O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T


-rasm. Sigirlarni sun‘iy urug‘lantirish



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

54-rasm. Sigirlarni sun‘iy urug‘lantirish 
Sun‘iy urug‘lantirish usulidan keng foydalanish, ularni takomillashtirish, 
barcha yoshdagi hamda ona mollarning katta–kichikligi, sun‘iy urug‘lantirish 
texnigining bilimi, ish tajribasi va malakasini hisobga olgan holda quyidagi 
usullari ishlab chiqilgan va amalda qo‘llanilmoqda: 
1.
Vizo-servikal usuli; 
2.
Mano-servikal usuli; 
3.
Rekto-servikal usuli. 
Vizo-servikal usulida
sun‘iy urug‘lantirishda sigir va tanalarning 
bachadoniga sperma qin oynasi va shpris-kateter yordamida kiritiladi (55-rasm). 


117 
55-rasm. Vizo-servikal usulida sun‘iy urug‘lantirish texnikasi 
Mano-servikal usulida
sigirlarni sun‘iy urug‘lantirishda sperma hayvonning 
bachadon bo‘yinchasiga qo‘l bilan kiritiladi (
manus
– qo‘l degan ma‘noni 
bildiradi). Buning uchun sterillangan va bir marta ishlatiladigan polimerli 
asboblardan (polietilenli ampula, polistirolli kateter va polietilenli qo‘lqop) 
foydalaniladi (56-rasm). 
 
56-rasm. Mano-servikal usulida sun‘iy urug‘lantirish texnikasi
Mano-servikal usulni faqatgina yirik sigirlarni urug‘lantirishda qo‘llash 
mumkin. Mayda sigirlar, xususan birinchi tug‘ishdagi sigirlar va tor qinli 
g‘unojinlarni bu usul bilan sun‘iy urug‘lantirish mumkin emas. Bundan tashqari, 
aseptika qoidalariga etarli darajada rioya qilmaslik oqibatida sigirlarning jinsiy 
organlari infeksiya bilan zararlanish xavfi vujudga keladi. 


118 
57-rasm. Rekto-servikal usulida sun‘iy urug‘lantirish texnikasi 
1-qo‘l, 2-pipetka, 3-vul‘va, 4-tos suyagi, 5-qovuq, 6-qin, 7-bachadon bo‘yinchasi, 8-
tuxum yo‘li, 9-bachadon shoxi, 10-tuxumdon, 11-to‘g‘ri ichak 
Rekto-servikal usulida sun‟iy urug‟lantirish.
 
Rekto-servikal usulida (
rekto
-
to‘g‘ri ichak ma‘nosini anglatadi) bir qo‘l bilan to‘g‘ri ichak orqali bachadon 
bo‘yinchasi ushlab turiladi, ikkinchi qo‘l bilan, qin oynasini ishlatmasdan, bir 
marta ishlatiladigan steril shpris-kateter yordamida urug‘ bachadon bo‘yinchasiga 
kiritiladi ( 57- rasm).
Rekto-servikal usulida sun‘iy urug‘lantirishning, hozirgi kunda amaliyotda 
keng tarqalgan vizo- va mano-servikal usullariga nisbatan bir qancha afzallik 
tomonlari mavjud. 
Afzalligi shundaki, bachadon bo‘yinchasi, tanasi va shoxchalarining, 
tuxumdon, ayrim holatlarda tuxum yo‘llarining holatini paypaslab aniqlash 
mumkin bo‘ladi, bo‘g‘oz sigirlarni qaytadan urug‘lantirishning oldi olinadi; jinsiy 
organlar holatini to‘g‘ri ichak orqali tekshirib ko‘rish barobarida, bachadon 
harakatini kuchaytirishga ham erishiladi. Natijada bachadonga kiritilgan 
spermatazoidlarning tuxum hujayrasiga tomon harakatlanishi tezlashadi; spermani 
bachadon bo‘yinchasi kanalining ancha ichkarisiga kiritish ishonchliligi 
ta‘minlanadi, shu bilan spermatazoidlarning qinga qayta oqib tushishining oldi 
olinadi; qinning shikastlanishi, jarohatlanishi va yallig‘lanishi oqibatida unga 


119 
infeksiya tushish holatlarining oldi olinadi, vizo-servikal usulda urug‘lantirilganda 
bunday holatlar tez-tez uchrab turadi; sigirlarni urug‘lantirish bahosi arzonlashadi, 
chunki qin ko‘zgusi, shpris-kateterlar va dezinfeksiyalovchi vositalar uchun 
sarflanadigan xarajatlarga zarurat qolmaydi. 
Urug‘ sifatiga ko‘ra 
to‟rt guruhga
bo‘linadi: 1 
guruh 
urug‘ quyuq bo‘lib, 
mikroskopda qaralganda spermatozoidlar juda zich joylashgan, ular orasidagi 
bo‘shliq deyarli sezilmaydi (58-rasm). 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin