O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

Zotsiz hayvonlar. 
Hamma vaqt ham qishloq xo‘jalik hayvonlari zotlarga 
ajratilavermaydi. Bir qancha zotlarni, yoki zotga xos bo‘lmagan hayvon 
guruhlarini ma‘lum bir maqsadsiz ravishda chatishtirilaversa hayvonlarda alohida 
xususiyatga ega bo‘lmagan belgilarning vujudga kelishi va u qaysi zotga xos 
ekanligini ham aniqlab olish juda qiyin bo‘ladi. Bunday noaniq belgilarga ega 
bo‘lgan hayvonlarni 
zotsiz hayvonlar
qatoriga kiritiladi. 
Zot guruhlari
deb yangi zot sifatida tasdiqlanish bosqichida turgan hayvon 
guruhlari tushuniladi.
Zotlarning asosiy xususiyatlari.
Zotlarga xos bo‘lgan belgilarga, ularning 
kelib chiqish umumiyligi, hayvonlarning o‘zaro o‘xshashligi, miqdori, tarqalishi
belgi va xususiyatlarining doimiyligi, o‘zgaruvchanligi, inson uchun foydaliligi va 
ijtimoiy talabga javob bera olishligi kiradi. 
Kelib chiqishining umumiyligi.
Ma‘lum bir zotga mansub bo‘lgan 
hayvonlar kelib chiqishi jihatidan umumiydir. Zotga xos bo‘lgan belgilar bo‘yicha 
avloddan-avlodga nasl qoldirish uchun tanlab olinadi va talabga javob bera 
olmaydigan hayvonlarni yaroqsiz deb topilib, poda safidan chiqariladi. Ma‘lum bir 
zotga mansub bo‘lgan hayvonlar xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan belgilar 
bilangina o‘zaro o‘xshash bo‘lmasdan, balki tashqi tuzilishi va tusi bo‘yicha ham 


45 
ajralib turadi (qora-ola, qo‘ng‘ir, oq, qizil va h.k.). Har bir zotga xos bo‘lgan 
boshqa fenotipik belgilari ham ko‘p uchraydi. 
Zotlarning zot sifatida saqlanib qolishi uchun, ular ma‘lum bir miqdorda 
bo‘lishi va kamayib ketmasligi zarur. Akademik D.A.Kislovskiyning 
ta‘kidlashicha, hayvonlarni zot sifatida tasdiqlash uchun, uning tarkibida kamida 
4500 bosh ona mollar va 150 bosh erkak hayvonlar bo‘lishi shart. M.F.Ivanov 
yangi zot yaratilishi uchun, ular tarkibida kamida 5-6 ta qarindosh bo‘lmagan 
tizimlar bo‘lishini ta‘kidlaydi. 
Zotlar ancha keng tarqalgan bo‘lishi kerak, ya‘ni tabiiy-iqlim sharoiti 
turlicha bo‘lgan zonalarda tarqalishi va shunday sharoitga moslasha olishi zotning 
rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. 
Hayvonlarning yangi tabiiy-iqlim sharoitiga moslasha olish qobiliyati 
qancha yaxshi bo‘lsa, u shuncha keng maydonga tarqalishi mumkin. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin