Hayvonlarni kompleks belgilariga ko‘ra baholash va tanlash. Hayvonlarni kompleks belgilariga ko‘ra baholashda quyidagilarga e‘tibor
qaratiladi: kelib chiqishi, ekster‘eri va konstitutsiyasi, mahsuldorlik sifati,
naslining sifati. Ushbu ko‘rsatkichlarning har biri bo‘yicha baholash jarayonida,
hayvon to‘g‘risida har tomonlama va batafsil ma‘lumotga ega bo‘lib, kelajakda
undan qanday foydalanish to‘g‘risida bir to‘xtamga kelinadi.
Hayvonlarni kelib chiqishiga ko’ra baholash va tanlashda hayvonlarning
nasllilik kartochkasi, nasllilik guvohnomasi, nasllilik kitobi va boshqa birlamchi
zootexnika va naslchilik hujjatlari asosiy material bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur
hujjatlarda hayvonlarning shajarasi keltirilgan bo‘lib, unda ajdodlarining laqabi,
individual nomeri, zoti, zotdorligi, mahsuldorlik ko‘rsatkichlari, tirik vazni va
nasldorlik sifati (klassi) ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Hayvonlar shajarasi bir necha xil shaklda ko‘rsatiladi.
1. Oddiy
shajara ko‟rinishidagi. Bu eng qulay shakldagi shajara bo‘lib,
jadval va to‘rsimon shakldagi qatorlarga bo‘lingan. Kamida 3-4 qator ajdodlari
ko‘rsatiladi. Agar batafsilroq tahlil qilish lozim bo‘lsa, ajdod qatorlarining soni
uzaytiriladi. To‘rlar qatori eng avvalo ona (chap tomonda) va ota (o‘ng tomonda)
qismlariga bo‘linadi. Birinchi qatorga ota-onasining ma‘lumotlari yoziladi, ikkinchi
qatorga ularning to‘rtta ajdodlari (ona va ota tomonidan momolari va bobolari);
uchinchi qatorda – 8 ta ajdodlari to‘rtta katta enasi va to‘rtta katta otalari); to‘rtinchi
qatorda – 16 ta ajdodlari (8 ta kattaonasining onasi va 8 ta kattaotasining otalari)
76
haqida ma‘lumotlar kiritiladi. Shajaradagi har bir ajdodining nomi qisqartirilgan
shaklda belgilanadi, ya‘ni: onasi –