73
yog‘ miqdori, yilqilarning chopqirligi, og‘ir
yuk torta olish xususiyati, qo‘ylarni
mahsulot yo‘nalishiga ko‘ra jun mahsuldorligi va sifati, tovuqlarni serpushtligi va
tuxumining og‘irligi kabi ko‘rsatkichlar bonitirovka o‘tkazuvchining
diqqat
markazida turadi.
Bonitirovkani maxsus komissiya o‘tkazadi va ularning ma‘lumotlari
vedomost-dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
Hayvonlarni kelib chiqishiga ko‘ra baholashda,
ularning zoti va zotdorligi
hisobga olinadi, qaysi tizim va oilaga mansubligi aniqlanadi.
Hayvonlarni ekster‘eriga ko‘ra baholashda, ularning
tashqi qiyofasi hisobga
olinadi. Unda katta yoshdagi hayvonlar 10 balli, yosh mollar 5 balli tizim asosida
baholanadi.
Vazniga ko‘ra baholashda mollar tarozida tortiladi va qaysi yo‘nalishga
mansubligi, zoti ko‘rsatiladi. Keyin har bir yo‘nalish va zot talabiga ko‘ra baho
beriladi.
Sigirlarning sersutligi 305 kunlik laktatsiya
davrida bergan sut miqdori,
sutining yog‘ va oqsil miqdoriga ko‘ra baholanadi.
Dostları ilə paylaş: