44
IV BOB
ZOT VA ZOT YARATISH JARAYONI
Uy hayvonlari turlar bilan birga zotlarga ham bo‘linadi. Yovvoyi hayvonlar
orasida zotlar bo‘lmaydi. Zotlar – uy hayvonlari evolyutsiyasining asosiy
natijasidir.
Zot deganda ma‘lum bir belgilarga ega bo‘lgan va shu belgilarni keyingi
avlodlarga o‘tkaza olish xususiyatiga ega bo‘lgan hayvon guruhlari tushuniladi.
Zotning eng asosiy xususiyati – uning sifat jihatdan o‘ziga xosligidir, ya‘ni
fenotipi va genotipi jihatidan boshqa guruhlardan ajralib turadi.
Zot nafaqat qishloq xo‘jalik hayvonlari evolyutsiyasi natijasi, balki
chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning asosiy vositasi ham hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: