biotexnologik usullari ishlab chiqilmoqda. Bunga
gen muhandisligi usuli, ya‘ni
kerakli genni ko‘chirib o‘tkazish orqali organizmning yangi konstrkusiyasini yaratish
usuli ishlab chiqilmoqda. Hozirgi kunda, o‘sish gormoni – somatotropin, insulin
gormoni, leykositli interferon gormoni, miozin va boshqa gormonlarni klonlash
asosida sintez qilinmoqda. Ulardan esa hayvonlarning o‘sish va rivojlanishini
tezlashtirishda, turli xil kasalliklarga qarshi organizmning bardoshliligini oshirishda
foydalanilmoqda.
Gen muhandisligi usuli bilan bir qatorda,
xujayra va xromosoma muhandisligi usullari seleksiya jarayonini tezlashtirish va samaradorligini
oshirishda katta ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Hujayra muhandisligi
usuliga murtak va embrion transplantatsiyasini misol keltirish mumkin. Ushbu
usulning mohiyati shundan iboratki, yuqori mahsuldorlikka ega bo‘lgan
hayvonlarning embrioni ko‘chirib olinib, kam mahsuldorli hayvonlar bachadoniga
o‘tkaziladi. Ushbu usulning afzallik tomoni shundan iboratki, transplantant-
buzoqda donor sigir va buqaning barcha irsiy belgilari mujassamlangan bo‘lib,
retsipient sigir buzoqning irsiy belgilariga hech qanday ta‘sir ko‘rsata olmaydi.
SAVOLLAR: 1. O‟sish va rivojlanishning o‟zaro farqini izohlab bering?
41
2. Organizmning individual rivojlanish jarayoni qanday qonuniyatlar asosida boradi? 3. Uzluksiz rivojlanish deganda nimani tushunasiz? 4. Organizmning notekis rivojlanish qonuniyatini tushuntirib bering? 5. Navbatli rivojlanish qonuniyati qanday davrlarni o‟z ichiga oladi? 6. Korrelyatsiya va uning mohiyatini izohlab bering? 7. Organizmning moslanish jarayoni o‟sish va rivojlanishga qanday ta‟sir etadi? 8. Organizmning o‟sishi va rivojlanishga ta‟sir etuvchi omillarni aytib bering? 9. Embrionalizm va infantilizm to‟g‟risida tushuncha bering?