106
3)
Duragay avlodlardagi maqsadga muvofiq belgilarning, tasodifan yuzaga
chiqib qolgan, noma‘qul belgilarga nisbatan ustunligiga erishish;
4)
Qimmatbaho irsiy belgilarga ega bo‘lgan duragay avlodlarni ajratib olish
va ulardan samarali foydalanish.
Yuqorida ko‘rsatilgan masalalarni hal etish uchun, duragay hayvonlarga
yaxshi oziqa va saqlash
sharoitlarini yaratish zarur, seleksiya uchun noma‘qul
bo‘lgan vakillarni poda safidan chiqarib, go‘shtga topshiriladi, qolganlarining har
biri diqqat bilan o‘rganilib, ular uchun mos keladigan chatishtirish sxemasi
qo‘llaniladi.
Yangi zot yaratish maqsadida chatishtirishning dastlabki bosqichida birinchi
avlod duragaylari olingandan so‘ng, quyidagi ikki xil urchitish variantlarining biri
qo‘llaniladi: 1) duragay avlodlarda yuzaga chiqqan dastlabki zotga xos qimmatli
belgilarni kuchaytirish va keyingi avlodlarida
saqlab qolish maqsadida, olingan
duragaylarni ―o‘z-o‘ziga‖ urchitish va 2) yaxshilovchi zotga mansub bo‘lgan eng
yaxshi erkak vakillari bilan qayta chatishtirish usuli qo‘llaniladi.
Birinchi avlod duragaylarini ―o‘z-o‘ziga‖ urchitish natijasida olingan
duragay avlodlarda juda kam miqdorda bo‘lsa ham, maqsadga muvofiq tipdagi
hayvonlar uchrab turadi. Ular orasidan maqbul tipdagi
avlodlarni sinchkovlik
bilan tanlab olinsa, seleksiyachi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishish uchun
qayta chatishtirish ancha foydali hisoblanadi. Bunday chatishtirish variantlari
ko‘pincha bir xil tipga mansub bo‘lgan dastlabki zot
vakillarini chatishtirishda
foydalaniladi, masalan yo‘rtoqi ot zotlarini yo‘rtoqilar bilan, mayin junli qo‘ylarrni
mayin junlilar bilan va h.k.
Aksariyat hollarda, birninchi bo‘g‘in duragaylarini dastlabki zot vakillari
bilan qayta chatishtirish natijasida maqbul tipdagi duragay avlodlar olish mumkin.
Shu yo‘l bilan duragay avlodlarda qayta chatishtirishda ishtirok etgan dastlabki zot
vakillarining irsiy xususiyatlarini mustahkamlashga erishiladi. Masalan, rus
yo‘rtoqi ot zotiga mansub, mashhur Gildeyts laqabli ayg‘irning
qonida amerika
yo‘rtoqi ot zotining qon ulushi ¾ ni tashkil etsa, orlov yo‘rtoqi zotiniki – ¼
bo‘lgan. M.F.Ivanov tomonidan yaratilgan ukraina dasht oq cho‘chqa zotining
107
tizimlarida (Askaniya 46, Zadorniy 975 va b.) 3/4 qon ulushi yirik oq cho‘chqa
zotiniki va
¼
mahalliy ukraina cho‘chqasiniki bo‘lgan.
Yangi zot yaratish maqsadida chatishtirish usulining birinchi bosqichida
yaqin qarindoshli urchitishni qo‘llash, seleksiyachi oldiga qo‘ygan
maqsadga
erishishga yordam berish o‘rniga, aksincha xalaqit berishi mumkin. Shularni
e‘tiborga olgan holda, seleksiyachi mutaxassis-olimlar A.G.Orlov, V.I.Shishkin va
M.F.Ivanov yangi zot yaratish maqsadida chatishtirish usulining birinchi
bosqichida yaqin qarindoshli urchitish usulini juda kamdan-kam hollarda
qo‘llagan, va bunda ham unchalik yaxshi natijalarga erisha olmagan.
Dostları ilə paylaş: