleksiyachi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishish uchun 
qayta chatishtirish ancha foydali hisoblanadi. Bunday chatishtirish variantlari 
ko‘pincha bir xil tipga mansub bo‘lgan dastlabki zot vakillarini chatishtirishda 
foydalaniladi, masalan yo‘rtoqi ot zotlarini yo‘rtoqilar bilan, mayin junli qo‘ylarrni
mayin junlilar bilan va h.k.
Aksariyat hollarda, birninchi bo‘g‘in duragaylarini dastlabki zot vakillari 
bilan qayta chatishtirish natijasida maqbul tipdagi duragay avlodlar olish mumkin. 
Shu yo‘l bilan duragay avlodlarda qayta chatishtirishda ishtirok etgan dastlabki zot 
vakillarining irsiy xususiyatlarini mustahkamlashga erishiladi. Masalan, rus 
yo‘rtoqi ot zotiga mansub, mashhur Gildeyts laqabli ayg‘irning qonida amerika 
yo‘rtoqi ot zotining qon ulushi ¾ ni tashkil etsa, orlov yo‘rtoqi zotiniki – ¼ 
bo‘lgan. M.F.Ivanov tomonidan yaratilgan ukraina dasht oq cho‘chqa zotining 


107 
tizimlarida (Askaniya 46, Zadorniy 975 va b.) 3/4 qon ulushi yirik oq cho‘chqa 
zotiniki va 
¼
mahalliy ukraina cho‘chqasiniki bo‘lgan. 
Yangi zot yaratish maqsadida chatishtirish usulining birinchi bosqichida 
yaqin qarindoshli urchitishni qo‘llash, seleksiyachi oldiga qo‘ygan maqsadga 
erishishga yordam berish o‘rniga, aksincha xalaqit berishi mumkin. Shularni 
e‘tiborga olgan holda, seleksiyachi mutaxassis-olimlar A.G.Orlov, V.I.Shishkin va 
M.F.Ivanov yangi zot yaratish maqsadida chatishtirish usulining birinchi 
bosqichida yaqin qarindoshli urchitish usulini juda kamdan-kam hollarda 
qo‘llagan, va bunda ham unchalik yaxshi natijalarga erisha olmagan.

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin