O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T


Zotning doimiylik va o‘zgaruvchanligi



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

Zotning doimiylik va o‘zgaruvchanligi
zotning takomillashishi va 
rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. O‘zgaruvchanlik qobiliyati, zotda yangi 
belgi va xossalarning rivojlanishiga, ularni tanlab olish va kelgusi avlodlarda 
mustahkamlash uchun zamin yaratadi. 
Zotning shakllanishi va o‘zgaruvchanligiga sabab bo‘luvchi omillar 
Tabiiy-geografik sharoit va ularning zot shakllanishiga ta’siri.
Tabiiy–geografik sharoit (tuproq, ob-havo, o‘simlik dunyosi va h.k.) zotning 
shakllanishida katta rol o‘ynaydi. Masalan, simmental zotli qoramollarning 
shakllanishiga tog‘ sharoiti muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Baland tog‘lardagi 
yaylovlar, ulardagi boy o‘tloqzorlar mustahkam suyakli, yirik hayvonlar 
yaratilishiga sababchi bo‘ldi. Tashqi muhit haroratining keskin o‘zgarishi va 
yuqori namlik hayvon terisining mustahkam bo‘lishiga va hayvonlarning og‘ir 
sharoitga chidamliligini oshirdi. 
Shimoliy o‘lkalardagi sovuq ob-havo sharoiti, bu erda boqilayotgan mollar 
junining o‘sishiga ta‘sir ko‘rsatdi. Tropik iqlim sharoitida issiqqa chidamli va uzoq 
vaqt suvsizlikka bardosh bera oladigan zotlargina yashaydi va mahsulot bera oladi. 


46 
Piroplazmoz kasalligini qo‘zg‘atuvchi kanalar keng tarqalgan zonalarda, shu 
kasallikka chalinmaydigan hayvon zotlarigina ko‘paya olishi mumkin. 
Zotlarni 
iqlimlashtirish 
(aklimatizatsiyalash).
 
Zotlarning 
yashash 
sharoitiga moslashishi (adaptatsiyalanishi), ularning nasl berishi, yashovchanligi, 
konstitutsiyasining mustahkamligi, mahsuldorlik darajasi bo‘yicha aniqlanadi. 
Zotlarning yangi sharoitga moslashish jarayoni akklimatizatsiya deyiladi, 
hayvonlar va tashqi muhit sharoiti o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganuvchi fan 
ekologiya deyiladi. 
Hayvon zotlari tashqi muhit sharoitiga moslashish darajasiga ko‘ra 3 
guruhga bo‘linadi: 
1.
Yangi sharoitga tez moslasha oladigan zotlar. Bularga Qozog‘iston 
sharoitiga yaxshi moslashgan, Ukrainadan keltirilgan qizil cho‘l zotini misol 
tariqasida ko‘rsatish mumkin. Mazkur zot Qozog‘iston sharoitiga yaxshi 
moslashib, ayrim sigirlari sut mahsuldorligi bo‘yicha asl vatani – Ukrainadagi 
ko‘rsatkichlardan ham o‘zib ketdi. 
2.
Yangi sharoitga dastlab yaxshi moslasha olmaydigan. Keyinchalik esa 
ularni sof holda urchitilganda bir necha avloddan keyin yangi sharoitga yaxshi 
moslashib ketadi. Shvetsariyadan simmental zotlarini Rossiyaga keltirilganda, 
avvaliga, ular yaxshi moslasha olmasdan ko‘p kasal bo‘lar edi, qisir qolib, nimjon 
va yashash qobiliyatiga ega bo‘lmagan nasl berar edi. Keyinchalik, asta –sekin 
ularning avlodlari Rossiya sharoitiga yaxshi moslashib, Shvetsariyadagiga nisbatan 
ancha yuqori bo‘lgan rekord ko‘rsatkichlarga ega bo‘la boshladi. 
3.
Yangi sharoitga umuman moslasha olmaydigan zotlar. Ular bir necha 
avlod davomida sof holda urchitilganda o‘z belgilarini yo‘qotishi yoki tamoman 
qirilib ketishi mumkin. Tajribalar natijasida issiq sharoitdagi hayvonlarni ob-
havosi sovuq sharoitga olib kelinsa, sovuqdan issiq sharoitga keltirilgan 
hayvonlarga nisbatan yaxshi moslashadi. 
Hayvonlarning oziqalarga bo‘lgan talab va ehtiyojlarini uzoq vaqt davomida 
ta‘minlay olmasa, ular oriqlab, ko‘taram holiga kelib qoladi, bunda ularning 
mahsuldorligi kamayibgina qolmasdan, tana tuzilishi va shakli ham buziladi. 


47 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin