Korrelyatsiya. Organizmlarning o‘sish va rivojlanish jarayoni muayyan
qonuniyat asosida vujudga kelishi mumkin. Ma‘lumki, organizmdagi barcha
organlar o‘zaro chambarchas bog‘langan. Binobarin, biron organning shakli va
funksiyasi o‘zgarishi, so‘zsiz, boshqa organlarga ham o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi. Bu
organ va to‘qimalarning o‘zaro bog‘liklik qonuni, ya‘ni korrelyatsiya qonuniyati
asosida vujudga keladi.
Moslanish (adaptatsiya) natijasida hayvon organizmi o‘sish va rivojlanish
jadalligini tezlashtiradi yoki susaytiradi. Agar organizm kam oziq qabul qilishga
moslashgan bo‘lsa, unda avvalo yog‘, muskul va suyak to‘qimalari o‘sishdan
to‘xtaydi. Lekin nerv, yurak, ko‘rish, eshitish organlari rivojlanishda davom
etaveradi. Bu xususiyat organizmning genotipik xususiyatlariga bog‘liq holda
o‘zgarishi mumkin.
Embrionalizm va infantilizm. Organizmning to‘liq rivojlanishdan to‘xtab
qolishi yoki sust holda rivojlanishi uning embrionlik davrida yuz berishi mumkin,
unga
embrionalizm deyiladi yoki postembrional davrida vujudga kelishi mumkin,
unga
infantilizm deyiladi. Buning asosiy sabablari organizm etarli miqdorda oziq
moddalar bilan ta‘minlanmaganligi, kasal mollarni juda erta qochirish kabilardir.
O‘sish va rivojlanish Barcha turdagi chorva mollari va parandalardalarning o‘sishi va rivojlanishi
ota-onadan o‘tgan irsiy xususiyatlar va tashqi muhit ta‘siri asosida yuz beradi.
O’sish organizm hajmi va salmog‘ining ortib borishi, organlari ham bo‘yiga,
ham eniga kattalashib borishi hisoblanadi.
37
Rivojlanish organizmdagi sifat o‘zgarishlar hisoblanadi. Bu jarayon tuxum
hujayraning urug‘lanishidan boshlanib, hayvonlar qariguncha davom etadi.