O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T


Zotlarning shakllanishida ijtimoiy-iqtisodiy sharoitning roli



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

Zotlarning shakllanishida ijtimoiy-iqtisodiy sharoitning roli.
 
Tabiiy-
geografik iqlim sharoiti zotlarning shakllanishida muhim rol o‘ynasada, ular zot 
yaratilishida asosiy omil bo‘la olmaydi. Ma‘lumki, bir xil sharoitda Angliyada 
ko‘plab hayvon zotlari yaratilgan. Lekin, ularning hammasi ham yuqori 
mahsuldorlikka ega emas. Shu sababli zotlarning shakllanishi va yaratilishida 
ijtimoiy-iqtisodiy sharoit bosh omil bo‘lib xizmat qiladi. Angliyada kapitalizm 
tuzumining rivojlanishi, ko‘plab sanoat korxonalarining paydo bo‘lishi va tez 
rivojlanishi, yangi, tez etiluvchan, go‘shtdor va sersut hayvon zotlarining 
yaratilishiga olib keldi. Ushbu mamlakatda qisqa davr ichida shortgorn, gereford, 
aberdin-angus nomli qoramol zotlari, linkoln, gempshir, shropshir kabi qo‘y zotlari 
yaratildi. 
 
Zot klassifikatsiyasi va strukturasi. 
 
Chorvachilik amaliyotida hayvonlarni kelib chiqishi va mahsuldorligi 
bo‘yicha klassifikatsiyalash qabul qilingan. 
Zotlarni kelib chiqishiga ko’ra klassifikatsiyalash (guruhlash).
Hayvonlarni bunday guruhlash, ular bosh suyagining tuzilishiga asoslanagan. Yirik 
shoxli hayvonlar bosh suyagining tuzilishiga ko‘ra - kengpeshonali, kaltashoxli, 
kaltaboshli, to‘g‘rishoxli, shoxsiz va zebu kabi tiplarga bo‘linadi. Ot va 
cho‘chqalar ham bosh suyagining tuzilishiga ko‘ra klassifikatsiyalanadi, qo‘ylar 
esa bosh suyagining tuzilishiga emas, balki dum shakliga qarab quyidagi 
guruhlarga bo‘linadi: kaltadumli, uzundumli, semiz dumli va dumbali. 
Kelib chiqishiga ko‘ra bir nechta zotlarni o‘zaro qarindosh bo‘lgan bitta 
guruhga umumlashtirish mumkin. Masalan, bir-biriga qarindosh bo‘lgan zotlarga 
AQSh va Kanadaning golshtino-friz, Germaniya, Angliya, Fransiya, Belgiya va 
hamdo‘stlik davlatlaridagi qora-ola zotlarini kiritish mumkin. Shvits zotli 
qoramollar bilan chatishtirish natijasida qo‘ng‘ir karpati, kostroma, olatov, lebedin, 
kavkaz qo‘ng‘ir zotli qoramollar kelib chiqqan. 


48 
Zotlarni geografik tarqalishi bo‘yicha klassifikatsiyalash ham diqqatga 
sazavvordir. Shunga ko‘ra zotlar tog‘li, pasttekisli, cho‘l va o‘rmon, shimoliy va 
janubiy, subtropik va tropik klimatli zotlarga bo‘linadi. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin