114
Chorvachilik amaliyotida geterozisli hayvonlar olishning har xil usullari ishlab
chiqilgan. Bularga: turlararo chatishtirish,
zotlararo chatishtirish, geterogen juftlash
asosida bitta zot ichra urchitish, tizimlararo kross (chatishtirish),
maxsus inbred
tizimlar yaratish maqsadida krosslash, har xil sharoitda o‘stirilgan hayvonlarni o‘zaro
urchitish natijasida geterozis hayvonlar olish kiradi.
Turlararo chatishtirish natijasida geterozis hayvonlar olinishini odamlar
qadimdan bilishgan. Aynan shu usul bilan, ya‘ni erkak (hangi) eshaklarni urg‘ochi ot
(biya) bilan chatishtirish orqali duragay hayvon –
xachir
olingan. Xachirlar uzoq umr
ko‘rishi, ishchanligi (har bir kilogramm tirik vazniga nisbatan yuk ko‘tara olishi) va
har xil kasalliklarga chidamlilik qobiliyati jihatidan ot va eshaklardan ustunlik qiladi.
Lekin tirik vazni bo‘yicha ot va eshak oralig‘ida joylashgan bo‘lib, nasldorlik
ko‘rsatkichi bo‘yicha xachirlar to‘liq bepushtdir.
Ikki o‘rkachli tuyalarni (baktrian) bir o‘rkachli (dramoder)
tuyalari bilan
chatishtirilishi natijasida ham duragay avlodlar olinib, ularni nortuyalar deyiladi.
Nortuyalar xachirlardan farqli o‘laroq ota-onalariga nisbatan yuqori vaznga ega. Shu
bilan birga, ularning yuk ko‘tarishi ham yuqori bo‘lib, nasl berish qobiliyati duragay
avlodlarda saqlanib qoladi.
Chorvachilik amaliyotida turlararo chatishtirish natijasida yana ko‘plab
hayvonlar olinganligi to‘g‘risida ma‘lumotlar bor.
Dostları ilə paylaş: