O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T


Duragaylash to’g’risida umumiy tushuncha. Duragaylashning xo’jalik va



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

Duragaylash to’g’risida umumiy tushuncha. Duragaylashning xo’jalik va 
biologik ahamiyati.
 
Biror zot yoki sermahsul gibrid olish maqsadida ikki turga 
mansub hayvonlarni bir-biri bilan chatishtirish 
gibridlash 
deyiladi. Ayrim hollarda 
gibridlar qisman yoki mutlaqo nasl bermaydigan bo‘ladi. Mutlaqo nasl 
bermaydigan duragaylarning jinsiy xromosomalarida yuz beradigan bo‘linish 
jarayonida o‘xshashlik va tenglik xususiyati bo‘lmagani uchun qiz hujayralarda 
chalkashliklar sodir bo‘ladi va hayotchanligi past yoki umuman bo‘lmagan jinsiy 
hujayralar vujudga keladi. 
Qisman bepustlikka, ko‘proq ayrim jins vakilllarida, asosan erkak 
hayvonlarida spermatogenez jarayonini gormonal boshqarishning bir me‘yorda 
bormasligi sabab bo‘ladi. Garchand xromosomalarning normal bo‘linishi 
kuzatilsada, ularning etilish jarayonida spermatogenez buziladi va spermatozoidlar 
etilmay qoladi. 
Gibridlash ko‘proq qoramolchilikda ijobiy natija beradi. Ma‘lumotlarga 
ko‘ra, sigirlar zebu buqalari bilan qochirilgan va nasl beruvchi gibridlar olingan. 
Qo‘tosni sigirlar bilan chatishtirishdan olingan gibridlarning faqat urg‘ochilari nasl 
berishi aniqlangan. Ot bilan eshak chatishtirilib, mutlaqo nasl bermaydigan xachir 
olinadi. Shuningdek, arxar yovvoyi qo‘chqorlari bilan merinos va qorako‘l qo‘ylari 
qochirilgan, pirovardida nasl berish xususiyatiga ega bo‘lgan gibridlar olingan. 
Umuman, gibridlash ishlari chorvachilikda kam qo‘llaniladi. Lekin 
sermahsul, chidamli va hayotchan gibridlar etishtirishda bu usul ma‘lum darajada 
ahamiyatga ega. Ayniqsa hali fanda noaniq bo‘lgan ayrim ilmiy jumboqlarni hal 
etishda bu usul hayvonot dunyosida salmoqli o‘rin egallaydi. 
Chorvachilik amaliyotida turlararo chatishtirish natijasida ko‘plab duragay 
hayvon zotlari olinganligi to‘g‘risida ma‘lumotlar bor. Jumladan, M.F.Ivanov 
tomonidan qo‘ylarning yovvoyi ajdodi – muflon bilan mayin junli askaniya 
rambulesi zotini chatishtirish natijasida tog‘ merinosi nomli yangi mayin junli qo‘y 
zoti yaratildi. Ushbu zotga mansub hayvonlar yovvoyi qo‘chqor – muflondan tog‘ 
tizmalarida tez harakatlanish, uzoq masofalarni bosib o‘ta olish, baland tog‘larda 


111 
yashay olish va uerdagi tog‘ yaylovlarida o‘tlay olish kabi irsiy belgilarni nasldan 
ogan bo‘lsa, rambule zotidan, mayin junli qo‘ylarga xos bo‘lgan junning qimmatli 
texnologik sifat ko‘rsatkichlari (tolaning cho‘ziluvchanlik, jingalaklik, ingichkalik, 
teryog‘lilik va b.) naslga o‘tgan. 
Qozoqiston Respublikasi hududida xuddi shunday turlararo chatishtirish 
usuli bilan mayin junli arxaromerinos qo‘y zoti yaratilgan. Bu zotni yaratishda 
yovvoyi tog‘ qo‘chqori – arxar va mayin junli prekos qo‘y zotidan foydalangan 
(51-rasm). 
Go‘shtbop qoramolchilikda har xil zotlarni bir-biri bilan chatishtirilishi 
natijasida olingan I avlod duragaylari ota-onalariga nisbatan tirik vazni va go‘sht 
sifati bo‘yicha ustunlik qiladi. Masalan, simmental zotli buqachalar 12 oyligida 
267 kg, aberdin-angus zotli buqachalar esa 270 kg vaznga ega bo‘ladi. Shu ikki 
zotni o‘zaro chatishtirilishi natijasida olingan duragay (aberdin-angus x simmental) 
buqachalarning tirik vazni esa 12 oyligida 300,5 kg ga etganligi aniqlandi. 
Sut yo‘nalishidagi qoramolchilikda duragay avlodlarda geterozislik 
holatining yuzaga chiqishi ko‘pincha laktatsiya davomida sutdan olinadigan yog‘ 
51-rasm. Duragaylash usuli 
bilan yaratilgan arxaromeri- 
nos qo‘y zoti
 


112 
miqdorining ko‘payishida ko‘zga tashlanadi. Xususan, bunday geterozislik 
holatlari sut yo‘nalishidagi har xil zotlarni jersey zotli buqalar bilan chatishtirilishi 
natijasida olingan. 
Sanoat asosida go‘sht ishlab chiqarish texnologiyasiga mos keladigan
genetik salohiyati yuqori bo‘lgan cho‘chqa zotlarini yaratish maqsadida ilmiy 
tadqiqot institutlari tomonidan har xil cho‘chqa zotlarini, ularning yovvoyi 
ajdodlari bilan chatishtirish ishlari cho‘chqachilik seleksiyasida keng ko‘lamda 
olib borilmoqda. Hozirgi vaqtda cho‘chqachilikda zotlararo chatishtirish natijasida 
olinadigan duragay avlodlarning 104 tadan ortiq variantlari qo‘llanilmoqda va 
ularning aksariyatida geterozis samaradorligi qayd etilgan. Bunday samaradorlik 
asosan nasl berish qobiliyatining oshishida, naslining hayotchanligida va go‘sht 
sifatining yaxshilanishida namoyon bo‘ladi. Masalan, M.A.Selex tomonidan olib 
borilgan tajriba natijalariga ko‘ra, yirik oq zotli urg‘ochi cho‘chqalarni berkshir 
zotli erkak cho‘chqalar bilan chatishtirish natijasida olingan I bo‘g‘in 
duragaylarida har bir kilogramm tirik vazni uchun 0,5 – 1 oziqa birligi kam 
sarflangan. Xuddi shunday natijalar K.A.Kro‘lov tomonidan yirik oq cho‘chqa 
zotini breytov zoti bilan chatishtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajribada ham olingan. 
Geterozislik effektining yuzaga chiqishi bo‘yicha parandachilikda juda ko‘p 
ma‘lumotlar to‘plangan. Parandalarda xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan 
belgilarning muvofiqlik xususiyatiga ko‘ra olingan avlodlarini, ular bir zotdan, 
yoki boshqa-boshqa zotlardan kelib chiqishidan qat‘iy nazar, duragay (gibrid) 
deyiladi. 
Geterozislik samarasining yuzaga chiqish holatlari to‘rt tizimli duragay 
avlodlarda yaxshi natijalar beradi. Bunday to‘rttizimli duragaylar olish uchun avval 
otalik tizimlarini o‘zaro chatishtirish natijasida xo‘rozlar, ikkita onalik tizimlarni 
chatishtirish natijasida makiyonlar olinib, ular o‘zaro chatishtiriladi va to‘rttizimli 
duragay tovuqlar olinadi. Shu yo‘l bilan yaratilgan tizimlararo duragaylar, oddiy 
sof zotli urchitishga nisbatan 25-30 % serpusht bo‘ladi. Bularga ―Gibro-4‖, 
―Starbro-15‖ va hozirgi kunda kichik fermer xo‘jaliklarida ishtiyoq bilan 
boqilayotgan tuxum yo‘nalishidagi ―Sheyver‖, tuxum-go‘sht yo‘nalishidagi 


113 
―Loman Braun‖, go‘sht yo‘nalishidagi ―kobb 500‖, ―ross 308‖ va boshqa kross 
tizimlarni ko‘rsatish mumkin.

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin