O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T


Har xil turdagi hayvonlarni tanlash va baholashning o‘ziga xos



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

Har xil turdagi hayvonlarni tanlash va baholashning o‘ziga xos 
xususiyatlari

Har xil turdagi hayvonlarni jinsiy etilishiga va boshqa biologik xususiyatlariga 
ko‘ra taqqoslanganda, eng kech balog‘atga etuvchi hayvonlar turiga 
tuyalar
mansub 
ekanligi aniqlandi (2-3 yoshda). Ularni birinchi marta 3,5-4 yoshda urchitiladi
tuyalarning homiladorlik davri 390 kunni tashkil etadi. 
Otlar 
1,5 yoshida jinsiy balog‘atga etiladi, 3-4 yoshida esa birinchi marta 
urchitishga qo‘yiladi, homiladorlik davri 340 (320 – 419 kungacha) kunni tashkil 
qiladi. 
Otlarni tanlash va baholashda ularni ishchanligi, chopqirligi, bardoshliligi 
bo‘yicha 2,5 – 3 yoshligida baholanadi. Otlar kech etiluvchan hayvonlar hisoblanadi. 
Bitta ayg‘irni to‘liq baholash uchun (nasldorlik sifati bo‘yicha) kamida 6-7 yil kerak 
bo‘ladi. 
Kech etiluvchan va kam nasl beruvchi hayvonlar qatoriga 
qoramollar
ni ham 
kiritish mumkin. Urg‘ochi tanalarni birinchi marta 16-20 oyligida urchitiladi. 
Ularning homiladorlik davri 285 kunni tashkil etadi. Odatda sigirlar bittadan buzoq 
tug‘adi, egizaklari juda kam (3-4 %). Sut va sut-go‘sht yo‘nalishidagi sigirlar birinchi 
sut berish davri tugagandan so‘ng baholanadi. Naslli buqalarni esa avlodining sifatiga 
ko‘ra to‘liq baholash uchun kamida 5 yil kerak bo‘ladi. Bo‘rdoqiga boqilish va go‘sht 
mahsuldorligi bo‘yicha hayvonlar (erkagi va urg‘ochisi) 12-15 oyligida baholanadi. 
Shuning uchun go‘sht yo‘nalishidagi qoramollarni baholash muddati ancha qisqadir. 
Hayvonlarni tanlashda bonitirovka muhim ahamiyatga ega.
Bonitirovka
deb, chorva mollarini kompleks belgilari asosida ma‘lum 
maqsadda baholashga aytiladi. Unda baholanayotgan har bir hayvonning kelib 
chiqishi, ekster‘eri, konstitutsiyasi, vazni, mahsuldorligi e‘tiborga olinadi. 
Bonitirovka o‘tkazishda har bir hayvonning asosiy mahsuloti muhim 
ko‘rsatkich sifatida e‘tiborga olinadi. Masalan, sigirlarning sut mahsuldorligi, sutdagi 


73 
yog‘ miqdori, yilqilarning chopqirligi, og‘ir yuk torta olish xususiyati, qo‘ylarni 
mahsulot yo‘nalishiga ko‘ra jun mahsuldorligi va sifati, tovuqlarni serpushtligi va 
tuxumining og‘irligi kabi ko‘rsatkichlar bonitirovka o‘tkazuvchining diqqat 
markazida turadi. 
Bonitirovkani maxsus komissiya o‘tkazadi va ularning ma‘lumotlari 
vedomost-dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi. 
Hayvonlarni kelib chiqishiga ko‘ra baholashda, ularning zoti va zotdorligi 
hisobga olinadi, qaysi tizim va oilaga mansubligi aniqlanadi. 
Hayvonlarni ekster‘eriga ko‘ra baholashda, ularning tashqi qiyofasi hisobga 
olinadi. Unda katta yoshdagi hayvonlar 10 balli, yosh mollar 5 balli tizim asosida 
baholanadi. 
Vazniga ko‘ra baholashda mollar tarozida tortiladi va qaysi yo‘nalishga 
mansubligi, zoti ko‘rsatiladi. Keyin har bir yo‘nalish va zot talabiga ko‘ra baho 
beriladi. 
Sigirlarning sersutligi 305 kunlik laktatsiya davrida bergan sut miqdori
sutining yog‘ va oqsil miqdoriga ko‘ra baholanadi. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin