35
boradi va qoramollarda 4—6 oyligidan 15—18 oyligigacha, qo‘ylarda 2 oyligidan
5—6 oyligigacha va cho‘chqalarda 4— 6 oyligida u maksimal darajaga etadi,
so‘ng asta-sekin pasayadi. Demak, hayvonlarning individual rivojlanishida to‘qima
va organlari bir xil tezlikda o‘smaydi: embrionlik davrida
organ va tana qismlari
sekinlik bilan o‘sib, tug‘ilgandan so‘ng tezlashadi.
Rivojlanish
barcha hayvonlar organizmida murtaklik davridan hayotining
oxirigacha davom etadi.
Lekin bunda
navbatlanish
xususiyati kuzatiladi. U ikki
davrdan: ya‘ni
embrional va postembrional
(tug‘ilgandan keyingi) davrdan iborat
bo‘ladi.
Shuningdek, har bir davr yana bir necha bosqichlardan tashkil topadi.
Masalan, L.M. Vinters embrionlik davrini uch bosqichga bo‘ladi: I
tuxumlik davri
—
ya‘ni tuxum hujayra urug‘langandan to segmentlanishigacha va bachadon
devoriga yopishib olgunicha bo‘lgan vaqt; II
murtaklik davri — tana
qismlari va
organlarining shakllanishigacha bo‘lgan davr; III
homila davri —
tana
qismlarining
o‘sish davri. I davr hayvon turiga ko‘ra 7 — 11 kun, II davr — qo‘ylarda 34
kun, qoramolda 45 kunligida vujudga keladi.
Professor G. A. Shmidt tomonidan ishlab chiqilgan klassifikatsiyaga ko‘ra
embrional rivojlanishni uchta, ya‘ni:
murtaklik, xomila oldi
va
homila davriga
bo‘linadi. Murtaklik davri — qoramollarda 34, qo‘ylarda 28, cho‘chqalarda 22 kun
davom etsa, homila oldi davri — qoramollarda 26, qo‘ylarda 18 va cho‘chqalarda
16 kun davom etadi. Homila davri esa barcha organ va tana qismlarining o‘sishi,
ovqat
hazm qilish, ayirish kabi organlarning shakllanishi va birlamchi vazifasini
bajarishi bilan xarakterlanadi.
Professor P. D. Pshenichniy hayvonlarning postembrional rivojalanishini besh
davrga, ya‘ni:
yangi tug‟ilgan davri, emiziklik, jinsiy balog‟atga etish davri, nasl
berish va qarish davri
ga bo‘ladi.
Hayvon bolalari tug‘ilgach,
birinchi davr —
yangi tug‘ilgan davri boshlanadi
va u 2 — 3 hafta davom etadi. Bu davr ancha mas‘uliyatli bo‘lib, tug‘ilgan hayvon
bolalari onasining og‘iz sutidan bahramand bo‘lishi va yaxshi parvarish qilinishi,
ularning tez o‘sishi va ulg‘ayishiga yordam beradi.
36
Ikkinchi davr
— emizikli davri hisoblanadi va u har xil hayvonlarda turlicha
bo‘ladi. Bu davrda ham yosh organizm uchun asosiy oziq - ona suti hisoblanadi va
asta-sekin ular o‘simlik oziqalari bilan oziqlanishga o‘rgatiladi.
Uchinchi davr
—
jinsiy balog‘atga etish davri,
to‟rtinchisi
— nasl berish davri va nihoyat
beshinchisi
qarish davri boshlanadi. Bunda organizm o‘sishdan to‘xtaydi,
moddalar
almashinuvi jarayoni susayadi.
Dostları ilə paylaş: