O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

Sug’oriladigan zona.
 
Bu zona viloyatlardagi paxta ekiladigan 
tumanlardan tashkil topgan. Bu zonada sut-go‘sht yo‘nalishidagi qoramolchilik 
rivojlantirilishi nazarda tutilib, qora-ola, qizil cho‘l, shvits, bushuev kabi zotlarni 
ko‘paytirish rejalashtirilgan. 


58 
Bu zonada qoramolchilikni jadal rivojlantirish uchun bir qancha tadbirlarni 
amalga oshirish talab etiladi. Masalan, mahalliy mollarni madaniy zotlar bilan 
chatishtirib, ko‘plab sermahsul duragaylar etishtirish; fermalarda mollarni tanlash 
va saralash hamda naslchilik ishlarini kuchaytirish, mollar zotdorligini oshirish, sut 
mahsuldorligini ko‘paytirish, buzoqlar parvarishiga e‘tiborni kuchaytirish kabi 
masalalar shular jumlasidandir. 
2.
 
Lalmikor dehqonchilik zonasi.
 
Bunga erlari boshoqli don ekinlari 
o‘stirish maqsadida foydalaniladigan tog‘ etaklari, tog‘li tumanlar, yarim dasht 
maydonlarning cho‘l qismi kiradi. Binobarin, bunday zonaga joylashgan 
xo‘jaliklarda go‘sht etishtirishga va yog‘, pishloq tayyorlashga moslashgan go‘sht-
sut yo‘nalishidagi zotlarni ko‘paytirish lozim. Bu erlardagi mahalliy sigirlarni 
shvits, olatov, qozoqi oqbosh va santa-gertruda zotiga mansub buqalar bilan 
chatishtirib, naslini yaxshilash muhim vazifa hisoblanadi. 
3.
 
Dasht-yaylovli zona.
 
Bu zona dehqonchilikka mutlaqo yaramaydigan 
chala dashtdan tashkil topgan er massivlarini o‘z ichiga oladi. Bunday zona erlari 
asosan qo‘y-echki va tuyalarni boqish uchun o‘tloq sifatida foydalaniladi. U erda 
chuchuk suv bo‘lmasligi, yaylov o‘tlari siyrakligi, kunlar isib ketganda qovjirab 
qolishi, sun‘iy, yaylovlarni tashkil qilish imkoni bo‘lmaganligi uchun bu zonada 
qoramol boqish rejalashtirilmaydi. Binobarin, bu zona qorako‘lchilik uchun juda 
qulay hisoblanadi. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin