12. Rektoservikal usulining qanday afzallik tomonlari bor? A. Barcha javoblar to‘g‘ri
B. Bo‘g‘oz sigirlarni qaytadan urug‘lantirishning oldi olinadi;
C. Bachadonni uqalash natijasida spermatazoidlarning tuxum hujayraga
tomon harakatlanishi tezlashadi;
D. Qinning shikastlanishi, jarohatlanishi, yallig‘lanishi va infeksiya tushish
holatlarining oldi olinadi
VIII BOB IRSIYAT QONUNIYATLARINI HAYVONLAR SELEKSIYASIDA QO‘LLASH Genlarning letal ta‘siri va uning oldini olish bo‘yicha qorako‘lchilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar .
Hayvonlar seleksiyasining asosida irsiyat, irsiy o‘zgaruvchanlik, sun‘iy
tanlash sohasida genetika fani bo‘yicha kashf etilgan qonuniyatlar yotadi.
Hayvonlar seleksiyasida ham o‘simliklar seleksiyasida qo‘llaniladigan
metodlarning ma‘lum qismlaridan foydalaniladi. Shu bilan birga, hayvonlar
seleksiyasining o‘ziga xos, hayvonlar tabiatidan kelib chiqadigan tomonlari bor.
Irsiyatning oddiygina ko‘ringan qonuniyatlarini chorvachilik amaliyotida
bevosita qo‘llash qanchalik samarali ekanligini ko‘rsatuvchi bir misol ustida
to‘xtalamiz.
Qorako‘l qo‘y zotlarida terisining, ya‘ni mo‘ynaning sherozi (kulrang)
bo‘lishi bitta gen (
A-a ) ga bog‘liq ekanligi aniqlandi. Ushbu genning retsessiv
gomozigotali (
aa ) holati, terining arabi (qora) rangda bo‘lishini ta‘minlaydi.
Genotip geterozigota (
Aa ) holatda bo‘lsa, ular terisining rangi sherozi bo‘ladi.
123
Lekin, shu dominant gen gomozigota (
AA ) holatda bo‘lsa, organizmning nobud
bo‘lishiga olib keladi.
Demak, sherozi mo‘yna beruvchi qorako‘l qo‘y zotiga kiruvchi
organizmlarning hammasi shu belgi bo‘yicha geterozigota holatdagi (