O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T


Geterozis va uni hayvonlar seleksiyasida qo’llash. Sermahsul zot yaratishda



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

Geterozis va uni hayvonlar seleksiyasida qo’llash. Sermahsul zot yaratishda 
duragaylashning tutgan o’rni.
 
Geterozis samaradorligidan hayvonlar seleksiyasida 
juda keng foydalaniladi. Hayvonlarni urchitish tajribalari shuni ko‘rsatadiki, 
geterozis samaradorligi barcha hayvonlarni chatishtirilganda ham yuzaga 
chiqavermaydi. Shu bilan birga, geterozisning samaroadorlik darajasi ham doimo bir 
xil bo‘lmaydi. 
Hayvonlar 
seleksiyasida 
geterozisdan 
hayvonlarning 
yashovchanlik 
qobiliyatini oshirishda, o‘sish sur‘atini jadallashtirishda, hayvonlarning nasl berish 
qobiliyatini oshirishda, konstitutsiyasini mustahkamlashda, har xil kasalliklarga 
bardoshliligini va chidamliligini oshirishda foydalaniladi. 
Chorvachilik amaliyotida quyidagi beshta shakldagi geterozislik holatining 
yuzaga chiqishi qo‘llaniladi: 
1.
Turlararo yoki zotlararo chatishtirish natijasida olingan birinchi avlod 
duragaylari tirik vazni va yashovchanlik qobiliyatiga ko‘ra ota-onasidan o‘zib ketadi. 
2.
Birinchi 
avlod duragaylari 
konstitutsiyaviy 
tuzilishi 
jihatidan 
mustahkamligi, yashovchanlik va jismoniy ish qobiliyati bo‘yicha ota-onasidan 
ustunlik qilish bilan birga, ular to‘liq bepusht yoki qisman nasl berish qobiliyati 
saqlanib qoladi. 
3.
Birinchi avlod duragaylari tirik vazni bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichga 
ega bo‘lsada, egizaklik va bolalarining yashovchanlik qobiliyatiga ko‘ra ota-
onasining ko‘rsatkichidan sezilarli darajada ustunlik qiladi. 
4.
Zot yoki poda guruhidagi umumiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘rtacha 
bo‘lsada, tanlash olib boriladigan asosiy seleksiya belgisi bo‘yicha geterozislik 
samaradorligi yuqori bo‘ladi. 
5.
Turlararo yoki zotlararo chatishtirish natijasida olingan duragaylar 
mahsuldorlik ko‘rsatkichi bo‘yicha ota-ona zotiga tegishli bo‘lgan eng yaxshi 
ko‘rsatkichlardan o‘zib ketmasada, lekin ota va onasining o‘rtacha mahsuldorligiga 
nisbatan ancha yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ladi. 


114 
Chorvachilik amaliyotida geterozisli hayvonlar olishning har xil usullari ishlab 
chiqilgan. Bularga: turlararo chatishtirish, zotlararo chatishtirish, geterogen juftlash 
asosida bitta zot ichra urchitish, tizimlararo kross (chatishtirish), maxsus inbred 
tizimlar yaratish maqsadida krosslash, har xil sharoitda o‘stirilgan hayvonlarni o‘zaro 
urchitish natijasida geterozis hayvonlar olish kiradi. 
Turlararo chatishtirish natijasida geterozis hayvonlar olinishini odamlar 
qadimdan bilishgan. Aynan shu usul bilan, ya‘ni erkak (hangi) eshaklarni urg‘ochi ot 
(biya) bilan chatishtirish orqali duragay hayvon – 
xachir
 
olingan. Xachirlar uzoq umr 
ko‘rishi, ishchanligi (har bir kilogramm tirik vazniga nisbatan yuk ko‘tara olishi) va 
har xil kasalliklarga chidamlilik qobiliyati jihatidan ot va eshaklardan ustunlik qiladi. 
Lekin tirik vazni bo‘yicha ot va eshak oralig‘ida joylashgan bo‘lib, nasldorlik 
ko‘rsatkichi bo‘yicha xachirlar to‘liq bepushtdir. 
Ikki o‘rkachli tuyalarni (baktrian) bir o‘rkachli (dramoder) tuyalari bilan 
chatishtirilishi natijasida ham duragay avlodlar olinib, ularni nortuyalar deyiladi. 
Nortuyalar xachirlardan farqli o‘laroq ota-onalariga nisbatan yuqori vaznga ega. Shu 
bilan birga, ularning yuk ko‘tarishi ham yuqori bo‘lib, nasl berish qobiliyati duragay 
avlodlarda saqlanib qoladi. 
Chorvachilik amaliyotida turlararo chatishtirish natijasida yana ko‘plab 
hayvonlar olinganligi to‘g‘risida ma‘lumotlar bor. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin