O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

 
 


79 
Hayvonlarni mahsuldorligi bo‘yicha baholash va tanlash 
 
Mahsuldorlik ko‘rsatkichlari qishloq xo‘jalik hayvonlarining xo‘jalik 
ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy belgilari hisoblanadi. Hayvonlarni mahsuldorligi 
bo‘yicha tanlash va baholashda ularning sifati va miqdoriga hamda oziqa sarflash 
ko‘rsatkichlariga e‘tibor beriladi. Har xil turdagi hayvonlarni mahsuldorligi bo‘yicha 
tanlashning o‘ziga xos xususiyatlari bor. 
Sigirlarni sut mahsuldorligi bo’yicha baholash va tanlash. 
Sigirlarтштп sut 
mahsuldorligini baholashda, asosiy o‘lchov sifatida 305 kunda sog‘ib olingan sut 
miqdori olinadi. Sigirlarning barcha laktatsiya bo‘yicha o‘rtacha sut mahsuldorligi
uning eng yaxshi sut sog‘ib olingan laktatsiya ko‘rsatkichi bilan korrelyativ 
bog‘lanishi eng yuqori darajada ekanligi kuzatiladi. Shuning uchun ham sigirlarni sut 
mahsuldorligi bo‘yicha baholash va tanlashda asosiy e‘tibor eng ko‘p sut bergan 
davriga qaratiladi.
Sigirlarni sut mahsuldorligi bo‘yicha baholashda miqdoriy ko‘rsatkichlari 
bilan birgalikda sifatiga ham e‘tibor beriladi. Hozirgi kunda sut mahsuldorligining 
sifatini baholashda sut tarkibidagi yog‘ va oqsil miqdori aniqlanadi. 
Qoramollarni go’sht mahsuldorligi bo’yicha baholash.
Go‘sht mahsuldorligi 
bo‘yicha hayvonlar tiriklik davrida va so‘yilgandan keyin baholanadi. Tiriklik 
vaqtida har xil yoshdagi tirik vaznini o‘lchab ko‘rish asosida o‘sish jadalligi 
baholanadi. Sutkasiga o‘rta hisobda 1-1,5 kg gacha o‘sadigan va har 1 kg o‘sishi 
uchun 6-7 oziqa birligi sarflaydigan hayvonlarga yuqori baho beriladi. 
So‘yilgandan keyin go‘sht mahsuldorligiga baho berish yakuniy va asosiysi 
hisoblanadi. Bunda so‘yilgandagi vazni, so‘yim chiqimi, go‘sht nimtasidagi yog‘ va 
muskul to‘qimalari nisbati, muskul to‘qimalarining gistologik tuzilishi, go‘shtning 
kaloriyaligi va mazasi asosiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin